Tabiiy fanlar fakulteti


Modda va energiya transformatsiyasi



Yüklə 154,75 Kb.
səhifə9/26
tarix30.05.2023
ölçüsü154,75 Kb.
#114157
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26
Suv biotsenozlari va ekologik muozanat

2.4. Modda va energiya transformatsiyasi
Biosenozlarda modda aylanishi har xil atomlarni uzliksiz qo‘shilishidan yangi organik moddalarni hosil bo‘lishi va destruksiya jarayonida ularni biologik birikmalardan ajralib chiqishi orqali yuz beradi. Atomlarning uzviy almashinuvi energiya entropizatsiyasi hisobidan borib avtotroflar tomonidan fiksatsiya qilinib, geterotroflar tomonidan u yoki bu ozuqa zanjiri orqali aylantiriladi. Barcha organizmlar energetik xususiyatlari o‘xshash bo‘lib, ekzoenergetik oksidlanish – tiklanish reaksiyalarini fermentativ ta‘minotini regulyatsiya qilishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Farqi shundaki avtotroflar organimzlarini tiklovchilarini o‘z ho‘jayralari ichida hosil qiladi, geterotroflar esa ularni tayyor holda tashqaridan oladi. Sintezlangan organik moddaning qayta shakillanishi energiya sarf bo‘lishi bilan boradi. Bu energiya har xil yo‘nalishlar (oziq zanjirlari) orqali tashiladi.
Transformatsiya kanallari. Suv biotsenozlarida moddalarni geterotrof shakllanishi va navbatdagi trofik darajaga energiya uzatilishi golozoy oziqlanish jarayoni - yaylov va detrit ozuqa zanjirlari orqali amalga oshiriladi. Suv biosenozlarida golozoy trofik zanjirlar quruqlik jamolarinikiga nisbatan boshqacharoq bo‘ladi. Shuning uchun ularning modda va energiya transformatsiyasida (tashilishida) roli sezilarli darajada kam bo‘ladi, chunki Suvbiontlarning kattagina qismi osmotik yo‘l bilan oziqlanadi. Golozoy zanjirlar strukturasi ham boshqacha tuzilgan bo‘ladi. Suv o‘tlarining kattagina qismi va asosan yuksak suv o‘tlari tirik holatda juda kam iste‘mol qilinadi va nobud bo‘lgandan so‘ng juda kata miqdordagi Suvbiontlar iste‘mol qilinadigan detritga aylanadi. Suv bag‘rida juda katta miqdordagi erigan detritlarni hosil bo‘lishi suv biosenozlari golozoy oziqlanish zanjirlariga o‘ziga xos qiyofa beradi. Ya‘ni beqiyos darajada filtirlash yo‘li bilan oziqlanish usullari keng tarqalishiga sabab bo‘ladi. Bu mayda ob‘ektlar hisobiga dengiz va okeanlarning juda ko‘plab planktonlari yashaydi. Filtirlash yo‘li bilan suv osti zaminida yashovchi hayvonlar, jumladan ko‘pgina chuvalchanglar, mollyuskalar, qisqichbaqasimonlar va ninaterlilar oziqlanadi. Suv tubi yotqiziqlarida detritlarni to‘planishi Suvbiosenozlarda aerob va anaerob parchalanish zanjirlarini hosil bo‘lishini stimulyatsiya qiladi. Ularning shakillanishida bakteriyalar va zamburug‘lar kata ahamiyatga ega. Suv qa‘ri va gruntda zamburug‘lar juda keng darajada tarqalgan bo‘lsada ular hali yaxshi o‘rganilmagan. Masalan, qamishlar bargini parchalanishida zamburug‘lar va bakteriyalar ahamiyati bir xil va yalpi kislorod iste‘mol qilishi ham boshqa organizmlarnikiga o‘xshash. Y. Y. Nikitinskiy (1936) hisoblari boyicha Volga daryosida Leptomitus lacteum zamburug‘lari bir sutkada 1km2 maydondagi suvdan 6,6 t organik moddani o‘zlashtirib 4,4 t dan ortiq mineralga aylantiradi.
Suv havzalari oziqadorligi va ifloslanishi kattalashishi bilan modda va energiya transformatsiyasi har xil kanallarning quvvati nisbatan sezilarli darajada o‘zgarishi kuzatiladi. Oligotrof suv havzalari ozuqa turida yaylov zanjirlari dominantlik qiladi, detrit zanjirlar zaif bo‘ladi. Parchalaninsh zanjirlari boshqalariga ergashuvchi (boysinuvchi) holatda bo‘ladi.
Suv havzalarining ozuqadorligi va ifloslanishi ko‘tarilishi bilan parchalanish zanjirlari dominantlik qila boshlaydi va golozoy oziqlanish to‘liq yo‘qola borishi bilan yaylov zanjirlari ham tugab boradi. Bunda ekosistemaning tirik organizmlari faqat mikroorganizmlardan iborat bo‘ladi. Bunday holat uchun anaerob jarayonlarni aerob jarayonga nisbatan keskin darajada ustunligi harakterli bo‘lib, jamoadan fotoavtotroflar butunlay chiqib ketadi (bo‘lmaydi) va biosenoz alloxton organik moddalar energiyasi hisobiga yashaydi.

Yüklə 154,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə