Tabiiy fanlar fakulteti



Yüklə 154,75 Kb.
səhifə14/26
tarix30.05.2023
ölçüsü154,75 Kb.
#114157
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26
Suv biotsenozlari va ekologik muozanat

3.3. Biogeokimyoviy sikllar
Ekosistemalarning tirik va o‘lik komponentlari o‘rtasida biologik va geokimyoviy jarayonlarning o‘zaro munosabatlari sharoitida har xil elementlarni uzluksiz almashinuvi yuz beradi. Tirik moddalar tarkibidan topilgan 40 dan ortiq kimyoviy elementlar, ularning destrukturasi natijasida tashqi muhitga tushadi va u yoki bu darajada ekosistemalar abiotik komponentlar tarkibiga o‘tadi, hamda yana qaytadan biosintez jarayoniga qo‘shiladi. Bu 40 ta elementdan tirik modda uchun eng katta ahamiyatlilari: oqsil, yog‘ va uglevodlar tarkibiga kiruvchi kislorod, vodorod, uglerod, azot, oltingugurt va fosfor hisoblanadi. Yuqorida sanalgan elementlarning tirik moddadagi o‘rtacha tarkibi quyidagi formula bilan ifodalaniladi.
H2660 O1480 C1480 N16 P1.8 S.
O‘lik komponentlarga nisbatan tirik moddalar ko‘proq karboksillangan, Suvgenlangan va gidratlangan.
Biosferada kimyoviy elementlar biogeokimyoviy sikllar (aylanishlar) orqali sirkulatsiya bo‘ladi. Har bir modda aylanishida - katta hajmdagi sekin sirkulyatsiya bo'luvchi moddalar, asason organizmlar bilan bog'lanmagan ―rezerv fondi‖ ga, qolgan ozroq hajmdagi muhit va organizmlar orasidagi tez almashinish harakteriga ega barcha faol moddalar ―almashuv fondi‘‘ ga ajratiladi. Rezerv fond - ajralish harakteriga ko‘ra: gazlar almashinuvi va cho‘kindi hosil bo‘lish sikllariga ajratiladi. Rezerv fondi birinchi holatda atmosfera va suv tanasida yig‘iladi, ikkinchisi esa suv osti cho‘kindi yotqiziqlarida to‘planadi.
Biogeokimyoviy aylanishda qatnashuvchi ko‘pgina moddalardan eng ko‘p ekologik ahamiyatga ega bo‘lganlar, bular bir tomondan tirik bo‘lgan moddalarni eng muhim komponentlari hisoblansa, ikkinchi tomondan biosintez intensivligini belgilaydigan moddalardir. Bu azot, fosfor, oltingugurt va uglevod. Biogeokimyoviy sikllar mohiyatini bilish - ekosistemalar sharoitini boshqarish imkoniyatini beradi. Shuning uchun ko‘pgina suv havzalaridan ho‘jalikda foydalanish, o‘zlashtirishda ularga azot va fosfor tuzlari maxsus solinadi.

Yüklə 154,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə