Tabiiy fanlar fakulteti



Yüklə 456,93 Kb.
səhifə40/59
tarix24.12.2023
ölçüsü456,93 Kb.
#160436
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   59
A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika-fayllar.org

Tip. Xordalilar – Chordata

Kenja tip. Umurtqalilar – Verrtebrata yoki

Bosh ckeletlilar – Kraniata

Bo`lim. Lag` lilar- Gnathostomata

Kattta sinf. To`rt oyo`qlilar - Tetrapoda

Sinf. Sudralib yuruvchilar-Reptilia

Turkum. Tangachalilar – Squamata

Kenja turkum. Kaltakesaklar – Sauria ( Lacertilia)

Vakil. Ildsam kaltakesak – Lacerta agilis L

Savollar va topshiriqlar:
  1. Ildsam kaltakesak sistematik obzori qanday holatda?


  2. Ildsam kaltakesak nima sababdan jag``lilar bo`limiga kiritiladi?


3. Ildsam kaltakesak tashqi tuzilishi qanday tuzilgan?


  1. Ildsam kaltakesak ovqat hazm qilish sistemasi qanday tuzilgan?


  2. Ildsam kaltakesak qanday oziqlanadi?


  3. Ildsam kaltakesak qon aylanish va nafas olish sistemasini tushintirib bering.


7. Ildsam kaltakesak jinsiy sistemasi qanday tuzilgan va u qanday ko`payadi?


8-Mashg`ulot: Qushlarning tashqi va ichki tuzilishini hamda pat va par qoplamini o`rganish

Mashg`ulotning maqsadi:
Ko`k kaptar misolida suyakli baliqlar sinfi vakillarining harakterli belgilari bilan tanishish. Tikanli akulaning tashqi va ichki tuzilishini o`rganish.

Kerakli jihozlar:
Ko`k kaptar, vannacha, pincet, skalpel, qaychi, doka ro`molcha, peroproval yoki oddiy to`g`itlag`ich ignalar, lupa (4x6), paxta, turli qushlarning tashqi va ichki tuzilishi tushipilgan jadvallar, plakatlar.


Darsning borishi:
1. O`tiladigan mashg`ulot yuzasidan savol javoblar o`tkazish.
2. Laboratoriya mashg`ulotini bajarish.
3. Ishchi albomdagi topshiriqlarni bajarish.
4. Mashg`ulotni adabiyotlar, tarqatma matеriallar, ko`rgazmali qurollar, ho`l va quruq prеapartlar yordamida mustahkamlash.
5. Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar bеrish.

Mashg`ulotning bajarish:
Qushni yorish:
Dars boshlanichidan 20 mino`t oldin qush xllorofirm yoki efir hidlatib o`ldiriladi. Buning uchun tanlangan qushni idishga solib, xloroform bilan xo`llangan paxtani shu idish ichiga tashlanadi. Idish og`zi havo kirmaydigan qilib berkitiladi va shu holatda qush qoldiriladi. Qush qattiq uyquga ketgach, uni yorish va tuzilishini organishdan oldin xloroform hidini yo`qotish uchun qushni bir necha daqiqa ochiq havoda qoldirish lozim. Harkozning iloji bolmaganida ularning yuragiga nina tiqib ham o`ldirish mumkin. Buning uchun qush ko`kragini qoplagan patlarini yon tomoniga yotqizib, yurakka shpritsning yog`on ninasi tiqiladi. Bu usul bilan o`ldirilgan qushni yorganda qon kam ketadi va preparat ifloslanmaydi. O`ldirilgan qushni yorishdan oldin bo`yin, ko`krak va qornidagi patlari yulib tashlanishi lozim.
1. Kaptar chalqanchasiga yotqizilib , avval ko`kragidan va bo`ynidan terini shilib, kokrak muskullarini oching. Buning uchun terini pinset bilan ushlab, yuqoriga ko`taring va qaychi bilan uni bo`yiga kesib chiqing. (Kesikning oldingi uchi tumshuq asosigacha keyingi ychi kloaka teshigigacha bo`lsin).
2. Terini yon tomonlaridagi muskullaridan ajrating. Ajratilgan teri parchalarini yon tomoniga ag`darib qo`ying. Natijada ko`krak tojining ikki yonidagi katta muskul ko`rinadi. Bu muskul qanotni pastga tushirish uchun hizmat qiladi.
3. Ko`krak tojodan 1 sm joy qoldirib, ko`krak muskulining o`rtasidan taxminan 1,5 cm chuqurlikda scalpel bilan uzunasiga kesing. Kesishni ko`krak muskuli tagidagi yaltiroq qatlam ko`ringo`nga qadar davom ettiring, natijada kichik kurak yoki o`mrov muskulini ko`rasiz.Bu muskul uchish paytidfa qanitni yuqoriga ko`tarish uchun hizmat qiladi. Uchish vaqtida qanotni pastga tushirishga nisbatan yuqoriga ko`tarish uchun kamroq kuch sarf bo`ladi shu sasbabli bu muskul kichik bo`ladi. Ko`krak muskuli kaptarda qush umumiy og`irligining 1\5 qismini tashkil qiladi.
4. Qaychi bilan ko`krak qafasining o`ng va chap yonidagi qovirg`alarnni hamda ko`krak kamarining suyaklarini kesib, ko`krak qafasini ajratib oling. Odatda bu ishlarni bajarishda o`mrov osti arteriyasi va boshqa qon tomirlari kesilganligi uchun ulardan oqqan qon preperatni ifloslaydi. Shuning uchun quyilgan qonni yuvib tashlang.
4. Tana bo`shlig`ini ochish uchun uning devorini o`rtasidan kesib, hosil bo`lgan parchalarni yon tomoniga ag`darib qo`ying. Va bundan keyingi operatsiyada albatta yupqa devorli havo haltachalariga zarar etadi. Shuning uchuhn o`pka haltachalarining o`pkam bilan bog`liqligini ineksiya qilingan preparatlardagina ko`rish mumkin.
5. Qorin devori va ko`krak qafasi olib tashlanganidan so`ng, yupqa devorli yurak xaltasi bilan o`raglan yurak ko`zga tashlanadi. Yurak qorinchasining ikkiga bo`linganligi tashqi tomonidan bilinmaganligi uchunu uch kameralikka o`xshaydi. Yurak bo`lmalari qorinchadan yog` to`qima bilan o`ralgan jo`yak orqali ajralgan. Yurak oldi xaltasi va ba’zi bir tomirlarini qoplagan yog` to`qimalarini pinset bilan ajratib oling hamda yurakning asosiy qon tomirlarini ko`zdan kechiring. Obektni quyidagicha organing:
  1. Ko`k kaptar tashqi tuzilishini ko`zatin va organing


  2. Ko`k kaptar Pat va par qoplamini organing.


  3. Ko`k kaptar muskul sistemasi o`rganing.


  4. Ko`k kaptar nerv sistemasini jadvallardan o`rganing.


  5. Ko`k kaptar ovqat hazm qilish sistemasini xo`l preparatlar va jadvallarda o`rganing.


  6. Ko`k kaptar qon aylanish sistemaasining tuzilishini va ayirish sistemasining tuzilishiini or`ganing.





Yüklə 456,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə