34
bozorining salohiyati xaqida tasavvurga ega bo‘lish lozim. Har bir firma tovar
resurslari hajmi, strukturasi,
dinamikasi, sotuv hajmi va hokazolar xaqida
ma’lumotlarga ehtiyoj sezadi. Bozor yuzaga kelgan vaziyatni baholash, bozorda
iste’molchilarning xohish-istaklari va imkoniyatlarini,
kuchlarni, raqobatchilarning
rejalari va harakatlarini joylashtirishga ehtiyoj sezadi. Bozor mexanizmining faoliyat
ko‘rsatish qonuniyatlari va tendensiyalarini aniqlamasdan turib, bozor jarayonlarini
tartibga solish va bozor mexanizmi harakatlariga moslashtirishni
tasavvur qilish
qiyin. Mohirona marketing tadqiqotlari, bozorni va uning rivojlanish qonuniyatlarini
bilish tijorat tavakkalchilik darajasini pasaytiradi.
Bozorning tomir urishini his qilib turish – marketing tadqiqotining shiori.
Marketing tadqiqotlarida asosan bozorning holati va tendensiyasini baholash,
haridorlar va ularning talablarini tadqiq etish, mol-etkazib beruvchilar va vositachilar
faoliyatini tahlil qilish, raqobatchilar va ularning
marketing strategiyasini, tovar
turlari va assortimentini, narx tashkil topishi va narx strategiyasini ishlab chiqish,
mahsulotni sotish kanallarini o‘rgangan holda marketing tadqiqotlarini tashkil etish.
Xulosa qilib aytganda, tadqiqotlarning natijalari olinganidan keyin va korxona
ularni marketing konsepsiyasini asoslash uchun qabul qilingandan so‘ng
tovarni
sinovli sotishni tashkil qilish boshlanadi. Bu jarayonning asosiy vazifasi, korxonaning
bozordagi samarali o‘rnini aniqlovchi o‘ziga xos omillarni o‘rganishdir.
Bizning fikrimizcha iqtisodiyot tarmog‘idagi barcha korxonalar faoliyatini
rivojlanishi uchun doimiy tarzda marketing tadqiqotlarini samarali tashkil etish va
ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko‘rsatishda tatbiq etish maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: