Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo‘nalishi 307-guruh talabasi


Gen muhandisligiga bag‘ishlangan tadqiqotlar O‘zbekistonda



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə4/8
tarix13.05.2022
ölçüsü1,23 Mb.
#86988
1   2   3   4   5   6   7   8
O’zbekistonda genetik tadqiqotlarning rivojlanishi

Gen muhandisligiga bag‘ishlangan tadqiqotlar O‘zbekistonda 1980-yillarningboshlarida akademik O. S. Sodiqov tashabbusi bilan boshlangan. O‘zbe kistondagi bu tadqiqotlarning bevosita rahbari akademik A. A. Abdukarimov bo‘lib, 1980-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida tashkil qilingan gen muhandisligi va biotexnologiyasi laboratoriyasida transgen g‘o‘za navlari yaratish ustida qator ilmiy fundamental tadqiqotlar olib borildi. 1992-yili Birinchi Prezidentimiz I. A. Karimovning bu laboratoriyaga tashrifi davomida g‘o‘za genlar muhandisligini yanada rivojlantirish va uni dunyo fani darajasiga ko‘tarish hamda sohaga malakali yosh kadrlarni jalb qilish va tayyorlash maqsadida, sohaning maqsadli moliyalashtirishga berilgan bevosita ko‘rsatmalari O‘zbekistonda genlar muhandisligini jadal rivojlanishiga asosiy turtki bo‘ldi.Respublikamiz Birinchi Prezidenti I. Karimov tashabbusi bilan Fanlar akademiyasi tarkibida Genetika institutining tashkil topishi, hukumat qarori bilan gen muhandisligining taraqqiyotini belgilovchi «Geninmar» ilmiy dasturining tasdiqlanishi, Fan va texnika Davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi birgalikda Gen muhandisligi markazi «Geninmar» markazining tashkil etilishi mamlakatimizda gen muhandisligiga asoslangan biotexnologiyalar yaratish imkonini berdi. Ushbu ilmiy markaz xodimi I. Abdurahmonov paxta tolasining uzunligini belgilaydigan va g‘o‘zaning gullashini boshqaradigan genlar oilasini AQSH Texas qishloq xo‘jaligi va mexanika universiteti biotexnologiya markazi olimlari bilan hamkorlikda ilk bor ajratib oldi. Shuning bilan paxta tolasi sifatini yaxshilashga yo‘naltirilgan biotexnologiyaga asos solindi. Professor Sh. S. Azimova rahbarlik qilayotgan laboratoriya olimlari gen va hujayra muhandisligi usullarini qo‘llab, xalqimizda «sariq kasallik» deb ataluvchi jigar uchun xavfli bo‘lgan gepatit B xastaligini tashxis qilish va bu xastalikning oldini olish uchun zarur vaksina yaratish bo‘yicha ilmiy loyihalarni muvaff aqiyatli yakunladilar. Biologiya fanlari doktori R. S. Muhamedov, yetakchi ilmiy xodim B. Irisboyevlar rahbarlik qilayotgan ilmiy guruh PCR texnologiyasini qo‘llab, o‘nlab xavfli yuqumli va irsiy kasalliklarning gen muhandisligi tashxisi biotexnologiyasini keng tatbiq qilishdi.

Respublika kardiomarkazi bilan hamkorlikda kardiomiopatiya kasalligining irsiylanish qonuniyatlari o‘rganilmoqda (B. Irisboyev, G. Hamidullayeva). Adliya vazirligining Sud tibbiyoti ekspertizasi instituti «Geninmar» markazi bilan hamkorlikda gen daktiloskopiya (gen daktiloskopiya – genning DNK izchilligi va genlar spektriga binoan noma’lum shaxsni aniqlash) usulini tatbiq etdilar va yanada takomillashtirdilar (R. S. Muhamedov va A. Ikromov). Professor O. T. Odilova tuproq va yerosti suvlarida to‘planib qolgan pestitsid qoldiqlarini parchalab zararsizlantiruvchi pseudomonas bakteriyasi shtammidan shu funksiyalarini bajaruvchi genlar guruhini g‘o‘za tomiri tolachalari sathida yashovchi rizosfera bakteriyasiga ko‘chirib o‘tkazdi. Bu tajribalardan kutilgan maqsad pirovardida g‘o‘za ekiladigan maydonlarda g‘o‘zaga o‘nlab yillar davomida sepilgan gerbitsid va pestitsidlarning qoldig‘ini zararsizlantirishdir. Mamlakatimiz olimlari tomonidan g‘o‘zada tola sifati, erta gullash, turli stresslarga chidamlilikni beruvchi bir necha o‘nlab genlar ajratib olindi va klonlandi. Olimlarimiz tomonidan bu genlarning faolligini «genni o‘chirib» qo‘yish (gen-nokaut) orqali boshqarish texnologiyasi ishlab chiqilib, g‘o‘zada tola uzunligi va gullashiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi bir necha genlar funksiyasi to‘xtatilishiga erishildi hamda yuqori agronomik ko‘rsatkichli g‘o‘za navlari olindi. Bu ilg‘or genom texnologiyalarini qishloq xo‘jaligi ekinlarining barcha turlariga tatbiq qilish ishlari keng darajada olib borilmoqda. O‘zbekistonda gen muhandisligi asosida suv tanqisligi, sho‘rlanish, kasalliklar va zararkunandalarga chidamli qishloq xo‘jaligi ekinlarining yuqori sifatli va serhosil navlarini yaratish davr talabidir. Bu o‘z navbatida yosh barkamol avlod zimmasiga ushbu texnologiyalarni to‘la o‘zlashtirish va ularni amaliyotga tatbiq qilish ma’suliyatini yuklaydi



Genetika va O’EB instituti 1997 yil 21 iyunda tashkil topgan. Genetika instituti VM ning 1992 yil 21 iyul №337-sonli qaroriga muvofiq tashkil topgan, O‘zR FA Hay’atining № 4-23-sonli qaroriga muvofiq 1997 yil 13 fevraldan O‘zR FA Genetika instituti va O‘simliklar eksperimental biologiyasi nistitutini birlashtirish yo‘li bilan O‘zR FA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti tashkil qilingan. . Kolleksiyasi genofondini xilma-xilliklarni, mahalliy sharoitlariga moslashish jihatlarini o‘rganish, muhitning biotik va abiotik omillariga chidamlilarini ajratish, ekinlar yetishtirishning resurstejamkor agrotexnologiyalarni ishlab chiqish va ishlab chiqarishga joriy etish. • Asosiy va takroriy ekin sifatida ekish uchun tezpishar, hosildor, mahsulot sifatlari yuqori bo‘lgan yangi genotip, donorlar va boshlang‘ich manbalar yaratish maqsadida duragaylashda irsiylanish, o‘zgaruvchanlik va shakllanish jarayonlarining genetik qonuniyatlarini aniqlash. • Genetik qonuniyatlar va morfobiologik xususiyatlarni o‘rganish asosida g‘o‘za, donli va don-dukkakli ekinlarning genetik bir xil, original, superelita va elita urug‘larini olish hamda urug‘larni ekishga tayyorlash, ekish, yetishtirish, yig‘ish, qayta ishlash, zararsizlantirish va saqlash jarayonlarida hosildorlik va ekish sifatlarini oshirishda yangi samarador usullarini ishlab chiqish va mavjudlarini takomillashtirish. • Irsiylanish, o‘zgaruvchanlik va morfobiologik hamda qimmatli-xo‘jalik belgilarining shakllanish jarayonlarini genetik qonuniyatlarini aniqlash asosida tezpishar, hosildor, muhitning biotik va abiotik omillarga chidamli, mahsulot sifati dunyo standartlariga javob beradigan navlarni yaratish. • Biologik aktiv biopolimerlarni sintezlovchi turli mikroorganizmlarni skrining va identifikatsiya qilish; biopolimerlar va ular asosida olingan nanobiokompozitlarning fizik-kimyoviy tavsifini o‘rganish; tuproq unumdorligini oshirishda mikrob biopolimerlar asosida biokolloid-biogellarni yaratish. • O‘simliklar kasalliklarining fitopatologik va molekulyar diagnostikasini olib borish hamda kasalliklardan davolashning zamonaviy usullarini ishlab chiqish.

Uning rahbarligida qator mamlakatlarga uyushtirilgan ekspedisiyalar natijasida g‘o‘za genofondi kolleksiyasi boyitildi, sifati ko‘tarildi. Bu kolleksiyada yig‘ib o‘rganilgan g‘o‘za yowoyi turlari 50 ga yaqinlashib qoldi. Sunday kolleksiya dunyoda birinchi o‘rinni egallaydi. G‘o‘za o‘simligining yowoyi va madaniy turlarining kelib chiqishi, evolutsiyasi va sistematikasi sohasidagi fundamental ilmiy tadqiqot ishlari natijasida Gossypium L. turkumiga kiruvchi g‘o‘za turlarining morfobiologik, sitogenetik va genetik dalillarga asoslangan yangi sistematikasi asoslari yaratildi. 0 ‘zbekiston G‘o‘za seleksiyasi va urag‘chiligi institutidagi g‘o‘za kolleksiyasi genofondida 12000 dan ortiq namuna va navlar, O‘zbekiston FA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutida g‘o‘zaning 6500 nav va namunalari bor. 0 ‘simlikshunoslik institutida yaratilgan madaniy o‘simliklaming dunyo kolleksiyasi tarkibida 80 turdan ortiq ekinlaming 30000 dan ko‘proq nav va namunalari, g‘o‘zaning 5400 dan ortiq namunalari mavjud. Qayd etilgan madaniy o‘simliklaming dunyo kolleksiyasi genofondi O‘zbekistonda o‘simliklar genetikasi, seleksiyasi sohasidagi olib borilayotgan fundamental, amaliy va metodik tadqiqotlami rivojlantirish uchun boshlang‘ich material sifatida katta ahamiyatga ega. 0‘zbekistonda g‘o‘za genetikasi va seleksiyasining barpo etilishi va rivojlanishi vatanimiz atoqli olimlari G. S. Zaysev, S. S. Kanash, A. A. Avtonomov, L. V. Rumshevich, L. G. Arutyunova, V. I. Kokuyev, K. A. Visoskiy, B. R Straumal, S. S. Sodiqov, A. D. Dadabayev, Sh. I. Ibragimov, A. A. Abdullayev, D. A. Musayev, S. M. Mirahmedov, N. N. Nazirov, A. E. Egamberdiyev, O. J. Jalilovlaming nomlari bilan bog‘liq. Ular g‘o‘zada tur ichida, geografik va genetik uzoq turlar va kenja turlami duragaylash, eksperimental mutagenez metodlarini qo‘llashning nazariy va metodik muammolarini tadqiq qilib, g‘o‘za seleksiyasining samaradorligini oshirib, qator o‘rta va ingichka tolali navlami yaratdilar. Bu navlami amaliyotda qo‘llash natijasida sobiq ittifoqda ekilayotgan navlaming o‘miga yuqori samarali navlar ekib almashtirishlar o'tkazildi. 382 Mustaqillik davrida nav almashtirish jarayoni samarali amalga oshirilmoqda. 1922-yildan boshlab to hozirga qadar respublikada 6 marta nav almashtirish o‘tkazildi. Har vaqtning o‘ziga xos biogeosenoz xususiyatlari namoyon bo‘lishligi evaziga seleksiya jarayoni uzluksiz va doimiy xarakterga ega. Irsiyatning genetik qonuniyatlariga asoslanib seleksioner yaqin kelajakdagi sharoitlarga adaptiv bo‘lgan navlaming genmanbalariga ega bomagan seleksion materiallarni hozirdan zaxirada yaratishi lozim. Bu strategik muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘nalishda mavjud bo‘lgan boy genofonddan foydalangan holda ilmiy-amaliy tadqiqotlar G‘o‘za seleksiyasi va urug‘chiligi institutida A. B. Amanturdiyev rahbarligida keng miqyosda olib borilmoqda va bugungi kunda ushbu institutda yaratilgan navlar Respublikamiz paxta maydonining katta qismini egallab turibdi. 0‘simliklar genetikasi sohasidagi dunyo adabiyoti dalillariga binoan ilmiy asoslangan genetik tadqiqotlaming samaradorligi genetik tahlil uchun olinadigan biologik obyektning irsiy tozaligiga bog‘liq. Ma’lumki, g V za o‘simligi to‘liq o‘z-o‘zidan changlanuvchi o‘simlik bo‘lmasdan, ma’lum darajada chetdan changlanishga ham moyil. Shuning uchun bu o‘simlikning navlari va namunalari ma’lum darajada geterozigotali va geterogen bo‘ladi. Shu tufayli ham akademik N. I. Vavilovning fikriga ko‘ra, g‘o‘za genetikasi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar qilish uchun dastavval uning gomozigotali belgilariga ega bo‘lgan genetik kolleksiyasini yaratish zarur. Bu sohadagi ilmiy tadqiqot ishlari 0 ‘zbekiston Milliy universitetida keyingi 50 yil davomida D. A. Musayev va uning shogirdlari va xodimlari (M. F. Abzalov, A. S. Almatov, S. A. Zakirov, Sh, Turabekov, S. T. Musayeva, G. N. Fatxullayeva, H. Xolmatov va boshqalar) tomonidan olib borildi va borilmoqda. 0 ‘zbekistonda ko‘p yillik amalga oshirilgan fundamental genetik tadqiqotlar natijasida gV zaning tola hosildorligining irsiylanishini belgilovchi genlar kashf etildi va ulaming funksiyasi aniqlandi. Olingan dalillarga asoslanib, tola hosildorligi (tola chiqishi) ning genetik determinatsiyasi haqida yangi nazariya yaratildi. Bu nazariyaga binoan tola hosildorligini rivojlantirishda allel bo‘lmagan ko‘p genlar 383 ishtirok etib, ularning faoliyatida bir vaqtning o‘zida polimeriya, komplementariya, dominant va retsessiv epistaz, pleyotropiya tipidagi genlarning o‘zaro ta’siri tola hosildorligining irsiylanishi va rivojlanishini ta’min etadi. Bu nazariyaga asoslanib, 40 yildan ortiq vaqt ichida izogen (gomozigotali) liniyalar duragaylari avlodlarini genetik tahlil qilish natijasida bu muhim belgi bo‘yicha har xil gomozigotali genotipga va alternativ fenotipga ega bo‘lgan, dunyoda tengi yo‘q izogen liniyalar kolleksiyasi yaratildi. Bu mutant va izogen genkolleksiya liniyalari duragay avlodlarida ko‘p yillik tanlash va baholash sohasidagi tadqiqotlar natijasida seleksiya uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan tola chiqishi 40-42%, chigiti yirik (1000 ta chigit og‘irligi 150 g), ko‘sagi yirik (bir dona ko‘sakdagi paxta xom ashyosi 8-9 gr) bo‘lgan liniyalar yaratildi. Professor A. T. G‘ofurov g‘o‘za o'simligining madaniy turlari G.hirsutum L. va G.barbadense L. navlari duragaylarini genetik tahlil qilish sohasida hamda shogirdi S. Fayzullayev bilan g‘o‘za genetik kolleksiyasining turli variantlarda genetik nishonlangan izogen liniyalarida o‘simliklar evolutsiyasining genetik asoslarini tadqiq qilish sohasida noyob ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirdi.


Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə