Tadbirkorlik va boshqaruv


-chizma. Iqtisodiy resurslar va ehtiyojlarning qondirilishi o’rtasidagi bog’liqlik



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/18
tarix10.07.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#119474
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
2-chizma. Iqtisodiy resurslar va ehtiyojlarning qondirilishi o’rtasidagi bog’liqlik.
Cheklangan 
iqtisodiy 
resurslardan 
foydalanib, 
ishlab 
chiqarish 
imkoniyatlarini va binobarin ehtiyojlarni qondirish darajasini oshirish zarurligi 
iqtisodiyot oldiga quyidagi muammolarni qo’yadi: 
- Ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishning maqbul variantlarini tanlab olish va 
resurslarni ishlab chiqarishga jalb qilish. 
- Mavjud resurslarning har bir birligidan tejab-tergash, samarali foydalanish. 
- Fan-texnika yutuqlarini va yangi texnologiyalarni joriy qilib, yangi energiya
material, xom ashyo turlari, ularning manbalarini topib, foydalanishga jalb qilish, 
resurslar unumdorligini oshirishga erishish. 
Demak resurslar tejalgandagina insonlarning haqiqiy ehtiyojlarini qondirish 
mumkin bo’ladi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida jamiyat a’zolarining daromadlarini ularning 
tadbirkorlik faoliyatlariga qarab turli darajada shakllanishiga olib keladi. 
Davlat bunday holda aholini kuchli ijtimoiy ximoyalash siyosatini olib boradi. 
Milliy daromadni qayta taqsimlash natijasida tafovutlar qisqaradi. Lekin, asosan 
insonlarning o’z ehtiyojlarini qondirishida ularning mehnatsevarligi, shijoatkorligi, 
mehnatga bo’lgan munosabati muhim rol o’ynaydi. Ishyoqmas, dangasa, landovur 


odamlarning ehtiyoji davlatning ijtimoiy siyosati samarali, iqtisodning rivojlanishi 
darajasi yuqori bo’lganda ham qondirilmaydi. 
Demak, insonlarning o’z ehtiyojlarini qondirish darajasi dastavval o’ziga 
bog’liq. Ehtiyojlar cheksiz bo’ladi. Insonlarning yaxshi yashashi bilan bog’liq 
bo’lgan orzu-xavaslari doimiy ravishda o’sib boradi. Bu esa ehtiyojlarni yuksalish 
qonunida o’z ifodasini topdi. Ishlab chiqarishning o’sishi, aholi daromadlarini, 
korxona foydasini o’sib borishini ifodalaydi. Oqibatda bu iqtisodiy rivojlanish 
insonlarning ehtiyojlarini o’sib borishini ta’minlaydi. Ehtiyojlarni o’sib borishi 
aholining iqtisodiy va ijtimoiy turmush sharoitlari bilan ifodalanadi. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə