Tadbirkorlik


 2. TADBIRKORLIK ASOSLARI FANI



Yüklə 9,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/236
tarix23.05.2023
ölçüsü9,01 Mb.
#112330
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   236
Tadbirkorlik asoslari. Hamroyev H

1. 2. TADBIRKORLIK ASOSLARI FANI
PREDMETI VA VAZIFALARI
0 ‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng tadbirkorlik rasman 
tan olindi va uning rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi. 
Buning natijasida tadbikorlik faoliyati ham, uni ilmiy-tadqiqot qilish 
ham, o ‘qitish ham jiddiy jonlanib ketdi. Bunday o‘zgarishlar tadbirkor­
likni keng miqyosda ilmiy-amaliy o ‘zlashtirish, o ‘qitish, targ ib o t qi­
lish zaruriyatini tug‘dirdi. Natijada respublikadagi ko‘pgina oliy o ‘quv 
yurtlari va kollejlarida tadbirkorlik asoslarini o‘qitish y o ig a qo‘yildi.
9


Tadbirkorlik asoslari fanining predmeti tadbirkorlik faoliyatini tash- 
kii etish, amalga oshirish, rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jarayon­
lari, ularning ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy, moddiy, moliyaviy
marketing, boshqarish va boshqa asoslari hisoblanadi. 0 ‘zbekiston bo­
zor iqtisodiyotiga o‘tish davri da bo‘lib, jamiyatda bozor munosabatlari, 
tuzilmalari, infratuzilmasi shakllanib kelayotgan, ijtimoiy-iqtisodiy 
tizim bozor iqtisodiyoti qonunlari, tamoyillari, talablariga moslashtirib 
qayta qurilayotgan bir paytda tadbirkorlik sohasi shakllanib, rivojlanib 
kelmoqda. Bunday sharoitda tadbirkorlik sohasida zaruriy obyektiv qo­
nunlar, qonuniyatlar, tamoyillar bilan bir qatorda nozamriy, tasodifiy, 
o‘tkinchi hodisalar, holatlar ham, yechimini kutayotgan muammolar 
ham ko‘proq bo‘lishi tabiiy. Mazkur muammolarni tezroq yechish va 
tadbirkorlikni yuqori rivojlangan madaniy darajaga ko‘tarish uchun 
tadbirkorlarga ham, sohani tartibga solish va qo‘llab-quvvatlashga 
m as’ul bo‘lgan xodimlarga ham bilim va tajriba yetishmasligi ayon 
bo‘lib qoldi. Shuning uchun 0 ‘zbekistonda tadbirkorlik sohasini har 
tomonlama, chuqur tadqiq qilish, bu sohadagi ilmiy-tadqiqot natijalari 
va ilg'or tajribani amaliyotga tadbiq etish, talabalar, o‘quvchilar, aholi 
keng qatlamlariga tadbirkorlik to‘g ‘risida bilim berish dolzarb masala 
bo‘lib yuzaga chiqdi. Bu masalani hal qilishda tadbirkorlik asoslari fani 
muhim rol o‘ynaydi.
Tadbirkorlik asoslari fanining ilmiy yo‘nalish sifatidagi asosiy vazi­
falari quyidagilardan iborat:
1) tadbirkorlik hodisasining hali uncha o‘rganilmagan qirralari, jab- 
halariga chuqurroq singib, yangi nazariy gipotezalar shakllantirish va 
ularni isbotlash;
2) bu sohadagi nazariy va amaliy jihatdan dolzarb muammolarni 
aniqlash, ishlab chiqish va ularning yechimlarini tavsiya etish;
3) uning fundamental asoslariga ham murojaat etib, ularni takomil­
lashtirish va mustahkamlash;
4) tadbirkorlik asoslari bo‘yicha shakllangan bilimlar tizimini boyi- 
tish va rivojlantirish;
5) tadbirkorlik asoslarini tadqiq qilish uslubiyotini takomillashtirish.
Tadbirkorlik asoslari fanining o‘quv fani sifatidagi asosiy vazifalari
quyidagilar hisoblanadi:
1) 
talabalarga tadbirkorlik faoliyati va tushunchasining shakllanishi, 
evolutsiyasi, mohiyati va mazmunini, tadbirkorlikni tashkil etish, amal-
10


ga oshirish, rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashning ijtimoiy, iqtsiodiy, 
huquqiy, tashkiliy, moddiy, moliyaviy, marketing, boshqarish va boshqa 
asoslari to‘g ‘risida bilim berish;
2) talabalarda 0 ‘zbekistonda tadbirkorlikni tashkil etish va amalga 
oshirish xususiyatlari, rivojlanish muammolari va istiqbollari to ‘g ‘risida 
tasavvur hosil qilish;
3) talabalarda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish 
bo‘yicha m aiu m ko‘nikma va mahorat shakllantirish;
4) tadbirkorlikning ijtimoiy yo‘naltirilganligi, insonlar manfaat- 
lari nuqtayi nazaridan ularning moddiy va m a’naviy ehtiyojlarini 
qondirish hamda kasbiy va madaniy saviyasini ko‘tarishga xizmat qili­
shi to ‘g‘risida dunyoqarash shakllantirish;
5) tadbirkorlik asoslarini ilmiy-amaliy targ‘ibot qilish.
Tadbirkorlik asoslari fani o‘z predmetini o‘z uslubiyoti yordamida
o ‘rganadi. Mazkur uslubiyot bir qator umumilmiy va maxsus ilmiy usul- 
laming tadbirkorlikning turli qirralari va muammolarini o‘rganishga 
moslashtirilgan variantlari va ularni qo‘llash tartib-qoidalari majmu- 
yidir. U dialektik yondashuv, induksiya, deduksiya, analiz, sintez, abs- 
traksiyalash, modellash va boshqa umumilmiy usullami hamda ku- 
zatuv, so‘rov, guruhlash, jadval va chizmada ifodalash, iqtisodiy tahlil, 
taqqoslash, baholash singari maxsus ilmiy usullarni o‘z ichiga oladi.
Tadbirkorlik asoslari fani iqtisodiy fanlar turkumiga kiradi va maz­
kur turkumdagi barcha fanlar-iqtisodiyot nazariyasi, makroiqtisodiyot
mikroiqtisodiyot, xo‘jalik huquqi, marketing, menejment, korxona iqti- 
sodiyoti, korxona moliyasi, pul va kredit, buxgalteriya hisobi va audit, 
soliqlar va soliqqa tortish, iqtisodiy tahlil, statistika va boshqa fanlar bi­
lan uzviy b o g iiq . Mazkur o ‘quv fani tadbirkorlik faoliyatining boshqa 
fanlar bilan bog‘liq masalalarini o‘rganish va yoritishda tegishli fan- 
larga tayanadi.
QISQ ACHA XULOSALAR
Tadbirkorlik - Tadbirkorlik asoslari fani obyekti b o iib hisoblanadi. 
Mazkur fan tadbirkorlik munosabatlari, jarayonlari, faoliyati, muammo- 
larining barcha jabhalarini qamrab olgan holda yaxlit o‘rganadigan 
asosiy fandir.
11


Tadbirkorlik asoslari fani predmeti tadbirkorlik faoliyatini tashkil 
etish, amalga oshirish rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashning ijtimoiy, 
huquqiy, tashkiliy, moddiy, moliyaviy, insoniy, marketing, boshqarish, 
tahliliy asoslari hisoblanadi.
Mazkur fanning asosiy vazifasi tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, 
amalga oshirish, rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash muammolarini 
tadqiq qilish va yechimlarini amaliyotga tavsiya etish, shu sohadagi 
bilimlarni boyitish va ularni talabalar hamda boshqa o ‘quvchilarga 
yetkazishdan iborat. U bu vazifani boshqa iqtisodiy fanlar bilan o‘zaro 
bog‘liqlikda amalga oshiradi.

Yüklə 9,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   236




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə