Tabiiy fanlar 6 Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik Yangi nashr



Yüklə 16,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/133
tarix08.10.2023
ölçüsü16,16 Mb.
#126305
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   133
6 Tabiiy fan Darslik (6 sinf) 15.06.22 180622121301

1-MAVZU. 
TABIIY FANLARNING 
TADQIQOT OBYEKTI
1. Tadqiqot nima?
2. Tabiiy fanlar nimani o‘rganadi?
Fan – tabiatni o‘rganishga va o‘zgarti
-
rishga imkon beradigan bilimlar dunyosi. 
Tadqiqotlar davomida yangi bilimlar pay
-
do bo‘ladi. Atrofimizni o‘rab turgan tabiat 
jonsiz jismlar, tirik organizmlar, jarayon 
va hodisalarni o‘z ichiga oladi. Ular tabiiy 
fanlarning tadqiqot obyekti va predmeti 
bo‘lishi mumkin. 
Tadqiqot obyekti
– tadqiq etilayotgan jonsiz va jonli tabiatdagi jarayon va hodisalar.
Obyekt muammoli holatni keltirib chiqaradi va u oʻrganish uchun tanlanadi. Tadqiqot obyekti 
“Nimani tadqiq etmoqchisiz?” degan savolga javob beradi.
Tabiat obyektlari, hodisa va jarayonlarni o‘rganishda tabiiy fanlar muhim o‘rin tutadi. Ta
-
biiy fanlarga fizika, kimyo, biologiya, geografiya, astronomiya kabi fanlar kiradi.
Tabiiy fanlarning vazifasi tabiat qonunlarini 
o‘rganish, shuningdek, ulardan inson manfaatlari 
yo‘lida oqilona foydalanish va tabiatni muhofa
-
za qilishga yordam berishdan iborat. Tabiiy-ilmiy 
bilimlar insonning amaliy faoliyatidagi kuzatish, 
tajriba o‘tkazish, g‘oyalarni ilgari surishi natijasida 
vujudga keladi. 
Tabiiy fanlarning matematika, informatika, tarix kabi fanlar bilan bog‘liqligi haqida guruh
-
da muhokama o‘tkazing. 
O‘z tadqiqotingiz uchun tadqiqot obyekti va predmetini aniqlang. Tadqiqotingiz 
obyekti va predmeti haqida so‘zlab bering.
Tadqiqot predmeti
– tadqiqot 
obyektining hal qilinayotgan muammo 
bilan bog‘liq bo‘lgan jihati yoki xusu
-
siyati. Tadqiqot predmeti “Obyektning 
qaysi jihatini tadqiq etmoqchisiz?” 
degan savolga javob beradi. Tadqiqot 
predmeti tadqiqot obyektidan kelib 
chiqadi. 
Tabiiy fanlarning tadqiqot obyektlari ro‘yxatini davom ettiring. 

Yüklə 16,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   133




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə