Tabiiy fanlar fakulteti


Pelagobentos, neyston va pleyston



Yüklə 154,75 Kb.
səhifə24/26
tarix30.05.2023
ölçüsü154,75 Kb.
#114157
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Suv biotsenozlari va ekologik muozanat

4.4. Pelagobentos, neyston va pleyston
Suvbiontlarning kattagina qismi suv havzalarining litosfera va atmosfera qisimlari bilan Suvsfera kontakt chegarasida hayot kechiradi. Litosfera bilan Suvsfera kontakt zonasida yashovchi organizmlar - pelagabentos formalar deb ataladi.
Pelagobentos suv tubida suzishga, yurishga, yugurishga, sakrashga va ko‘milib olishga moslashgan organizmlar bo‘lib, umri ham suvda, ham gruntda kechadi. Atmosfera havosi bilan suv kontakt zonasida yashovchilar neyston va pleyston deb yuritiladi. Bu ikkala hayotiy formalar orasidagi farq shundan iboratki, ularning birinchisi suv sirti qobig‘ida yashaydi. Neystonlar juda kichik mikroskopik organizmlar bo‘lib ular uchun tayanch vazifani suv qobig‘i o‘taydi. Shuning uchun suv qobig‘i ustida yashovchi organizmlar epineyston, ostiga osilib yashaydigan organizmlar giponeyston deb ataladi.
Pleyston o‘rtacha yoki yirikroq organizmlar bo‘lib, ular tanasining bir qismi suvga botib tursa, bir qismi atmosfera havosiga chiqib turadi.
Pelagobentos. Gavdasi o‘lchami va harakat qilish darajasiga ko‘ra pelagobentos organizmlar vakillari ikki guruhga nekto- va planktobentos ga ajratiladi.
Nektobentos vakillari - odatda qisqichbaqasimonlar va baliqlar sanaladi. Masalan. Ko‘pgina krevetkalar, mezidlar ozuqa topish uchun grunt yuzasini yorib kiradi, dengiz qum baliqlari tazyiqdan qochib, qum ichiga kirib oladi. Skatlar va kambalalar grunt bilan o‘zini ko‘mib olib o‘lja poylab yotadi.
Tipik planktobentos vakillari - suvda va gruntda almashinib yashovchi ikki qanotlilar, qattiq qanotlilar lichinkalari, qisqichbaqasimonlar, ko‘k yashil suv o‘tlari. Plankton va nektobentoslarni suv va gruntga almashinib yashashi ularda ikki tomonlama moslashishlarni hosil qilgan. Ular ikkala muhitda ham aktiv hayot kechirib, yashay oladi.
Neyston. Neyston organizmlar uchun suvning sirt tarangligi va tortishish kuchi juda katta ahamiyatga ega. Shuning uchun epineyston - aerobiont, giponeyston - Suvbiont hayotiy formalar hosil bo‘lishiga olib kelad.
Epineyston – suv qobig‘i ustiga yashovchi organizimlar. Chuchuk suv havzalari yuzida suv sirtida qobig‘ida ko‘pgina qandalalar, qattiq qanotlilar, chivinlar chopib yuradi. Ular oyog‘i ostida suv qobig‘i bukiladi, cho‘kadi lekin yirtilmaydi. Chunki epineyston organizimlar oyoqlari sathi suvning sirt tarangligi kuchiga teng.


Yüklə 154,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə