Tabiiy fanlar fakulteti



Yüklə 456 Kb.
səhifə5/6
tarix17.02.2023
ölçüsü456 Kb.
#101003
1   2   3   4   5   6
floristik

Malaziya podoblasti.
  • Bu podoblast Hindixitoy Yarim orolini, Malaya arxipelogini va Okeaniya orollarini (Gavaya va Yangi Zelandiya orollaridan tashqari) o’z ichiga oladi. Podoblastni iqlim sharoiti va o’simliklari uchlamchi davrdan buyon deyarli o’zgarmagan. Issiq va namgarchil iqlim (yog’in 2500-10000 mm) nam tropik florani rivojlanishiga imkon bergan. Maleziya florasi 45000 turga ega. Ular o’rtasida do’kkakdoshlar, sutlamadoshlar, tutdoshlar, palmadoshlar va dipterokarpodoshlar oilalarini vakillari keng tarqalgan (ular baland daraxt, lianalar, epifitlardirlar).
  • Podoblastning eng xarakterli o’simliklari sezalpiniya, altingiya, fikus, sagovnik, qalapirmunchoq daraxti, dorchin daraxti va 300 turdagi palmadan iborat. Ulardan tashqari oxrisgul va paporotniklarni ko’p turlari epifit holda uchraydi. Rafleziya va nepentes kabi hasharotxo’r o’simliklar ham uchraydi.
  • Maleziya podoblasti sholi, banan, shakarqamish, non daraxti, taro, yams, choy o’simligi va turli xil kauchukli va bo’yoqbop o’simliklarni markazi (vatani) hisoblanadi.
    • Yangi Zelandiya podoblasti.
    • Bu podoblast Yangi Zelandiya orolini o’z ichiga oladi. Orolning shimoliy qismi subtropik iqlimga, janubiy qismi esa mo’’tadil iqlimga ega (yillik yog’in 5000 mm).
    • Podoblastning o’simliklari mezozoy erasidan saqlanib qolgan bo’lib, endemik turlarga boydir. Doim yashil subtropik o’rmonlarda turli xil daraxtlar bilan birga paportniklar (siatea va diksoniya), areka palmasi kordilina, podokarpuslar, kauri, libosedrlar, doim yashil buklar, daraxtsimon veronikalar, dremis, fuksiya, filokladuslar, mox (50 xil) va lishayniklar (30 xil) o’sadi. Yangi Zelandiyada, Avstraliyada uchraydigan evkalipt, akasiya, ksantoreya va kazuarina uchraydi. Bu uning florasini Avstraliya florasi bilan bog’langan ekanligini ko’rsatadi.
    • Gavaya podoblasti.
    • Bu podoblastga Gavaya va Sandvich vulkanik orollari kiradi. Bu yerda eng keng tarqalgan o’simliklar metrosideraslar, pandanuslar, akasiyalar, palmalar, daraxtsimon porotniklar, alevrit daraxtlari va boshqalar hisoblanadi. Ularning ko’pchiligi texnik moy olishda ishlatiladigan o’simlikdir. O’simliklarni ko’pchiligi endemikdir. Masalan, Sandvichi orollarida o’sadigan 705 tur o’simlikni 93% endemikdir. Bu yerdagi o’simlik turlarini 76% daraxt va butalardan, 24% o’tloqlardan iborat. Orollarda birorta ham ochiq urug’li o’simliklar uchramaydi.
    1   2   3   4   5   6




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə