Tabiiy fanlar fakulteti


Ishning maqsad va vazifasi



Yüklə 154,75 Kb.
səhifə2/26
tarix30.05.2023
ölçüsü154,75 Kb.
#114157
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Suv biotsenozlari va ekologik muozanat

Ishning maqsad va vazifasi. Insoniyat tamadudining to’xtovsiz rivojlanishi tufayli odamlar kundalik hayotida gidrosfera va uning tirik jonzotlari nihoyatda katta rol o’ynamoqda. Suv havzalaridan ichimlik va texnik suv ta‘minotida, xo’jalik yuritish, rekreatsiya, energetika, navigatsiya va boshqa maqsadlarda intensiv foydalanilmoqda. Bular ichida eng ahmiyatlisi gidrosferani o’zlashtirilishi, undan ratsional foydalanishni takomillashtirish va muhofaza qilish maqsadida uni biologik tadqiq qilishdir. Bunday vazifani suvbiotsenozi bajaradi.
Mavzuning o‘rganilishida Ishning amaliy ahamiyati. Suv bag‘rida juda katta miqdordagi erigan detritlarni hosil bo‘lishi suv biosenozlari golozoy oziqlanish zanjirlariga o‘ziga xos qiyofa beradi. Ya‘ni beqiyos darajada filtirlash yo‘li bilan oziqlanish usullari keng tarqalishiga sabab bo‘ladi. Bu mayda ob‘ektlar hisobiga dengiz va okeanlarning juda ko‘plab planktonlari yashaydi. Filtirlash yo‘li bilan suv osti zaminida yashovchi hayvonlar, jumladan ko‘pgina chuvalchanglar, mollyuskalar, qisqichbaqasimonlar va ninaterlilar oziqlanadi. Suv tubi yotqiziqlarida detritlarni to‘planishi Suvbiosenozlarda aerob va anaerob parchalanish zanjirlarini hosil bo‘lishini stimulyatsiya qiladi. Ularning shakillanishida bakteriyalar va zamburug‘lar kata ahamiyatga ega. Suv qa‘ri va gruntda zamburug‘lar juda keng darajada tarqalgan bo‘lsada ular hali yaxshi o‘rganilmagan.
Kurs ishining ob’ekti: Suvbiotsenozi va unda rivojlangan hayot. O‘lkan sondagi gidrobionlardan inson biologik mahsulot sifatida fauna va floraning ozgina qismidan foydalanadi. Insoniyat oziq - ovqat sifatida suv o‘zimliklari va hayvonot olamining atiga 3% idan foydalanadi xolos. Shuning uchun gidrosferaning biologik resurslarini istiqbolini baholash nuqul ovlanadigan, tutiladigan obektlar hisobiga hajmi bilan belgilanmasligi kerak[1].

Ishlab – chiqarish obektlari sifatida foydalaniladigan organizmlar - suv havzalari biologik resurslarini tashkil etadi (biotik resurslar yoki bioresurs). Bioresurslar sotsial tushuncha bo‘lib ayrim o‘simlik va hayvonlar bilan odam o‘rtasidagi munosabatlarda mehnat predmeti sifatida namoyon bo‘ladi. Mehnat qilish natijasida ishlab chiqiladigan gidrobiontlar endi bioresurs emas, ular xomashyo deb ataladi. Gidrobiontlarning ishlab chiqarilishini taraqqiy etishi, xalq xo‘jaligining yangi tarmog‘i akvakultura ni rivojlanishiga olib keldi. Akvakulturani texnik imkoniyatlarining tez o‘sishi bilan bog‘liq holda uni taraqqiy etishi qaysidir tomoni bilan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida qo‘llaniadigan keng ilmiy tadqiqotlar, suv havzalarini bioxo‘jalik obekti sifatida muvaffaqqiyatli o‘zlashtirilishini innavasion maqsadli dasturlari asosida yangicha ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratadi. Shuni nazarda tutish kerakki akvakultura agrokulturani analogi emas, u o‘simlik mahsulotlarini emas, balki u hayvon mahsulotlarini yetishtirishga ko'proq yo'naltirilgan bo‘ladi.



Yüklə 154,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə