Tabiiy fanlar fakulteti


Fanlar bo’yicha talabalarning bilimi, ko’nikma va malakasiga qo’yiladigan talablar



Yüklə 456,93 Kb.
səhifə43/59
tarix24.12.2023
ölçüsü456,93 Kb.
#160436
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   59
A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika-fayllar.org

Fanlar bo’yicha talabalarning bilimi, ko’nikma va malakasiga qo’yiladigan talablar
«Zoologiya va parazitologiya» o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
– hayvonlarning asosiy sistematik guruhlari (tip, sinf, turkum, oila, tur)larning o’zbekcha va ilmiy (lotincha) nomlarini, asosiy sistematik guruhlar va turlarning tavsifiy belgilarini, hayvonlarning tashqi va ichki to`zilishi, ko’payishi, rivojlanishi, Yer yo`zida tarqalishi konuniyatlarini, hayvonlarning kelib chiqishi va turli sistematik guruhlar o’rtasida filogenetik munosabatlarni, asosiy zoologik terminlarning mazmunini, embrional taraqqiyot bosqichlarini, to’qimalar xillari va to`zilishini bilishi kerak;
– aniqlagich yordamida asosiy taksonomik guruhlar (sinf, turkum, oila, urug’, tur)ni aniqlash, hayvon to’qimalari, ularni klassifikasiya qilish prinsiplari, fanlar bo’yicha ko’p tanlov javobli test topshiriqlarini to`zish va ulardan foydalanish, matematik formula yordamida o’z – o’zini baholash tamoyillari, laboratoriya mashg’ulotlarida ish daftari yuritish ko’nikmasiga ega bo’lishi kerak;
hayvonlar ustida tajriba olib borish, ularni laboratoriya sharoitida saqlash va ko’paytirishni, hayvonlar, ular to’qima va organlaridan vaqtinchalik va doimiy gistologik preparatlar tayyorlashni, noyob va soni kamayib borayotgan turlar va ularni muhofaza qilish tadbirlarini, mikroskop bilan ishlash va doimiy mikropreparatlar tayyorlash malakalariga ega bo’lishi kerak.
Zoologiya va parazitologiyaning boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan o`zviy ketma – ketligi

Zoologiya va parazitologiya asosiy fanlar bo’lib, 1,2,3 – semestrlar davomida o’qitiladi. Dasturni amalga oshirilishi uchun talabalar botanika, sitologiya, biokimyo, odam anatomiyasi va fiziologiyasi, embriologiya, geografiya, ekologiya, evolyusion ta’limot, genetika, fanlaridan o’rta umumiy ta’lim maktablari va lisey, kasb – hunar kollejlari hajmida ma’lumotga ega bo’lishlari lozim.


Fanning ishlab chiharishdagi o’rni

Zoologiya va parazitologiya umumiy o’rta ta’lim va o’rta maxsus ta’lim muassasalarida asosiy fan sifatida o’qitiladi. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida zoologiyaga 68 soat, akademik liseylarda 120 soat ajratilgan. Gistologiya bo’yicha asosiy tuchunchalar odam va uning salomatligi (8 - sinf) va umumiy biologiya fanlarida beriladi. Zoologiya va gistologiyadan olingan bilimlar o’quvchilarda Vatanga va tabiatga nisbatan mehr his – tuyg’ularini singdirishda, ularda kasbiy tuchunchalarini shakllantirishda katta ahamiyatga ega.


Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar

Zoologiya va parazitologiyaga oid tuchunchalarni talabalar o’zlashtirib olishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruzalar matni, tarqatma materiallar, elektron vositalar, rasmli jadvalllardan foydalaniladi. Laboratoriya mashg’ulotlari uchun o’quv – metodik majmua (talaba ish daftari, tarqatma o’quv materiallari, rasmli topshiriqlar, ko’p tanlov javobli topshiriqlar, o’qituvchi ish daftari) ishlab chiqilgan. Talabalar olgan bilim va ko’nikmalar maxsus matematik formula yordamida baholanadi.
O`ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI OLIY VA O`RTA
MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI

A.QODIRIY NOMIDAGI JIZZAX DAVLAT PЕDAGOGIKA INSTITO`TI


«Tasdiqlayman»


A.Qodiriy nomidagi JDPI rеktori muovini________ «____» ____________ 2019y.


ZOOLOGIYA



fanining ishchi dasturi
Bilim sohasi: 100000 – Ta'lim
Ta'lim sohasi: 140000 –O`qituvchilar tayyorlash va pеdagogika ilmi
Ta'lim yo`nalishi: 5110400 – BIOLOGIYaNI O’QITISh
METODIKASI

Yüklə 456,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə