Tabiiy fanlar fakulteti


II. BOB 2.1 SUVBIOTSENOZLAR



Yüklə 154,75 Kb.
səhifə4/26
tarix30.05.2023
ölçüsü154,75 Kb.
#114157
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Suv biotsenozlari va ekologik muozanat

II. BOB
2.1 SUVBIOTSENOZLAR
Suvbiotsenoz (boitsenoz) deb hayot chegarasining ma‘lum bir qismini egallagan( biotop yoki ekotop ) tashqaridan keladigan energiya hisobiga modda va energiya almashinuvi jarayonida ishtirok etadigan va o‘zaro aloqada bo‘ladigan funksional birlikka ega bir necha turlar populyatsiyalaridan tuzilgan biologik sistemaga aytiladi. Biotsenozlar odatda avtotroflar va geterotroflardan tuzilgan bo‘ladi. Faqat ikkinchi holatda sistema tashqaridan keladigan energiya (alloxton organik modda) hisobiga mavjud bo‘ladi. Birinchi holatda biotsenozlar to‘liq a‘zoli, ikkinchisida to‘liqsiz a‘zoli bo‘ladi .
Biotsenozlarda: avtotrof azotfiksatorlar (sianobakteriyalar) saprotroflar (erkin yashovchi bakteriyalar) va biotroflar (simbiotik va aktinomitsetlar ) juda muhim va asosiy funksional guruhlarni tashkil etadi. Biotop chegarasi qancha keng bo‘lsa, biotsenoz ham shuncha yirik bo‘ladi. Biotsenozlar o‘z nomini biotop harakteri yoki dominanant tur nomidan oladi. Masalan. qoyali litoral biotsenozi, midiyalar biotsenozi va b.q.r. Yoki eng yirik taksonlar, jumladan fitotsenoz (o‘simlik), zootsenoz (hayvon), ixtiotsenoz (baliq) va b.q. Odatda bir biotsenoz elementlari qo‘shni biotsenozga yoki teskari holatda bir - biriga o‘tib turadi. Biotsenozlar orasida aniq chhegara mavjud emas. Shuning uchun ular o‘rtasida o‘tkinchi zona - ekotop mavjud bo‘ladi. Bu zona turlar tarkibi ko‘pligi bilan ajralib turadi. Masalan, doimo suv bilan grunt va havo bilan suvning kontakt zonasi Suvbiontlarga boy bo‘ladi .
Biotsenozdan qancha ko‘p energiya o‘tsa, uni turg‘unligi shuncha barqqaror va yuqori bo‘ladi. Shu sababli biotsenozlarni struktura va funksional shakllanishi tashqi muhit geofizik sikllarni almashinuviga bog‘liq bo‘ladi.




2.2. Suvbiotsenozlar strukturasi
Suvbiotsenoz strukturasi uchta asosiy aspektda namoyon bo‘ladi. Birinchisi - biotsenoz tarkibini belgilovchi aniq komponentlar: har xil turlar
populyatsiyalari soni va to‘plami, hayotiy formalari (biomorf ) va boshqa struktura elementlari .Ikkinchisi - alohida elementlarni u yoki bu miqdorda joylashishi va tarqalishi.
Uchinchisi – barcha aloqalarning mushtarakligi, birinchi navbatda oziqlaninsh sikli va oziqlanish zanjirlari, topik, forik va boshqa o‘zaro aloqalar.
Bundan tashqari biotsenozlarning strukturasi va funksional xususiyatlari ularning turlar tarkibi, xorologik o‘lchami, trofik va boshqa strukturalarga bog‘liq bo‘ladi. Biotsenozlar strukturasi sistemadagi elementlar soni va ularni tarqalishi va joylashishi tartibi harakteriga ko‘ra murakkablik darajasi har xil bo‘ladi.
Biotsenozlar strukturasi darajasini baholash uchun Mak-Artur (1955) hammaga ma‘lum K. Shennon formulasini taklif qilgan. Bu formula mantiqan biotsenoz strukturasi, sistema tarkibi (H) haqida ma‘lumot beradi.
B unda:

Pi- voqeyalar ehtimolligi;


k- ular soni.
Biotsenozlar xilma-xilligini hisoblash uchun uning bir elementi (individ, biomassa birligi va b.q.) haqidagi ma‘lumotlar miqdori H bilan belgilanadi. Butun biotsenoz haqida ma‘lumot yoki uning maydon birligining bir qismi (hajm, maydon) elementlar miqdoriga teng bo‘lib H. N. va H ni bildiradi va quyidagi formula bilan hisoblanadi.

Bunda: N- Biotsenozdagi elementlar umumiy soni;


n- ma‘lum guruhdagi elementlar soni;
m- guruhlar soni.
Biotsenozlar strukturasini har xilligini qaysidir belgisiga muvofiq
baholash uchun (P) indeksidan foydalanish mumkin.
Bunda:
k- tadqiq qilinayotgan biotop qismlari;
ℓ1, ℓ2, …,ℓ k- boitopning alohida qismlaridagi o‘rganiladigan
belgilari miqdori ifodalanishi.
ℓ- belgining o‘rtacha qiymati.
Tur strukturasi. Har qanday biotsenoz tarkibi bir nechta turlarning u yoki bu kattalikdagi populyatsiyalardan tashkil topgan bo‘ladi. Turlar soni va ularning individlari miqdori biomassasi va boshqa ko‘rsatkichlari biotsenoz tur strukturasini xarakterlaydi. Biotsenozlar tarkibiga ko‘plab turlar kirsada lekin ular ichida faqat bitta yoki bir nechta turlar o‘zining soni va biomassasi bilan keskin ajralib turadi. Biotsenoz tarkibidagi o‘zining eng ko‘psondagi individlari va biomassasi bilan ajralib turadigan turlar – dominant, kamroq rol oynaydigan turlar esa subdominant turlar deyiladi. Qolgan turlar Ikkinchi darajali va juda kam uchraydiganlar esa tasodifiy turlar deyiladi. Biotsenozlarda turlarning dominantlik darajasi uning individalari soni biomassasi va boshqa ko‘rsatkichlari miqdorini foizdagi nisbati bilan ifodalanadi. Dominantlik darajasi kamdan – kam hollarda turning energiya transformatsiyasidagi o‘rni bilan ham belgilanadi. Barcha dominant turlar biotsenozda bir xil rol oynaydi. Bular ichida edifikator (edifice-yaratuvchi) turlar muhim sanaladi. Ular o‘z hayotiy faoliyati bilan muhitni modifikatsiya qiladi va uning oqibatida jamoaning boshqa a‘zolariga ham kuchli ta‘sir o‘tkazadi. Agar quruqlikdagi edifikator turlar o‘simliklar bo‘lsa, Suvbiotsenozlarda hayvonlar bo‘ladi. Masalan, Marjon poliplar suv osti zaminida ko‘p tarmoqli labirint yo‘lli subektlar hosil qiladi bundan ko‘pgina Suvbiontlar yashash joyi sifatida foydalanadi Biotsenozlarda dominant turlarning hissasi butun biotsenozdagi turlar hissasidan ham yuqori bo‘ladi. Masalan, Azov dengizi biotsenozlarida biomassa miqdori 70 g/m. kv. bo‘lsa undagi dominant turning biomassasi 69-99 % tashkil qiladi (A.S.Konstantinov, 1986).
Biotsenozlar doirasida bir-biri bilan juda kuchli aloqa qiluvchi turlar guruhi gildiyalar deb ataladi. Ba‘zi holatlarda ―n‖ turlardan tashkil topgan jamoalar yagona gildiya bo‘lishi mumkin. Gildiyalar bir – biridan mikro yashash joyi, ozuqa harakteri va boshqa hususiyatlariga ko‘ra farqlanadi. Jamoalarning tur strukturasining eng muhim ko‘rsatkichi bo‘lib, ularning turlar xilma-xilligi xizmat qiladi. Biotsenozdagi turlar boyligi uning turlar tarkibi va individalar miqdori (soni, biomassasi) va boshqalar bilan ifodalanadi .
Biotsenozlarda turlar boyligini (d) ifodalash uchun odatda quyidagi formulalardan foydalaniladi.

Bunda: S- turlar soni;


N- individlar soni.
Qator holatlarda suv havzalari trofik darajasi oshishi bilan turlar xilma-xilligi kamaya boradi. Doimo yangi hosil bo‘lgan biotsenozlar turlar boyligi oldingilariga nisbatan kambag‘al bo‘ldi. Past kengliklardan yuqori kenliklarga borgan sari Suvbiotsenozlarning turlar boyligi kamayib boradi va mavjud turlarning individlar soni ortib boradi. Shu yo‘nalishda biotsenozlar turlar strukturasi ham torayib boradi. Masalan, bir xil faunali, inividlar zichligi yuqori bo‘lgan hovuzlar biotsenozi turlar strukturasi katta suv havzalari dengiz va ko‘llar biotsenozi turlar strukturasiga nisbatan murakkab bo‘ladi.

Yüklə 154,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə