Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo‘nalishi 307-guruh talabasi


O’zbekistonda o’simlik genetikasida qilingan ishlar



Yüklə 1,23 Mb.
səhifə2/8
tarix13.05.2022
ölçüsü1,23 Mb.
#86988
1   2   3   4   5   6   7   8
O’zbekistonda genetik tadqiqotlarning rivojlanishi

2.2. O’zbekistonda o’simlik genetikasida qilingan ishlar


2.3. O’zbekistonda hayvon genetikasida amalga oshirilgan ishlar

2.4. Genetika fanida erishilgan yutuqlar va biotexnologiya haqida qisqacha



III. Xulosa.

IV. Foydalanilgan adabiyotlar.

I.KIRISH

Masalaning predmeti va obekti: Ushbu kurs ishi “O’zbekistonda genetik tadqiqotlarning rivojlanishi” mavzusiga bag’ishlangan bo’lib, unda asosan O’zbekistonga genetika fanining kirib kelishi, rivojlanishi, O’zbek genetic olimlarining sohadagi yutuqlari masalalariga qaratilgan.

Kurs ishining dolzarbligi: O’zbekiston mustaqil bo’lgandan keyin va undan oldingi genetika sohasidagi ishlar, fanning O’zbekistonga kirib kelishi ,dastlabki tadqiqotlar, hozirgi kungacha yurtimiz olimlari tomonidan erishilgan yutuqlarini tavsif etish. Inson genetikasiga qiziqish bir necha sabablarga ko'ra yuzaga keladi. Birinchidan, bu insonning o'zini bilishga bo'lgan tabiiy istagi. Ikkinchidan, ko'pchilikdan keyin yuqumli kasalliklar- vabo, vabo, chechak va boshqalar - irsiy kasalliklarning nisbiy salmog'i oshdi. Uchinchidan, mutatsiyalarning tabiati va ularning irsiyatdagi ahamiyati tushunilgandan so'ng, mutatsiyalar avvaliga tegishli e'tibor berilmagan ekologik omillar ta'sirida yuzaga kelishi mumkinligi ma'lum bo'ldi. Radiatsiya va kimyoviy moddalarning irsiyatga ta'sirini intensiv o'rganish boshlandi. Har yili kundalik hayotda, qishloq xo'jaligida, oziq-ovqat, kosmetika, farmakologiya sanoatida va boshqa faoliyat sohalarida tobora ko'proq kimyoviy birikmalar qo'llaniladi, ular orasida ko'plab mutagenlar qo'llaniladi.

Kurs ishining maqsad va vazifalari:Genetikani haqli ravishda biologiyaning eng muhim sohalaridan biri deb hisoblash mumkin. Shu sababali genetikaning hozirgi kundagi rivoji, O’zbekistonga genetika kirib kelishiga turtki bo’lgan kashfiyot, fan sohasining O’zbekistondagi rivoji, O’zbek genetic olimlarining yutuqlari va hozirgi kundagi tadqiqotlari haqida ma’lumotlarga ega bo’lish.

Kurs ishining tarkibi: Ushbu kurs ishi kirish qism, bir bobdan iborat hamda xulosa va adabiyotlar ro’yhatini o’z ichiga oladi.

Kurs ishining ahamiyati: Ushbu kurs ishi referat harakterga ega.

Respublikamiz Birinchi Prezidenti I. Karimov tashabbusi bilan Fanlar

akademiyasi tarkibida Genetika institutining tashkil topishi, hukumat qarori

bilan gen muhandisligining taraqqiyotini belgilovchi «Geninmar» ilmiy

dasturining tasdiqlanishi, Fan va texnika Davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston

Respublikasi Fanlar Akademiyasi birgalikda Gen muhandisligi markazi –

«Geninmar» markazining tashkil etilishi mamlakatimizda gen muhandisligiga

asoslangan biotexnologiyalar yaratish imkonini berdi. Hozirgi paytga kelib nafaqat o’simlik, balki hayvon genetikasi sohasida ham yurtimiz olimlari katta yutuqlarga erishib kelmoqda.Ushbu kurs ishida O’zbekistonda genetika fanining rivoji , ilk tadqiqotlar haqida tushunarli ma’lumotlar berishga harakat qilindi.



Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə