31
xaridorlarga alohida xizmatlar taklif etuvchi chakana sotuvchilar mavjud bo‘lishi
mumkin; va, nihoyat (lekin oxirgi navbatda emas), xarid qobiliyati turlicha bo‘lgan
iste’molchilar mavjud.
Bozordagi ishtirokchilar o‘rtasida yuzaga keladigan va marketing tadqiqotiga
taalluqli bo‘lgan o‘zaro munosabatlar birinchi navbatda ularning faoliyatida namoyon
bo‘ladi. Bu faoliyatning ko‘rinishlariga tovar va xizmatlar ayirboshlash, to‘lovlar
tizimi hamda sotuvchilar va xaridorlarning bevosita muloqoti
jarayonida marketing
vositalaridan foydalanish kiradi. Innovatsion loyihaning dastlabki bosqichida
marketing tadqiqoti odatda bozorni tahlil qilishga (asosan talab va taklifni tahlil
qilishga) qaratiladi. Ko‘pincha tadqiqot ishida marketing vositalariga yetarli e’tibor
berilmaydi yoki ular umuman ko‘rib chiqilmaydi, holbuki
asosiy raqobatchilarning
marketing kompleksini baholash va ushbu kompleksni muayyan loyiha uchun
belgilash mazkur loyihaning turi va miqyosiga katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu
jihatdan qaraganda, rivojlanayotgan va rivojlangan
mamlakatlarda amalga
oshirilayotgan loyihalar o‘rtasida farq yo‘q.
Talab va bozorni tahlil qilishning uchta muhim maqsadi mavjud bo‘lib, ular
innovatsion tadqiqot va innovatsiyalarni joriy etish bosqichlari uchun nihoyatda
muhimdir. Birinchidan, “bozor–loyiha” o‘zaro munosabat
tizimi boshqaruvchilar
uchun ravshan bo‘lishi kerak; ikkinchidan, strategik cheklovlar va muammolar
aniqlanishi lozim; va, nihoyat, loyihaning strategik variantlari tasvirlanishi zarur.
Tahlilning chuqurligi yoki mufassallik
darajasi har bir muammoning
murakkabligi va loyiha yoki uni baholash uchun ahamiyati bilan bog‘liq.