|
![](/i/favi32.png) Tabiiy fanlar 6 Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik Yangi nashr6 Tabiiy fan Darslik (6 sinf) 15.06.22 180622121301konvek-
siya
deb ataladi.
Issiqlik uzatishdan amalda foydalanish
Qish paytida pomidor, bodring, limon, mandarin kabi sab
-
zavot va mevalar issiqxonalarda yetishtiriladi. Issiqxonaning
usti va yon tomonlari qalin va mustahkam shisha oyna bi
-
lan o‘ralgan bo‘ladi. Quyoshdan kelayotgan nurlarni shisha
yaxshi o‘tkazadi. Bu nurlar tuproqqa yutilib uni qizdiradi.
Shuningdek, issiqxona ichidagi havo ham qiziydi. Shisha ta
-
biatiga ko‘ra issiqlikni yomon o‘tkazadi. Shishaning bu tabiati
issiqxona ichidagi issiqlikni “tutib qolish” vazifasini bajaradi.
Yunusning dadasi uyning devorini g‘isht yoki paxsadan
qilishni quruvchilarga aytdi. Uyning ustini yopishda esa dastlab poxol va uning ustiga
tuproq quyib, so‘ng suvoq qilish kerak dedi.
Uy devorini g‘isht yoki paxsadan qilishning qanday ahamiyati bor?
Uyning ustini yopishda poxol va tuproq solinishining sababi nimada?
Nima sababdan “darcha” derazaning yuqori qismiga o‘rnatiladi?
1
.
Qanday moddalar issiqlikni yomon o‘tkazadi?
2. Qalin palto yoki po‘stin odamni isitadi deyish to‘g‘rimi?
76-MAVZU.
ENERGIYA VA EKOLOGIYA
Energiya qayerdan keladi? U sizga nima uchun kerak?
Elektr energiyasini ishlab chiqarish ekologiyaga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
Insoniyat tabiatda uchraydigan energiya manbalaridan
samarali foydalanib, ularni boshqa tur energiyaga aylantir
-
ish usullarini o‘zlashtirib kelmoqda. Issiqlik elektrostansiya-
larida ko‘mir, gaz va
mazut yonilg‘i sifatda
ishlatiladi. Issiqlik energi
-
yasi maxsus qurilmalar
yordamida elektr energi
-
yasiga aylantiriladi. Ish
-
lab chiqilgan elektr energiyasi uzatish tarmoqlari orqali
turli iste’molchilarga uzatiladi. Ishlab chiqarilgan elektr
energiyasidan kundalik turmushimizda televizor,
muzlatgich, elektr lampochka, kompyuter kabi qurilma
-
larda foydalaniladi.
Issiqlik elektrostansiyalarida yoqilg‘ilarning yonishi natijasida atmosferaga zararli
moddalar ajralib chiqishi ekologiyaga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Atmosferaga chiqqan gazlar
global isishga va iqlim o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.
Atmosferadagi zararli gazlar yomg‘irga qo‘shilib yoqqanda binolar, daraxtlar,
o‘simlik va hayvonlarga zarar yetkazadi.
Ekologiyaga jiddiy ta’sir ko‘rsatmaydigan qanday elektr manbalarini bilasiz?
Dostları ilə paylaş: |
|
|