64
Keyingi jarayonda esa, farazni (gipotezani) ilgari suradi. Chunki taxminlar
asosida kelib chiqadigan jarayon va natijalar farazi ko‘zda tutilai. Shuningdek, ushbu
maqsaddan kelib chiqib ketma-ketlik algoritmini ishlab chiqiladi.
Algoritm asosida
konsepsiya to‘g‘ri yo‘naltirilgan bo‘ladi va ko‘zlangan maqsad sari vazifalar
belgilanadi.
Ikkinchi bosqichda esa, topshiriqga aniqlik kiritiladi
va uslubiyat ishlab
chiqiladi. Ushbu umlubiyatlar orqali dastur ishlab chiqiladi. Har bir uslubiyatning
o‘ziga xos xususiyatlari va yo‘nalishlari mavjud. Masalan, statistik uslubiyatda
miqdoriy va sifat tadqiqotlarini ishlab chiqish mumkin va hokazolar.
Faqat ushbu jarayonlarni bajarilgandagina
bozorni tanlash, sotuv hajmini
belgilash, bozor faoliyatini prognozlashtirish va rejalashtirish bo‘yicha qaror qabul
qilish mumkin.
Umuman olganda, marketing tadqiqotlari loyihasi –
bu marketing
tadqiqotlarini bajarish sxemasi bo‘lib, unda ushbu tadqiqotning har bir bosqichi
bayon qilinadi va talab qilinadigan axborotlarni olish uchun zarur barcha jarayonlar
belgilab olinadi. U muammoni aniqlashga va ushbu
muammoni xal qilish usulini
tanlashga asoslanadi.
Dostları ilə paylaş: