Tadbirkorlik mohiyati va uni rivojlanishi uchun yaratilgan shart sharoitlar bajardi : erkinova madina


Bozor iqtisodiyoti infrastrukturasining (turli innovatsion markazlar, banklar, birjalar, sug’urta kompaniyalari, reklama agentliklari va x.k) tezkorlik bilan taraqqiy topishi



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə4/6
tarix28.11.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#136465
1   2   3   4   5   6

9.Bozor iqtisodiyoti infrastrukturasining (turli innovatsion markazlar, banklar, birjalar, sug’urta kompaniyalari, reklama agentliklari va x.k) tezkorlik bilan taraqqiy topishi.

Kichik biznesda quyidagi tadbirkorlik shakllari mavjud:

- faoliyat yo’nalishi bo’yicha: ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy va innovatsion tadbirkorlik faoliyati;

- tadbirkorlikning qanday vazifani bajarishga yo’naltirilganiga qarab: ishlab chiqarishni boshqarish moliyalashtirish vositachilik va maslahatchilikka qaratilgan tadbirkorlik;

- faoliyat turlarining soni bo’yicha: bitta sohadagi va ko’p tarmoqli tadbirkorlik;

- faoliyat murakkabligi bo’yicha: maxsus bilim talab qilmaydigan, yuqori texnologiyaga va nodir bilimga asoslangan tadbirkorlik;

- faoliyatning tarmoq yo’nalishlari bo’yicha: sanoat, agrosanoat, qishloq xo’jaligi, kurilish va boshqa xalq xo’jaligi tarmoqlaridagi tadbirkorlik.

Kichik biznesda tadbirkorlikni tashkil qilishning eng oddiy shakli bu yakka xususiy tadbirkorlikdir.

Xususiy tadbirkorlik – xo’jalik yuritishning shunday tashkiliy-xuquqiy shakli-ki, unda mulk egasi bitta shaxs yoki oila bo’ladi va faoliyatdan kelgan daromadni ( turli to’lov va soliqlar to’langanidan keyin) hammasiga egalik qiladi, qolaversa biznesdagi xavf-xatar va tavakkalchilik uchun yakka o’zi javob beradi.

O’rtoqlik shirkatchilik - bu ikki yoki undan ortiq shaxsning mulkini umumiy manfaatni ko’zlovchi maqsadlardagi tadbirkorlik harakatini uyushtirish birlashuvidir. U shartnoma asosida tashkil qilinadi , uning qatnashchilari avvalo o’zining va boshqa a`zolarining manfaatini ko’zlab xarakat qiladilar.

O’rtoqlikning asosan uchta turi mavjud: chala (oddiy), to’la va kommandit shirkatchiligi.

CHala (oddiy) shirkatchilik - bu ikki va undan ortiq shaxslarning shartnomaviy birlashishi bo’lib, unda mulk va tadbirkorlik harakatlari umumiy shirkatchilik manfaatiga erishish maqsadida birlashadi.Ushbu birlashish shaklida tashkilot umuman bo’lmaydi, chunki shirkatchilik sheriklari har biri alohida xarakat qiladi.


Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə