Tadbirkorlik va boshqaruv



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/18
tarix10.07.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#119474
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
qondiruvchi 
va 
hasham 
predmetlari
ga 
bo'lish 
mumkin. 
Ba'zan 
ayrim 
iste'molchilar uchun birlamchi sanalgan buyumlar ikkinchi bir iste'molchilar uchun 
hasham va dabdaba buyumi bo' lishi ham mumkin.
 
Xuddi insonlarniki singari firmalar va davlat tashkilotlarining ham ehtiyojlari 
mavjud. Masalan, firmalar faoliyat ko'rsatishi uchun binolar, inshootlar, mashina va 
uskunalar, xomashyo hamda ishchi kuchiga ehtiyoj sezadi. Davlat esa mamlakat 


fuqarolarining jamoaviy manfaatlarini ifodalab kasalxonalar, maktablar, teatrlar
yo'llar, harbiy qurol-aslahalar va boshqa ijtimoiy ne'matlarga ehtiyoj sezadi. 
Ayrim ehtiyojlar - masalan, oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy insonlarning 
biologik ehtiyojlari tufayli, ayrimlari ularning mentaliteti, ya'ni yashash manzili, 
turmush tarzi, madaniyati, ijtimoiy statusi, urf-odatlari va qadriyatlari ta'sirida, 
ayrimlari esa texnik taraqqiyot va global rivojlanish ta'sirida vujudga keladi. 
Biz moddiy ehtiyojlarimizni qondirish va farovon hayot kechirishimiz uchun 
oziq-ovqatlarga, kiyim-kechaklarga, turli xil tovarlar va xizmatlarga ehtiyoj 
sezamiz. Iqtisodiy ehtiyojlarni qondirish vositalari
iqtisodiy ne'matlar 
deb ataladi. 
Ayrim ne'matlarni tabiat insoniyatga iste'molga tayyor holatda in'om etgan bo' lsa 
(masalan, suv, yovvoyi mevalar va hayvonlar), ayrimlarini ishlab chiqarish zarur bo' 
ladi. Ba'zan bir xil ehtiyojni turli xil ne'matlar orqali qondirish mumkin. Masalan, 
go'sht mahsulotiga bo'lgan ehtiyojimizni mol go'shti, qo'y go'shti yoki parranda 
go'shti orqali qondirish mumkin. Bir xil ehtiyojni qondiruvchi turli 
ne'matlar 
o'rinbosar ne'matlar 
deb ataladi. 
Ba'zan iqtisodiy ehtiyojlarni birgalikda qondiradigan ne'matlar guruhi ham 
mavjud bo'ladi. Masalan, avtomobilga bo'lgan ehtiyoj o'z navbatida benzin va 
garajlarga ehtiyojni yuzaga keltiradi. Ularni 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə