Tabiiy fanlar fakulteti


Raqobatning populyatsiyalar o‘sishiga ta‘siri



Yüklə 154,75 Kb.
səhifə7/26
tarix30.05.2023
ölçüsü154,75 Kb.
#114157
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26
Suv biotsenozlari va ekologik muozanat

Raqobatning populyatsiyalar o‘sishiga ta‘siri.
A- Paramaecium caudatum va P. aurelia birgalikda bir xil va aralash muhitda; B- Daphnia pulicaria (1) va D. magna (2) suvo‘tlari va achitqi (drojj) bilan oziqlantirilganda populyatsiyalarning o‘sishi (Odum,1969).
Amensalizm. Bir populyatsiyaning o‘ziga foyda keltirmasdan, boshqa populyatsiyalarga bir tomonlama salbiy ta‘siriga aytiladi. Masalan, qalqondorlar gruntni qo‘zg‘ab suvni shaffofligini tushiradi bu esa, suv o‘tlari fotosintez jarayoniga salbiy ta‘sir qiladi. Suv o‘tlari suv yuzini qalin qoplashi natijasida hayvon uchun respirator sharoit yomonlashadi. Har yili Janubiy Afrika va Florida qirg‘oqlarida “qizil oqim‖ ta‘sirida millionlab baliqlar nobud bo‘ladi. Bunga suvlarni sariq, qo‘ng‘ir va qizil ranga ―gullatuvchi‖ suv o‘tlari ajratgan toksinlar sabab bo‘ladi. Sunday holat Xitoyning Xuanxe daryosida am berishi kuzatilgan.
Yirtqichlik va parazitizm. “yirtqich- o‟lja” va “parazit-xo‟jayin‖ tipidagi o‘zaro aloqa qo‘shni trofik darajalar populyatsiyalari munosabatlarida ustunlik qiladi. O‘ljani sonini va talofat darajasini biotsenozda yirtqichlar belgilaydi. Agar o‘ljani himoyasi zaif bo‘lib, yirtqichlar ko‘p bo‘lsa, ular populyatsiyalar miqdori keskin kamayib ketadi. O‘lja sonining kamayishi tufayli ko‘p holatlarda yirtqich boshqa ozuqa turiga o‘tmasa, uning o‘zini populyatsiya miqdori ham kamayib keta boshlaydi. Natijada iste‘mol qilinadigan organizimlar populyatsiyalari tiklana boshlaydi va yirtqichlar uchun ham yashash sharoiti yaxshilanadi va ko‘p bo‘ladi. Yirtqich-o‘lja munosabati tebranishi shu yo‘l bilan biotsenozlarda yirtqich va o‘lja zichligi o‘rtasida muvozanat saqlanadi. Yirtqichlar asosan ikki tipga ajratiladi. Birinchisi - asosan kasal, nimjon, katta yoshdagi individlar, boshpanasiz qolgan individlar yoki lichinkalarni iste‘mol qiladi. Bunday ovqatlanish o‘lja populyatsiyasi o‘sishini tushurmaydi. Ikkinchisi - faol darajadagi o‘lja hisobiga bo‘ladigan oziqlanish ancha sezilarli darajada ta‘sir qiladi.
Biotsinozlarda yirtqichlar qanday rol oynasa parazitlar ham xuddi shunday o‘rin tutadi. Ba‘zan ular ham o‘zlari zararlaydigan populyatsiyalar miqdorini ma‘lum vaqtda sezilarli darajada kamaytirib yuboradi va shu bilan birga o‘zlari populyatsiyalari miqdoriga ham putur yetadi. Agar parazitlar miqdori biotsenozlarda ko‘p bo‘lmasa, ularni zararlashi ham chegaralangan bo‘ladi va populyatsiyalar zichligini turg‘un saqlanishini ta‘minlaydi. Bunday munosabatlar tipi uzoq vaqtdan buyon shakillanib kelgan biosenozlarda mavjud bo‘ladi. Biotsenozlarni keskin o‘zgarishi yoki Suvbiontlarni iqlimlashtirish sharoitlarida ayniqsa evolyutsiya jarayonida bir-biriga moslashmagan populyatsiyalarni bir joyga tushib qolishi parazit-xo‘jayin munosabatlarini o‘ta keskinlashishga olib keladi. Masalan, Volga daryosidan Orol dengiziga sevryuga balig‘ini iqlimlashtirilishi, olib o‘tilishi bilan Nitzschia sturionis trematodasi ham qo‘shilib keladi va o‘tgan asrning 30 - yillarida mahalliy qimmatbaho Orol shipi balig‘ining yoppasiga nobud bo‘lishiga sabab bo‘ladi.

Yüklə 154,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə