Tabiiy fanlar fakulteti


Suvbiotsenozlarda populyatsiyalararo munosabatlar



Yüklə 154,75 Kb.
səhifə6/26
tarix30.05.2023
ölçüsü154,75 Kb.
#114157
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Suv biotsenozlari va ekologik muozanat

2.3. Suvbiotsenozlarda populyatsiyalararo munosabatlar
Suvbiotsenozlarda populyatsiyalarning ko‘pdan ko‘p aloqalarini to‘gridan to‘gri (bevosita) va bilvosita aloqalarga ajratiladi. Birinchi holatda o‘zaro aloqa qiluvchi populyatsiyalar individlari to‘g‘ridan - to‘g‘ri, bevosita aloqa qiladi va bu forma uzoq tarixiy jarayonda shakllangan. Ikkinchi holatda esa o‘zaro aloqa qiluvchi populyatsiyalar individlari bilvosita (o‘rtadagi boshqa organizm orqali) aloqada bo‘ladi va bu evolyutsiya jarayonida bir birining hayot faoliyatlari natijalariga moslashishidir. Bevosita va bilvosita aloqalar har xil formalarda yuz beradi, ularni funksional xususiyatlariga ko‘ra topik, trofik, fabrik va forik aloqalarga ajratish mumkin. Birinchi formada bir tur boshqa bir turni yashashi uchun sharoit yaratadi. Masalan, fotosintetiklar tomonidan suvni aeratsiya qilinishi. Tropik aloqada bir tur individlar boshqa tur individlarini yoki ular mahsuloti tanasi qoldiqlarini iste‘mol qiladi. Fabrik aloqada bir tur individlari mahsulotlari ular qoldiqlaridan boshqalari o‘zlari uchun boshpana, uy quradi. Forik aloqada esa ular bir-birini tabiatda tarqatadi.
Biotsenozlarda o‘zaro aloqalar turining eng murakkab qismi bu - konsortsiyalardir. Konsortsiyalar determentlar va konsortlardan tuzilgan bo‘ladi. Konsortlar determenantlar hisobiga yashaydi. Masalan, konsort endosimbiontlar determenantladan modda o‘zlashtiradi va xo‘jayin – organizmlar foydalanadigan metabolitlar ajratadi.
Populyatsiyalararo o‘zaro munosabatlar o‘zining biologik ahamiyatiga ko‘ra ular tabiatda har xil formalarda sodir bo‘ladi. Bular: yirtqichlik va parazitizm, konkurensiya va amensalizm, neytralizm, kommensalizan, karpoz va stimulyatsiya, protokooperatsiya va mutualism.
Neytralizm, konkurensiya va amensalizm. Betaraflik (neytralizm) munosabatlari yoki mutlaqo o‘zaro aloqalar qilmaydigan trofik darajada qo‘shni bo‘lmagan populyatsiyalar uchun harakterli bo‘lib, uni rus olimi A. A. Shorigin (1952) ‖Biotsenozlarda ustunlik qiluvchi turlar uchun xos‖ deb ko‘rsatadi.
Raqobat (konkurensiya) - ikkita yoki bir nechta tur individlarining chegaralangan miqdordagi bitta yoki shunga o‘xshash resurslardan foydalanishida yuz beradi. Raqobat - raqobatlanuvchi turlarning har biri populyatsiyasi zichligini kamaytiradi va bu bevosita va bilvosita formalarda ko‘zga tashlanadi.
Birinchi formada (holatda) yetishmaydigan resurs uchun to‘g‘ridan – to‘g‘ri kurash ketadi. Masalan, sohil boyi o‘tzorlarida o‘tlovchi dengiz tipratikanlari o‘z o‘tloqlaridan ular ozuqasini iste‘mol qiluvchi boshqa organizmlarni haydab chiqaradi. Ko‘pgina aktiniyalar o‘ziga yaqinlashuvchi boshqa tur individlarini nobud qiladi.
To‘g‘ridan - to‘gri raqobat makon va boshpana uchun kurashning barcha formalarida ko‘zga tashlanadi. Ko‘pgina hayvonlar va asosan o‘simliklar o‘zidan raqiblarini zaharlovchi toksinlar ishlab chiqaradi. Plankton suv o‘tlari qoplami yuzasida bakteriyalarning bo‘lmasligiga sabab mikroorganizmlar kimyoviy tazyiqi bo‘ladi. Diatom xrizofit va boshqa suv o‘tlari ekstraktlari ko‘pgina bakteriyalarga antibiotik ta‘sir qilishi aniqlangan .
Bilvosita raqobat bevosita raqobatdan shunisi bilan farq qiladiki, bunda bir yoki shunga o‘xshash resurslardan har xil turlarni foydalanishi o‘zaro ta‘siri juda sekinlik bilan boradi va bu ularning yashovchanligi, ko‘payishi va o‘sish intensivligini o‘zgarishi bilan yuz beradi.
G. F. Gauze (1934) ―Konkurentlikni inkor etilishi‖ qoidasini kashf etdi. Bunda ―Bir xil ekologik mavqeiga (o‘rin) ega bo‘lgan yaqin qarindosh turlar birgalikda yashay olmaydi‖. Masalan, infuzoriyalar va dafniyalarning bir biriga yaqin turlari bir xil ozuqa muhitida bir xilda rivojlana olmaydi.



Yüklə 154,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə