Tadbirkorlik


 3. TADBIRKORLIK VA TAVAKKALCHILIK



Yüklə 9,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/236
tarix23.05.2023
ölçüsü9,01 Mb.
#112330
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   236
Tadbirkorlik asoslari. Hamroyev H

2. 3. TADBIRKORLIK VA TAVAKKALCHILIK
Tadbirkorlikning muhim xususiyatlari va belgilaridan biri tavakkal- 
chilikdir. Chunki tadbirkorlik tavakkalsiz bo'lmaydi. Demak, tadbir­
korlik bilan shug'ullanmoqchi bo‘lgan odam nafaqat tavakkal qilishdan 
qo‘rqmaydigan, balki unga doimo tayyor bo'lishi kerak.
Tavakkal qilish - bu biror ishning natijasi aniq bo'lm agan vazi- 
yatda, ehtimol, taxmin qilib uni amalga oshirishdir. Tadbirkorlikda 
tavakkalchilik faoliyatga safarbar qilingan resurslar va m oijallangan 
daromadni to‘liq yoki qisman yo‘qotish xavfidir. X avf - bu ko'ngilsiz 
hodisa yoki falokatning yuz berish ehtimolidir. Tavakkal darajasi 
ehtimol qilinayotgan xavf darajasiga bog' 1 iq. Tavakkal qilish - bu 
m o‘ljallangan maqsadga erishish, undan chetlanish va omadsizlik eh- 
timolini miqdoriy va sifatiy baholash y o‘li bilan tanlash zarur b o ig an
vaziyatdagi noaniqlikni bartaraf etishga qaratilgan faoliyatdir. Demak, 
tavakkalchilik uch elementni o ‘z ichiga oladi:
1) istalgan natija (omad)ga erishish ehtimoli;
2) ko‘ngilsiz natijaning (omadsizlikning) ro‘y berish ehtimoli;
3) tanlangan (mo‘ljallangan) maqsaddan chetlanish ehtiomli.
Tavakkal quyidagi bir qator xislatlarga ega:
- qarama-qarshilik;
- muqobillik;
- noaniqlik;
- aniq tarixiylik - aniq bir davrga muvofiqlik;
- obyektivlik - haqiqiy mavjud voqea va jarayonlami aks ettirish;
- subyektivlik - tavakkalning bir miqdorini har kim har xil qabul 
qiladi va shunga muvofiq muqobilini tanlaydi hamda uning ehtimol 
qilinadigan oqibatini aniqlaydi.
Shuni ta’kidlash lozimki, tavakkal uni aniqlash yoki aniqlamaslik, 
hisobga olish yoki olmaslikdan qat’i nazar, mavjud bo‘ladi. Tavakkal 
darajasi haqiqiy mavjud noaniqlikning miqdoriy-sifatiy ifodasi shakli 
hisoblanadi. Shuning uchun tavakkal noaniqlik bilan bevosita bog4 liqdir.
26


Noaniqlik va tavakkalning vujudga kelishiga olib keladigan asosiy 
sabablar quyidagilar:
- voqealarning ko‘p variantlik, qarama-qarshilik, ehtimollik tusiga 
ega b o iish i hamda stixiyalik va tasodifiylikning mavjudligi;
- obyektlar va voqealar to‘g ‘risida axborotning yetishmasligi;
- ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning ehtimollik tusiga ega boiishi.
Tavakkal darajasini aniqlashning bir necha usullari mavjud. Ularning
ayrimlari quyida keltiriladi.
1. Analitik usul b o iib , uning keng qoilaniladigan variantlari- 
dan biri tavakkal funksiyasini tuzish va hisoblash usulidir (tavakkali 
past maqbul qaror tanlashda qoilaniladi). Mazkur funksiya quyidagi 
ko‘rinishga ega:
T=AP+(A+B) P2.
Bu yerda: T - tavakkal; A va 
В 
- tanlanadigan qarorlardan 
ko‘riladigan zararlar; P, va P, - mazkur qarorlarni qabul qilishdagi 
xatolar ehtimoli.
2. Iqtisodiy tavakkal (yangilik samaradorligi) ni baholash usuli 
(amerikalik iqtisodchilar tomonidan taklif etilgan). U quyidagi tengla- 
ma yordamida baholanadi:

Yüklə 9,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə