Ta lim texnologiyalari



Yüklə 180,86 Kb.
səhifə81/99
tarix02.04.2022
ölçüsü180,86 Kb.
#84956
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   99
Ta lim texnologiyalari

Kommunikativ qobiliyat: o‗qituvchining pedagogik jamoa va ota-onalar, mahalla ahli bilan bo‗ladigan o‗zaro muloqotida, ularning ruhiy holatlarini tushunish va ularga hamdard bo‗lish, muloqotga kirishishida pok ko‗ngillilik. O‗qituvchi bunda psixologik bilimlarga ega bo‗lishi, muomala madaniyatini muntazam o‗zida shakllantirib borishi lozim.

O‘qituvchining komumnikativ ko‘nikmasi: o‘zini namoyon qila bilish, nutq vositasi hamda so‘zsiz holatda inson ruhiyatini tushuna olish.



O‘qituvchining faoliyatida eng muhim narsa – bu uning nutqi va o‘quvchilar bilan muloqatidir. Nutq - bu og`zaki kommunikatsiya, ya`ni til yordamida munosabat qilish jarayoni demakdir. Ijtimoiy tajribada biron – bir mohiyatni anglatadigan so‘zlar og`zaki kommunikatsiya vositasi hisoblanadi. So‘zlar eshittirib yoki ovoz chiqarmasdan aytilishi, yozib qo‘yilishi yoki kar – soqov kishilarda biron - bir mohiyatga ega bo‘lgan imo - ishoralar bilan almashtirilishi mumkin.Odamlar o‘rtasidagi munosabatni telegraf orqali axborot berishga o‘xshatish mumkin emas. Odamlar munosabatiga aloqa bog`lovchilarning his - hayajoni ham qonuniy ravishda jalb etilgan bo‘ladi. U kommunikatsiyaning mazmuni hisoblanishi narsaga ham, munosabatga kirishganlarga nisbatan ham taalluqli bu his- hayajonli munosabatda o‘zgacha nutqsiz kommunikatsiya tarkib topadi. Nutqsiz kommunikatsiya vositalariga qo‘l, barmoq va yuz harakatlari, imo - ishora, ohang, pauza, tark - tarovat, kulgu, ko‘z yosh qilish va shu kabilar kiradiki, bular og`zaki kommunikatsiya vositalari – so‘zlarni to‘ldiruvchi va kuchaytiruvchi, ba`zan esa o‘rnini bosuvchi belgilar sistemasini hosil qiladi

Perseptiv qobiliyat: tashqi olamni va muhitni sezish, idrok etish, ya'ni kuzatuvchanlik muhim rol o‗ynaydi. O‗qituvchining shijoati natijasida rivojlanadi, takomillashadi. O‗qituvchi o‗quvchining psixologiyasini, psixik holatini o‗ziga singdirib idrok etadi, sinf jamoasining holatiga pedagogik vaziyatiga odilona baho beradi.

Empatik qobiliyat: bolalarga bo‗lgan muxabbatdan kelib chiqadigan o‗quvchilarning his-tuyg‗usini, psixologik holatlarini qalbdan his etish, tushunish, idrok etish, ularga achinish xususiyatlaridir.

Ta'lim jarayonini muqobillashtirish qobiliyati: o‗qituvchi o‗z bilimini o‗quvchi ongi va tafakkuriga kam kuch sarflash evaziga yetkaza olishi, ta'lim va tarbiyada belgilangan muddatda maqsadga erishish qobiliyatidir.

Didaktik qobiliyat: o‗quvchilar bilan muloqot qilishda, pedagogikaning ta'lim va tarbiyaviy qonuniyatlarini hamda metodlarini chuqur o‗zlashtirgan holda samarali dars berish qobiliyatidir.

Tashkilotchilik qobiliyati: pedagogik qobiliyatning tarkibiy qismidir. U sinf o‗quvchilarining o‗qituvchi tomonidan turli jamoat ishlariga, to‗garaklarga jalb qila olishida, sinf jamoasining har bir o‗quvchiga faol vaziyatni ta'minlab berishida namoyon bo‗ladi.

Konstruktiv qobiliyat: o‗qituvchining o‗quv–tarbiyaviy faoliyatni puxta rejalashtirishi asosida yuzaga keladigan kasbiy pedagogik vaziyat bosqichlarini oldindan ko‗ra olishi.

Bilish qobiliyati: o‗qituvchining o‗z fanini va boshqa fanlarni chuqur bilishida, o‗zlashtirishi va amaliyotda namoyon etishi.

Anglash (tushunish) qobiliyati: o‗qituvchining ziyrakligi va uddaburonligi, voqyea va hodisalarni chuqur idrok etib, ularga adolatli munosabatda bo‗lishi.

Pedagogik qobiliyatlarning tayanch xususiyatlari kuzatuvchanlik – ko‗ra bilish ko‗nikmasidir. Bu – individual narsaning o‗ziga xos tomonini, ijodiy faoliyat

uchun boshlang‗ich materialni ko‗ra bilishi demakdir. Rassomning kuzatuvchanligi, tabiatshunos olimning kuzatuvchanligidan farq qilishi o‗z-o‗zidan ravshan. Ularning kuzatuvchanligi turlicha yo‗nalishda bo‗lganligi sababli, har biri o‗z tafakkuri va dunyoqarashiga ega. O‗qituvchining kuzatuvchanligi o‗quvchilar jamoasini ta'lim

Qobiliyatning yetakchi xususiyati ijodiy tasavvur qilishdir. Bu xususiyat faqat rassomga, matematika o‗qituvchisiga, adabiyotshunosga xos bo‗lmasdan, balki aynan barcha fan o‗qituvchilariga ham tegishli.

Pedagogik qobiliyatlar tizimiga kiradigan yordamchi xususiyatlar va hislatlar quyidagilardan iborat:


    • aql–idrokning muayyan turlari, hozirjavoblik; kamchiliklarga tanqidiy e'tibor, sobitqadamlik;

    • o‗qituvchining nutqi: notiqlik san'ati, so‗z boyligining teranligi;

    • aktyorlik xususiyati: mimika va pantomimika, xayoliy fantaziya ishlata olish, ruhiy hissiyotni jilovlay olish.

    • pedagogik takt va pedagogik nazokatga ega bo‗lish.


Yüklə 180,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə