Tabiiy fanlar fakulteti


Protokooperatsiya va mutualizm



Yüklə 154,75 Kb.
səhifə8/26
tarix30.05.2023
ölçüsü154,75 Kb.
#114157
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26
Suv biotsenozlari va ekologik muozanat

Protokooperatsiya va mutualizm. O‘zaro aloqalarning bu ikki formasi orasidagi farqni ajratish uchun aniq bir chega mavjud emas. Bunda populyatsiyalarni o‘zaro ta‘sirini ham aniqlash qiyin bo‘ladi. Mutualizmga tipik namuna – suv o‘tlari va sodda hayvonlar, bulutlar, kovakichliar, chuvalchanglar o‘rtasidagi bir organizm boshqasisiz yashay olmaydigan simbioz munosabatlardir. Masalan, Bankia setacea kema qurtlari o‘zlarining maxsus bezlarida (mitsetotsitlarida) bakteriyalar bo‘lmasa yashay olmaydi. Chunki bu bakteriyalar yog‘och bilan oziqlanadigan xo‘jayinini oziqasini parchalovchi aminokislotalar ishlab chiqaradi, busiz kema qurti oziqasi hazm bo‘lmaydi.
Protokooperatsiya. Qator baliqlar va qisqichbaqasimonlarning kovakichlilar va ignaterlilar bilan bo‘lgan o‘zaro munosabatlarida kuzatiladi. Physustoma paypaslagichlari orasida treska va stavrida baliqlarining chovaqlari yashirinib oladi, Physalia sifonoforalari himoyasidan Miris, Nomeus boshqa baliqlar foydalanadi. Aktiniyalarning gastral bo‘shlig‘ida, paypaslagichlari diskida Amphiprion baliqlari bekinib olib yashaydi. Culcita dengiz yulduzlari diski ostida ko‘pgina qisqichbaqasimonlar yashaydi. Protokooperatsiyaning eng qiziq formalaridan biri ektoparazitlardan himoyalanishidir. Masalan, Suvbiontlarni bir qancha turlari o‘zini terisi va hatto og‘iz bo‘shlig‘ini ektoparazitlardan himoya qilish uchun boshqa turlarni o‘zlari bilan birga bu organlarida olib yuradi. Bu turlar ular terisi va og‘iz bo‘shlig‘ini turli parazitlardan tozalaydi. Hozirgi paytda Suvbiontlarni bunday sanitar-tozalovchi turlari: baliqlardan 26 ta turni, krevetkalardan 6 ta turni va 1 ta krabni tashkil etadi.
Karpozlar, kommensalizm va stimulyatsiya. Karpoz deb birgalikda yashovchi ikkita populyatsiyadan bittasi uchun foydali, ikkinchisiga zarar ham keltirmaydigan munosabatga aytiladi. Agar kaproz bir organizmni boshqasi hisobiga oziqlanishi (yani ikkinchisiga zarar yetkazmasdan) shaklida yuz bersa –bunda holatda kommensalizm kuzatiladi. Stimulyatsiyada esa bir organizm boshqasi bilan biokimyoviy o‘zaro ta‘sir qiladi. Yuqoridagi qayd etilgan o‘zaro munosabatlar, populyatsiyalar o‘zaro ta‘sir etishning boshqa formalariga nisbatan kam ahmiyat kasb etsada, lekin Suvbiontlar jamoalarida keng tarqalgan.
Karpozning eng oddiy formasi ko‘pgina Suvbiontlarni suv o‘tlarini substrat sifatida hayvonlarga yopishib olib yashashi yoki hayvonlarni o‘simliklarga yopishib olib yashashi hisoblanadi.
Kommensalizmga misol qilib Serpulidae ko‘ptuklilari turibkalarida yashovchi Serpuliduola va Phabdops kurakoyoqli qisqichbaqasimonlarni yashashini aytish mumkin. Qisqichbaqalar o‘zlari yashaydigan xo‘jayinlariga zarar yetkazmasdan ular chuvalchanglar fekaliysi va epidermal bezlari ajratgan sekretlar bilan oziqlanadi.
Stimulyatsiyaga – dengizlarning fitoplanktonga juda boy bo‘lgan zonalarida bakteriyalarning yoppasiga rivojlanishini keltirish mumkin. Chunki shu narsa ma‘lumki suv o‘tlari tomonidan ajratib chiqarilgan moddalar mikroorganizmlar uchun yagona energiya manbai bo‘lib xizmat qiladi. Boshqa tomondan bakteriyalar ajratgan moddalar suv o‘tlari o‘sishini stimulyasiya qiladi. Ko‘pgina suv o‘tlari, asosan diatom suv o‘tlari mikroozganizmlar tomonidan ajratilgan B12 vitaminiga muhtoj bo‘ladi.



Yüklə 154,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə