Tabiiy fanlar fakulteti



Yüklə 154,75 Kb.
səhifə3/26
tarix30.05.2023
ölçüsü154,75 Kb.
#114157
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Suv biotsenozlari va ekologik muozanat

Ish tuzilish. Kurs ishiga kirish 4 qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, elektron variantdan iborat.

________________

  1. Koganovskiy va sanoat suv ta'minotida chiqindi suvdan foydalanish. M.: Kimyo, 1983 yil.


I. BOB.
1.1. ADABIYOTLAR SHARXI
Atrof - muhitning tirik va o‘lik komponentlari, tirik organizimlar va ularning har-xil turlari haqidagi ekologik bilimlar to‘plana boshlanganligi 2000 yillik tarixga ega. Lekin bu ekologik bilimlar XIX asrning o‘rtalariga kelib olimlar K. F. Rul‘e va E. Gekkelning mehnati evaziga alohida mustaqil fan sifatida shakllandi (1866, 1868).
Ernest Gekkel - ―Ekologiya deganda shunday bilimlar majmuasini tasavvur qilamizki, u tabiyat iqtisodiyoti bo‘lib, unda to‘liq organizimlarni o‘zaro aloqalari, munosabatlari va bir - biriga bevosita va bilvosita tasirini tushunamiz‖ - deydi.
Hozirgi gidrobiologiya yer haqidagi fanlar, jumladan geografiya, fizika, kimyo, biologiya va ekologiya fanlari bilan birga rivojlangan. Bu tarixiy rivojlanishlar uch bosqichga ajratiladi.
1 - bosqich. Eng qadimgi davrlardan XIX asrning 60 - yillarigacha bo‘lgan davr. Dastlapki ekologik ma‘lumotlar qadimgi, madanyat markazlari Xitoy, Misr, Hindiston, Gretsyada to‘plangan. Ular Geraklit, Gippokrat, Arestotel, Arastu, Teofrast ma‘lumotlarida ekologik tushunchalar to‘plangan. Bundan tashqari ―tug‘ilsh davri‖ da kashf etilgan tabiiyat qonunyatlari ham shu bosqichda dunyoga kelgan.
2 - bosqich. Bu XIX - asrning 60 – yillaridan XX - asrning 50 - yillarigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu muhum bosqich bo‘lib yangi ekologik tushunchalar va bilimlar dunyoga keldi. Bular ayniqsa rus olimlari N. A. Severtsov, V. V. Dokuchayev, V. I. Vernandskiy, N. V. Sukachyov va ingliz olimi A. Tenslilarning tatqiqotlari tufayli ekologiya to‘laqonli fan sifatida rivojlandi.
3 – bosqich. XX asining 60 - yillardan hozirgi kunga qadar. Oxirgi 100 yillik o‘rtalariga kelib ekologiya umuminsoniy muammolarni tatqiq qila boshladi. Jumladan: V. I. Vernandskiy tomonidan bosferani tatqiq qilinishi, Y. U. Odum, N. F. Reymers, I. A. Naumov, S. S. Shvars tomonidan olib borilgan ekologik tatqiqotlar natijalari ekologik bilimlarni to‘liq shakillantirishga yo‘l ochib berdi.
XIX - asrnng o‘rtalariga kelib gidrobiologiya ekologik fanlar tizimidan ajralib chiqib mustaqil fan sifatida shakllana boshladi. Chunki bu davrga kelib, insoniyat tamadudi, fan- texnika taraqqiyoti gidrosferani chuqurroq tatqiq qilishgqa unday boshladi. Bunga insoniyatning ikkita ehtiyoji sabab bo‘ldi.

  1. Gidrosfera resurslaridan ozuq - ovqat sifatida foydalanish.

  2. Toza ichimlik suvi muammosi.

Yuqoridagi muammolar gidrosferani haqiqiy rejali gidrobiologik tatqiq qilishni boshlab berdi. Shuning uchun dastlabki gidrosferani o‘rganuvchi jamiyatlar paydo bo‘la boshladi. Masalan: Moskva tabiyatni sevuvchilar jamiyati (1867) Moskva shahri atrofidagi ko‘llarni maqsadli o‘rganishni rejalashtirdi. Birinchi dengiz biologik stansiyasi A.O. Kovalevskiy tomonidan 1872 yilda Sevostopol shahrida tashkil etildi (hozirgi Janubiy dengizlar bioloiyasi instituti). A. Dorn (1872) Neapol (Italiya) shahrida dengiz stansiyasiga asos soldi. Shundan so‘ng AQShning Atlantika okeani qirg‘og‘ida A. Araxxus tomonidan (1876) Nyuport dengiz biologik stansiyasi tashkil qilindi. Bundan tashqari chuchuk suvlarni o‘rganuvchi biologik stansiyalar ham tashkil topa boshladi. Masalan, Yevropada dastlabki chuchuk suv biologik stansyasi Chexiyada A. Frigen (1880) tomonidan Pocherniskiy ko‘lida tashkil etildi. Germaniyada O. Zaxarias (1892) tomonidan Plen ko‘lida biologik stansiya tashkil qilindi (hozirgi Iimnologiya instituti). Rossiyada Glubokiy ko‘lida (1891), Bologovskiy ko‘lida (1896), Volga daryosida (1900), Baykal ko‘lida (1918, hozirgi Rossiya FA Iimnologiya instituti) va boshqalar tashkil topdi. Bular bilan bir vaqtda suv havzalarining tatqiq qilishda ishlatiladigan turli – tuman, asbob - uskunalar yaratila boshlandi. Gidrobiontlar soni miqdorini hisoblash uchun B. Genzen tomonidan konussimon ―plankton to‘ri‖, I. Peterson tomonidan ―Dnocherpatel‖ asboblari yaratildi. Gidrobiologiya fani fundamental fan sifatida shakllantrilishini F. A. Forel (1893-1901) tomonidan yaratilgan 3 tomli ,,Iimnologiya‖ monografiyasi boshlab berdi. Gidrobiologiyani rivojlanishiga hozirgi kunga qadar faoliyat yuritib turgan ―Dengizlarni o’rganish bo’yicha xalqaro kengash‖ (1899) va ―Xalqaro nazariy va amaliy limnologiya assotsiatsiyasi‖ (1922) tashkil etilishi katta ahamiyatga ega bo’ldi.
Rossiyada 1853-1856 yillarda K.M. Ber va N. Danilevskiylar rahbarligida dengizlar biologiyasini o’rganish bo’yicha birinchi yirik ―Kaspiy dengizi baliqchilik va baliq zahiralarini o’rganish ilmiy-ishlab chiqarish ekspeditsiyasi― tashkil etildi. 1899-1906 yillarda N. M. Knipovich rahbarligidagi ekspeditsiya ham Barents dengizida katta tadqiqot ishlari olib bordi.
Xuddi shu vaqtlarda N. Andrusov, A. Ostroumov, Sh. Shpindler va A.A. Lebedinsevlar Qora dengizni tadqiq qildilar va uning chuqur qatlamlarini vodorod sulfid bilan to’yinishini isbotladilar. Keyinroq S.A. Zernov Qora dengiz biotsenozlarini chuqur o’rgandi. 1912-1913 yillarda N. M. Knipovich rahbarligidagi ekspeditsiya Kaspiy dengizida juda katta miqdorda gidrobiologik material yig’ishga muvofaq bo’ldi. V. K. Brajnikov (1899-1904), P. Y. Shmidt (1900-1901) va V. K. Soldatovlar (1907-1913) Uzoq sharq dengizlarida yirik gidrobiologik tadqiqotlar olib bordilar.


Yüklə 154,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə