Tabiiy fanlarni o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish



Yüklə 20,91 Kb.
səhifə1/2
tarix13.09.2023
ölçüsü20,91 Kb.
#121804
  1   2
tabiatshunoslik 1-maqola


Tabiiy fanlarni o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish
Do`sanova Charos Bozorboy qizi
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Annotatsiya: Ushbu maqolada tabiiy fanlarni o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish haqida materiallar keltirilgan.
Kalit so’zlar: Aqliy hujum, меtod, uslub, tushuncha, estetik, immunitet.
Bugungi kunda dunyo miqyosida tabiatshunoslik fanini multimedia vositalari asosida o‘qitishni takomillashtirish, xalqaro baholash dasturlari darsda o‘quvchilarni tabiiy-ilmiy savodxonligini oshirish sohasida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishga bo‘lgan ehtiyoj yanada kuchaymoqda. BMTning ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha “Ma’rifiy, ma’naviy va madaniy mazmundagi materiallarni olib kirish” to‘g‘risidagi bitimida dunyo miqyosida ta’lim oluvchilarni o‘qitish sifatiga nisbatan keng sharoitlar yaratish, ta’lim jarayoniga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish alohida ahamiyatga ega. Bu borada samaradorlikka erishish hamda multimedia vositalarining rolini va ta’sirini oshirish, mavjud muammolarni konseptual o‘rganish va tahlil qilish mavzuning dolzarbligini belgilaydi
Tabiiy fanlar alohida predmet sifatida o’qitish 1- sinfdan boshlanadi. O’quv materiali - «Tabiat jismlari», «O’simlik va hayvonot olami», «Sog’ligimizni saqlaymiz» va «Ekologiya» mavzulariga birlashtirilgan. Tabiiy fanlar bo’yicha dastur kichik yoshdagi maktab o’quvchilariga faqat jonajon tabiat go’zalligi va boyliklarinigina emas, balki respublikamizning tabiatini o’rganishga ham ham imkon beradi.
Tabiiy fanlarni o’qitishda o’quvchilarning ilmiy-tabiiy dunyoqarashlarini shakllantirish va kengaytirish, mantiqiy fikrlashga o’rgatishda har bir dars mavzuyini bayon qilishga e’tibor beriladi. O’quvchilar topshiriqlarni individual bajarish jarayonida ularning aqliy faoliyati jalb etiladi, o’z bilimi, kuchi va qobiliyatiga bo’lgan ishonch ortadi. Buning natijasida har bir shaxs o’z imkoniyati darajasida rivojlanadi. Shu tarzda tashkil etilgan bilish faoliyatida vaqtdan unumli foydalaniladi. Pirovard natijada ta’lim samaradorligi ortadi. Ta’limning zamonaviy pedagogik texnologiyalaridan foydalanib o’tiladigan darslarda o’quvchilarning bilish faoliyati individual tarzda tashkil etiladi.
«Klaster» metodi. Ushbu metod o’quvchilarga muammolar (mavzular) xususida erkin, ochiq o’ylash va shaxsiy fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. «Klaster» metodi turli xil g’oyalar o’rtasidagi aloqalar to’g’risida fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. Bu metod aniq obyektga yo’naltirilmagan fikrlash shakli hisoblanadi. Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog’liq ravishda amalga oshadi.
«Klaster» metodidan o’quvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh asosida tashkil etiladigan mashg’ulotlar jarayonida foydalanish mumkin. Guruh asosida tashkil etilayotgan mashg’ulotlarda ushbu metod guruh a’zolari tomonidan bildirilayotgan g’oyalarning majmuyi tarzida namoyon bo’ladi. Bu esa guruhning har bir a’zosi tomonidan ilgari surilayotgan g’oyalarni uyg’unlashtirish hamda ular o’rtasidagi aloqalarni topa olish imkoniyatini yaratadi.
«6 x 6» metodi. «6 x 6» metodi yordamida bir vaqtning o’zida 36 nafar o’quvchini muayyan faoliyatga jalb etish orqali ma’lum topshiriq yoki masalani hal etish, shuningdek, guruhlarning har bir a’zosi imkoniyatlarini aniqlash, ularning qarashlarini bilib olish mumkin. Bu metod asosida tashkil etilayotgan darsda har birida 6 nafardan ishtirokchi bo’lgan 6 ta guruh o’qituvchi tomonidan o’rtaga tashlangan muammoni muhokama qiladi.
Belgilangan vaqt nihoyasiga yetgach, o’qituvchi 6 ta guruhni qayta tuzadi. Qaytadan shakllangan guruh¬larning har birida avvalgi 6 ta guruhdan bittadan vakil bo’ladi. Yangi shakllangan guruh a’zolari o’z jamoadoshlariga avvalgi guruhi tomonidan muammo yechimi sif atida taqdim etilgan xulosani bayon etib beradilar va mazkur yechimlarni birgalikda muhokama qiladilar.
«6x6» metodining afzallik jihatlari quyidagilardan iborat:

  • guruhlarning har bir a’zosini f aol bo’lishiga undaydi;

  • ular tomonidan shaxsiy qarashlarning ifoda etilishini ta’minlaydi;

  • guruhning boshqa a’zolarining fikrlarini tinglay olish ko’nikmalarini hosil qiladi;

  • ilgari surilayotgan bir hecha fikrni umumlashtira olish, shuningdek, o’z fikrini himoya qilishga o’rgatadi.

Eng muhimi, har bir o’quvchi qisqa vaqt (15-20 minut) davomida ham munozara qatnashchisi, ham ma’ruzachi sifatida faoliyat ko’rsatadi.
Ushbu metod qo’llanilayotgan mashg’ulotlarda guruhlar tomonidan bir yoki bir necha mavzu (tnuammo) ni muhokama qilish imkoniyati mavjud.
«6 x 6» metodidan ta’lim jarayonida foydalanish o’qituvchidan faollik, pedagogik mahorat, guruhlarni maqsadga muvofiq shakllantira olish layoqatiga ega bo’lishni talab etadi. Guruhlarning to’g’ri shakllantirilmasligi topshiriq yoki vazifalarning to’g’ri hal etilmasligiga sabab bo’lishi mumkin.
Ushbu metod yordamida mashg’ulotlar quyidagi tartibda tashkil etiladi:

  1. O’qituvchi mashg’ulot boshlanishidan oldin 6 ta stol atrofiga 6 tadan stul qo’yib chiqadi.

  2. 6 ta varaqqa turli xil 6 ta topshiriq yozib chiqiladi. Varaqlarga I dan VI gacha rim raqami yozib qo’yiladi. Bu varaqlar 6 ta stolning har biriga qo’yib chiqiladi.

  3. O’quvchilar o’qituvchi tomonidan 6 ta guruhga bo’linadilar. O’quvchilarni guruhlarga bo’lishda o’qituvchi quyidagicha yo’l tutadi. Har bir o’quvchiga 1 dan 36 gacha raqamlangan varaqchalardan birini olish taklif etiladi. Bu varaqlarda rim raqami bilan stol raqami ko’rsatilgan bo’ladi. Har bir o’quvchi o’zi tanlagan varaqchadagi rim raqami bilan ko’rsatilgan stol atrofiga qo’yilgan stuldan joy egallaydi.

  4. O’quvchilar joylashib olganlaridan so’ng o’qituvchi stol ustiga qo’yilgan topshiriqlarni bajarish uchun ma’lum vaqtni (5-10 minut) belgilaydi, munozara jarayoni boshlanganini e’lon qiladi.

  5. O’qituvchi guruhlarning faoliyatini kuzatib boradi, kerakli o’rinlarda guruh a’zolariga maslahatlar beradi, yo’1-yo’riqlar ko’rsatadi. Belgilangan vaqt tugagach, guruhlardan munozaralarni yakunlashlarini so’raydi.

  6. Munozara uchun belgilangan vaqt nihoyasiga yetgach, o’qituvchi guruhlarni qaytadan shakllantiradi. Yangidan shakllangan har bir guruhda avvalgi 6 ta guruhning har biridan bir nafar vakil bo’lishiga alohida e’tibor qaratiladi. O’quvchilar o’z o’rinlarini almashtirib olganlaridan so’ng belgilangan vaqt (5-10 minut) ichida guruh a’zolari avvalgi guruhlariga topshirilgan vazifa va uning yechimi xususida guruhdoshlariga so’zlab beradilar. Shu tartibda qabul qilingan xulosalarni muhokama qiladilar va yakuniy xulosaga keladilar. «6x6» metodini ayrim boblar yoki o’quv yili choragi bo’yicha o’tilgan mavzularni takrorlash va mustahkamlash maqsadida o’tkazish maqsadga muvofiq bo’ladi.

«Aqliy hujum» metodi muayyan mavzu yuzasidan berilgan muammolarni hal etishda keng qo’llaniladigan metod hisoblanadi. Bu metod o’quvchilarni muammo xususida keng va har tomonlama fikr yuritish, shuningdek, o’z tasavvurlari va g’oyalaridan ijobiy foydalanish borasida ma’lum ko’nikma hamda malakalarni hosil qilishga rag’batlantiradi. Ushbu metod yordamida tashkil etilgan dars jarayonida ixtiyoriy muammolar yuzasidan bir necha original yechimlarni topish imkoniyati tug’iladi. Mazkur metodni qo’llashdan ko’zlangan asosiy maqsad o’quvchilarni muammo xususida keng va chuqur fikr yuritishga rag’batlantirishdan iborat.

Yüklə 20,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə