Tadqiqotlari


Nazorat va mulohaza uchun savollar



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/248
tarix24.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118795
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   248
Marketing tadqiqotlari-2019 darslik

Nazorat va mulohaza uchun savollar 
1.
Marketing tadqiqotiga bo‘lgan zarurat qanday omillar ta’sirida vujudga 
keldi? 
2.
Marketingning asosiy vazifa va maqsadlari nimalardan iborat? 
3.
Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda marketing tadqiqotlarining ahamiyati 
nimalardan iborat? 
4.
Ishlab chiqarishni yaxshilash va sifatli mahsulotlar olish uchun 
marketingning qanday elementlaridan foydalanish kerak? 
5.
Marketing komplesini ishlab chiqishda korxonalarda qaysi elementidan
ko‘proq foydalaniladi?
6.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida marketing tadqiqotlarini to‘g‘ri olib borish 
uchun ketma-ketlik algoritmini tuzib bering. 
7.
Nima uchun axborot tizimi marketing tadqiqotlarida asosiy omil 
hisoblanadi? 
8.
Marketing tadqiqotlarining asosiy tamoyillari nimalardan iborat? 
9.
Marketing tadqiqotlarini o‘tkazishda qanday omillarni inobatga olish lozim? 
10.
Marketing tadqiqotlari metodologisining ketma-ketlik darajasini aytib 
bering. 


42 
2– BOB. MARKETING TADQIQOTLARINI TASHKIL ETISH
 
 
2.1. Marketing tadqiqotlarining ikki yo‘nalishi 
 
Marketing tadqiqotlarida turli xil hisob-kitoblar keng qo‘llanadi, rivojlanish 
proporsiya va tendensiyalarini o‘lchash, miqdoriy qonuniyatlar va o‘zaro aloqalarni 
aniqlashga imkon beradigan statistik formulalar foydalaniladi. Shu bilan bir paytda 
miqdoriy tavsifnomalardan foydalanish, taxminiy baholash va dalillarni qayd etishga 
ehtiyoj mavjud.
Marketing tadqiqotlariinng ikki xil maktabi (ikkita asosiy yo‘nalish) ma’lum: 
bir tomondan, tadqiqot va uning natijalarini rasmiylashtirish, ya’ni miqdoriy 
baholardan foydalanish, statistik va ekonometrik modellar va hokazolardan 
foydalanish tarafdorlarining, boshqa tomondan esa, norasmiy tahlil, miqdoriy 
baholash, grafik modellar tarafdorlarining maktablaridir. Bu yo‘nalishlarning har biri 
o‘z ustunlik va kamchiliklari mavjud. Xususan, rasmiylashtirish aniq va ishonchli 
baholar beradi, ko‘plab omillarni hisobga olishni ta’minlaydi, istiqbolga rivojlanishni 
bashorat qilishga imkon beradi, biroq ma’lum bir bilimlarni, kompyuter 
texnologiyasidan va maxsus amaliy dasturlardan foydalanishni talab qiladigan 
sermehnat tadqiqotchilik jarayonini ko‘zda tutadi, statistik axborot to‘plashga ehtiyoj 
sezadi. Rasmiy usullardan foydalanish ko‘rsatkichlarni aniq rasmiylashtirishni, 
natijalarni talqin qilishda ikkiyoqlama sharhlashni taqiqlashni talab qiladi. Tahlilni 
rasmiylashtirish bir xil natija berishi lozim bo‘lgan ko‘rsatkichlarni ko‘p marta takror 
ishlab chiqarish imkoniyatini ta’minlashi lozim. 
Marketing tadqiqotini rasmiylashtirish – matematik apparatdan: miqdoriy 
tavsiflar, baholar va hisob-kitoblar, statistik va iqtisodiy modellash
tirish va bashorat 
qilish usullaridan foydalanish. 
Norasmiy yondashuv qator afzalliklarga ega, u tezkor, ko‘p hollarda ishonchli 
baholar beradi, matematik apparatdan foydalanishga muhtojlik sezmaydi, biroq u 
yetarli darajada yuqori aniqlikka ega emas, doim ham ob’ektiv emas, xodimlardan 


43 
katta tajriba va yuqori malaka talab qiladi. O‘ylaymizki, bu yo‘nalishlarni muayyan 
vaziyat va maqsadlardan kelib chiqib uyg‘unlashtirish maqsadga muvofiq. 
Marketing tadqiqotida norasmiy usullar – sifat baholari va tavsiflardan, grafikli 
modellashtirishning taxminiy tavsiflaridan foydalanish. 
Muayyan marketing tadqiqotlarida ko‘pincha tadqiqot jarayonining rasmiylik 
darajasi yuqoriligi (matematik apparatdan, statistik modellashtirish usullari va h.k.dan 
foydalanish) o‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarning norasmiy, tasviriy tavsifi, sifat 
baholari, ya’ni o‘ziga xos bozor diagnostikasi bilan birlashtiriladi. Marketing 
tadqiqotlari metodologiyasi bu ikki yo‘nalishni muvaffaqiyatli birlashtirish va bir-
birini boyitish, to‘ldirishga imkon beradi. 
Marketing tadqiqotlari strukturasi va tipologiyasi

Uslubiy asoslarni ishlab 
chiqish marketing tadqiqotining eng mas’uliyatli jihati sifatida ko‘rib chiqilishi 
mumkin. Marketing tadqiqoti belgilangan strukturaga ega bo‘lib, ma’lum bir ketma-
ketlikda yoyiladi. Marketing tadqiqoti strukturasi tadqiqot konsepsiyasini ilgari surish 
va xulosalar chiqarishdan boshlab bozorni o‘rganish va modellashtirishning beshta 
elementi yoki beshta bosqichini ajratishga imkon beradi.
 
Marketing tadqiqoti umumiy konsepsiyani ishlab chiqishdan (lat. conception – 
asosiy g‘oya) boshlanadi, so‘ngra muayyan uslubiyatlar ishlab chiqishni qamrab oladi 
(tadqiqot maqsadlariga muvofiq). Marketing tadqiqoti konsepsiyasi bozor jarayonlari 
va hodisalari qonuniyatlarini aniqlash, bozorning har tomonlama va to‘liq 
tavsifnomasini olish g‘oyasini ifodalaydi. 
Marketing tadqiqoti konsepsiyasi – bozor holati va rivojlanish qonuniyatlari va 
tendensiyalari xaqida mukammal bilim olish asosiy g‘oyasi. 
Xuddi shu bosqichda tadqiqotning u yoki bu variantlarini asoslab beradigan 
g‘oyalar qatori ilgari suriladi. Ilgari surilgan g‘oya asosida muayyan marketing 
tadqiqotining algoritmlari ishlab chiqiladi. Bu, o‘z navbatida, belgilangan 
imkoniyatlar va voqeliklarni hisobga olgan holda yechiladigan muayyan vazifalar 
qo‘yishni ta’minlashga imkon beradi. Marketing tadqiqotida algoritmlash hisob-kitob 
jarayoni mazmunining rasmiy yozuvlarini, uning strukturasi va bosqichlari ketma-
ketligni ko‘zda tutadi. 


44 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   248




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə