Tadbirkorlik



Yüklə 9,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/236
tarix23.05.2023
ölçüsü9,01 Mb.
#112330
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   236
Tadbirkorlik asoslari. Hamroyev H

2. 2- chizma.
Tadbirkorlikning asosiy tamoyillari
M aium ki, tadbirkorlik faoliyati uchun sarm oya-ish binolari, asbob- 
uskunalar, xomashyo va turli materiallar, mablag1 hamda boshqa mod­
diy va nomoddiy resurslar zarur. Tadbirkorlik faoliyatida ishlatiladigan 
bu sarmoya tadbirkor mulki hisoblanadi. Tadbirkor ana shu mulkdan 
foydalanishda erkindir, ya’ni undan o‘zi m a’qul ko‘rgan maqsadlarda 
foydalanishi mumkin. 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va te­
gishli qonunlarida fuqarolarning shaxsiy va xususiy mulki daxlsizligi 
va undan foydalanish erkinligi belgilab qo‘yilgan. Bundan tashqari
tadbirkorlik sohasi, turi, yo‘nalishi, shakli, joyi, hamkorlari va boshqa 
jabhalarini tanlashda tadbirkor erkin b o iib , uning bunday erkinligi ham 
qonunlar yordamida kafolatlangan.
Tadbirkor o‘z faoliyatini tashkil etish, yuritish va uning natijasida 
oladigan daromad (foyda)ni ishlatishda t o ia mustaqil hisoblanadi. 
Olgan foydasini o ‘zi xohlaganday mustaqil tasarruf etishi mumkin. 
Tadbirkorlik faoliyatida davlat va hokimiyat organlari, ularning man- 
sabdor shaxslarining aral ishuvi taqiqlangan. Tadbirkorlaming musta­
qilligi ham tegishli qonun hujjatlarida kafolatlangan.
Tadbirkorlik faoliyati turli mulk shakllariga asoslangan bo iish i 
mumkin: xususiy mulk, ommaviy mulk, aralash mulk. Mulkning bar­
cha shakllarini teng huquqli ekanligi qonunlarda belgilab qo‘yilgan.
23


Demak, qanday mulk shakliga asoslanganidan qat’i nazar, hamma tad­
birkorlik subyektlari barcha sohada teng huquqli hisoblanadilar.
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish, tadbirkorlik sohasida 
ishchi-xodimlar yollash va ishga yollanish ixtiyoriydir. Tadbirkor 
xohlagan kishini ishga yollashi mumkin, ishga yollanadigan kishi ham 
o‘z ixtiyori bilan ish joyini tanlaydi va ishga kiradi. Lekin ishga yol­
lash va ishga yollanish bo‘yicha mehnat munosabatlari 0 ‘zbekiston 
Respublikasining Mehnat kodeksi, Fuqarolik kodeksi va boshqa qonun 
hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Tadbirkorlik faoliyati noaniqlik, tavakkalchilik bilan bog‘liq. 
Bunday holat esa tadbirkorga o‘z faoliyati davomida moddiy javob- 
garlikni o‘z zimmasiga olishni taqozo etadi. Tadbirkorlik faoliyatidan 
zarar ko‘rgan taqdirda butun zarami tadbirkorning o‘zi qoplaydi va 
zarami qoplashda unga na davlat, na boshqa tashkilot yordam beradi. 
Shuning uchun tadbirkorlik bilan shug‘ullanishda ko‘r-ko‘rona tavak­
kal qilib emas, balki puxta ishlab chiqilgan rejaga asosan ish yuritish 
kerak bo‘ladi.
M a’lumki, tadbirkorlik jamiyatda amal qiladigan qonunlar doira­
sida amalga oshiriladigan faoliyatdir. Tadbirkorlik faoliyati amaldagi 
umumiy va maxsus m e’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solib turi- 
ladi. Har bir tadbirkor o ‘z faoliyati sohasiga tegishli m e’yoriy-huquqiy 
hujjatlar, ulaming talablari va ular yaratadigan imkoniyatlarni yaxshi 
bilishi lozim. Shundagina u o ‘zining qonuniy huquqlarini bilib oladi, 
huquqlari va manfaatlarini himoya qila oladi, o ‘z majburiyatlarini 
maqbul darajada bajaradi va turli qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ymaydi.
Shuni ham aytib o‘tish kerakki, ayrim tadbirkorlar yuqorida ko‘rib 
chiqilgan umumiy tamoyillarga qo‘shimcha ravishda o ‘zlari uchun 
muhim hisoblangan alohida tamoyillar shakllantirib, ularga ham rioya 
etib keladilar. Masalan, amerikalik supermarketlar qiroli Sem Uolton 
o‘zining quyidagi tamoyillariga amal qilgan:
1) barqaror daromad yuqori daromaddan yaxshiroq;
2) firmani kengaytirish uni boshqa firmalar bilan qo‘shishdan yax­
shiroq;
3) axborot bebahodir;
4) hamma narsada yoppasiga tejamkorlik;
5) ishlab chiqarish korxona ostonasida emas, balki savdo peshtax- 
tasida tugaydi.
24


Bundan tashqari, rivojlangan mamlakatlar tajribasi asosida tad­
birkorlar uchun bir qator ko‘rsatmalar, maslahatlar ishlab chiqilgan. 
Quyida ulardan ayrimlari keltiriladi.
1. 
Tijoratli g ‘oyani topish.
Tadbirkorning bozorga taklif etishi mum­
kin b o ig a n tovar, xizmatni aniq tasavvur qilishi dir. Oldin tovarni ishlab 
chiqarib, so‘ng uni sotishni o ‘ylash katta xatodir. Oldin ishlab chiqa- 
rilishi mumkin b o ig an tovarlardan qaysilarini sota olish mumkinligini 
aniqlash, undan so‘ng ularni ishlab chiqarishga kirishish lozim. Doimo 
yangilik izlash kerak.
2. 
Raqobatdan qo ‘rqmaslik.
Bu tovardan bozorga bor deb xavotir- 
lanmaslik kerak. Raqiblarga qarshi uchta kuchli vosita (qurol) bor: si- 
fat, narx, reklama. Ulardan ustalik bilan foydalanish raqobatbardosh- 
likni ta’minlaydi.
3. 
Sifat
- bu faqatgina yaxshi tovar emas, balki iste’mol xossalar 
majmuyidir. Xaridomi oddiy tovar emas, balki shu tovar yordamida o'z 
muammosini hal qilish qiziqtiradi. Uni tovardan ko‘radigan naf qiziqti- 
radi va ana shu naf uchun pul toiaydi.
4. 
Biznes reja tuzish.
Ishlab chiqarilishi m oijallangan mahsu­
lot, uning xomashyo, materiallar va moliyaviy ta’minoti, tannarxi, 
iste’molchilari va reklamasi, ishlab chiqaruvchi xodimlar, ishlab chiqa­
rishni kengaytirish va boshqarish masalalari aniq rejalashtirilishi kerak.
5. 
Narxni pasaytirishdan q o ‘rqmay, uni ко ‘tarishdan qo'rqish.
Mahsulotni oz miqdorda qimmatroq sotishdan, ko‘p miqdorda xaridor- 
ga m a’qul narxda sotish ko‘proq foyda keltiradi.
6. 
Mahsulotni reklama qilish.
Xaridomi mahsulot bilan tanishtiradi- 
gan asosiy vosita reklama hisoblanadi. Reklama vositalaridan unumli 
foydalanish, mahsulot to‘g‘risidagi m aium otlarni qisqa va aniq ifoda- 
lash hamda xaridorlarga yetkazishni bilish zarur.
7. 
Kredit olish mumkin bo'lsa, uni olishdan q o ‘rqmaslik.
Ishlar 
to ‘g ‘ri y o ig a qo‘yilsa, kreditning qaytarilishi aniq.
8. 
Odamlarga xayrixohlik.
Tadbirkor ham hamma kabi odam. Unga 
eng m a’qul odam qanday b o isa , u ham shunday b o iish g a harakat qili­
shi kerak. Odamlardan birdaniga ko‘p narsani talab qilmaslik kerak.
9. 
Hamma tuxumlarni bir savatda saqlamaslik.
Biznes tilida bu -
faqat birgina ish bilan shug‘ullanib qolmay, asta-sekinlik bilan boshqa 
ishlarni ham o ‘zlashtirib borish, biri omadsizlikka uchrasa, boshqalari 
omadli bo iish i mumkin degan gap.
25


10. 
Asosiy kapital tadbirkorning о ‘zi hisoblanadi.
Bu kapitalni sut- 
kada 24 soat sam arali ishlashiga erishish lozim. Ichm aslik va chek- 
m aslik kerak, chunki bu odamni holdan toydiradi.

Yüklə 9,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə