Tabiatdan foydalanish tushunchasi



Yüklə 16,92 Kb.
səhifə2/2
tarix27.12.2023
ölçüsü16,92 Kb.
#162866
1   2
Tabiatdan foydalanish tushunchasi

Iqtisodiy samaradorlik. U ekologik samaradorlikdan ancha farq qiladi. Iqtisodiyotda biror loyixa amalga oshiriladigan bo`lsa, avvalo u amalda qo`llanila boshlagan taqdirda buyurtmachiga qancha foyda keltiradi yoki samara beradi, degan savolga javob berish kerak bo`ladi. Samara bermaydigan loyixa xech vaqtda amalga oshirilmasligi lozim.
Moliyaviy mablag` xar qanday iqtisodiy tizimda taqchil, shuning uchun taklif qilinayotgan loyixalarni amalda tatbiq qilishdan oldin sarf-xarajat va foydani (natija) pul ifodasida taqqoslash yoki loyixaning iqtisodiy samaradorligini aniqlash kerak. Demak, iqtisodiy samaradorlik - chegaralangan tabiiy resurslardan oqilona foydalanishdir.
Iqtisodiy samaradorlikni ko`pincha sarf-xarajat va samara orasidagi o`zaro nisbat aniqlaydi. Bu loyixa (yoki tadbir)ni amalga oshirish natijasida foydaning qiymat jixatidan ortib borishini qayd qiladi. Iqtisodiyotda kapital mablag`ning tabiatni muxofaza qilish ishlariga sarflash va samaradorlikni aniqlashda yetarli tajriba to`plangan. Ba`zi mutaxassislarning fikricha, kapital mablag`ni tabiat muxofazasi loyixalariga sarflash bilan vujudga kelgan samarani me`yoriy koeffitsiyent bilan solishtirish natijasida olingan natija (foyda, daromad) loyixaning samaradorligi to`g`risida xulosa qilishga imkon beradi.
Pulning qadri-qiymati o`zgarib turgan iqtisodiy vaziyatda kapital mablag`ning samaradorligini oldindan aniqlash ba`zi xatoliklarga olib kelishi mumkin. Aytaylik, siz A so`mni bankka qo`ydingiz, agarda bank sizga yiliga 10% dan foyda berishini bildirsa, u xolda 5 yildan so`ng sizning pulingiz A qo`shuv B so`mga teng bo`ladi. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkin, ya`ni xozirgi pul A so`m kelajakdagi puldan (A qo`shuv B so`mdan) qimmatroq yoki qadrliroq. Binobarin, kapital mablag`ni loyixalarga sarflashda ma`lum yilgacha uning xar yilgi qo`shimcha koeffitsiyentini keltiradigan samarasiga qo`shib xisoblash lozim.
Afsuski, kapital mablag`larni katta miqdorda sarflash xar doim xam iqtisodiy samaradorlikka olib kelmaydi, bunda uzoq kelajakni xisobga olib, xar bir so`mga keladigan daromad to`g`ri xisob-kitob qilinmasligi natijasida jiddiy xatoliklarga yo`l qo`yiladi. Buning yorqin misoli sifatida 60-80 yillarda sobiq SSSRda yerlarni melioratsiya qilishning gigant dasturini ko`rsatib o`tish o`rinli. Bu dasturni amalga oshirish xajmining ulkanligini shundan xam bilish mumkinki, barcha sarf-xarajatlar miqdorini mamlakatning oziq-ovqat va yengil sanoatga sarflangan mablag` miqdoriga solishtirish mumkin edi. Ammo iqtisodiy samarani noto`g`ri xisob-kitob qilinishi natijasida global melioratsiyaning samaradorligiga erishilmadi. Umuman, olingan samara kamligi bilan tavsiflandi va katta miqdordagi pul mablag`lari samarasiz bo`ldi (Girusov va boshq. 1998).
Buni quyidagi misollar asosida tasdiqlash mumkin: 1960-1985 yillar mobaynida Orol dengizi xavzasida jami sug`oriladigan yerlar maydoni 5 mln. ga dan 7 mln. ga yetdi, ya`ni xammasi bo`lib 2 mln. ga yer o`zlashtirildi. Lekin daryolardan olinayotgan suv miqdori jami 0, km. kubdan 85 km. kubgacha, ya`ni ikki barvardan ko`p ortdi. Suvning minerallashuv darajasi 0,3-0,7 g. dan 1,0-2,5 g. gacha ko`paydi, xar bir ga maydonga olinayotgan sug`orish suvi xar ga ga o`rtacha 8,2 ming m3 dan 12, ming m3 gacha, kollektor-zovur suvlari xajmi 5–6 km3 dan 32-3 km3 gacha ortdi. Sug`oriladigan yerlarda sho`rlangan maydonlar 50% ga ko`paydi. Sug`orma yerlarda tezkor usulda dexqonchilik qilish oqibatida tuproq xosildoriligining kamayishi kuchaydi. Bu 60-80- yillarda amalga oshirilgan o`lkan melioratsiya dasturining natijasi, uning oqibatlari xozirgacha tugatilgani yo`q. Masalan, Amudaryo va Sirdaryo suvidan noto`g`ri foydalanish tufayli Orol dengizi qurib bormoqda, Orolbo`yi yerlari kuchli degradatsiyaga uchragan, o`lkada axolining ijtimoiy axvoli og`ir, turli kasalliklar tarqalgan, ichimlik suvi taqchil va b. Bu misollar o`sha vaqtda katta mablag` sarf qiladigan loyixalarning iqtisodiy va iqtisodiy-ijtimoiy va xatto, ekologik samaradorligini xisobga olmay amalga oshirilganligini isbotlaydi.
Demak, tabiat muxofazasi va ekologik vaziyatni barqororlashtirishga sarf qilinadigan kapital mablag`larning samaradorligini oldindan aniq xisob-kitob qilib, ma`lum bosqichlar asosida loyixalarni amalga oshirish iqtisodiy jixatdan samara beradi.
Yüklə 16,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə