Tafakkur va nutqning psixologik tavsifi Reja: Nutq va tafakkurning o’zaro uzviyligi Nutq turlari



Yüklə 50,77 Kb.
tarix29.11.2023
ölçüsü50,77 Kb.
#140791
Tafakkur va nutqning psixologik tavsifi Reja Nutq va tafakkurni-fayllar.org


Tafakkur va nutqning psixologik tavsifi Reja: Nutq va tafakkurning o’zaro uzviyligi Nutq turlari

Tafakkur va nutqning psixologik tavsifi 



Reja: 

1.Nutq va tafakkurning o’zaro uzviyligi 

2. Nutq turlari 

Nutq tafakkur bilan chambarchas bog`langandir. Odam nutq bo’lmasa, til 

vositalari bo’lmasa fikr qilolmaydi. Yuqorida aytib o’tilganidek, nutq fikrlash 

qurolidir. Tafakkur bo’lmasa nutq til bo’lishi ham mumkin emas. 

Fanga xilof bo’lgan burjua idealistik ta`limot uchun xarakterli narsa shuki, 

u tafakkurni nutqdan, til shakllaridan ajratib qo’yadi. Masalan, psixologlarning 

Vyursburg maktabi deb atalgan idealistik psixologiya namoyandalari (Byuller, 

Messer, Kyulpe, Ax va boshqalar) odamdagi tafakkur jarayonlari obrazlardan - 

idroklar va tasavvurlardan mustaqil ravishda, shuningdek, nutq tildan mustaqil 

ravishda sodir bo’ladi, deb isbot qilmoq uchun, buni hatto tajriba qilib ko’rsatishga 

ham urinib ko’rdilar. 

Obrazlardan va nutqdan mustaqil mana shunday «sof» tafakkur bo’lishi 

mumkin, degan idealistik ta`limot butunlay asossiz ta`limotdir. Tafakkur idrok va 

tasavvurlardan mustaqil sur`atda o’sa olmaydi. Nutq bo’lmasa, tafakkur ham 

bo’lmaydi, til materiali bo’lmasa, fikrni ifodalab berib bo’lmaydi. 

Bizning hukmlarimiz, mantiqiy ta`riflarimiz, xulosalarimiz til materiallari 

va gaplar yordami bilan ifodalanadi. Til materiallari va gaplar vositasi bilan analiz 

va sintez qilinadi, abstraksiya qilinadi va umumiylashtiriladi.

Til materiallari bo’lmasa, biz hatto eng oddiy hukmni ham o’zimiz uchun 

ifodalay ololmaymiz - biz shu onning o’zida idrok qilib turgan buyumlar 

to’g`risida ham biror nimani tasdiq qilib yoki inkor qilib aytolmaymiz. Biz so’zlar 

bo’lmasa, bitta ham tushunchani fikrimizga joylashtira olmaymiz. 

Faqat til yordami bilangina odamlar bir-birlariga o’z fikrlarini ayta 

oladilar. Odamlar nutq orqali bir-birlari bilan aloqa bog`laganlarida, tafakkur 

natijalarini va o’tmish ajdodlarning bilish sohasida erishgan muvaffaqiyatlarini til 

yordami bilan o’zlashtirib oladilar va ayni vaqtda o’z fikrlarini va bilimlarini 

avlodlariga topshiradilar. 

Inson tafakkuri ham tarixiy taraqqiyot jarayonida, til yordami bilan 

bo’ladigan nutq aloqalarida o’sdi - tafakkurning mantiqiy shakllari ishlab chiqildi. 

Har bir kishining tafakkuri uning butun umri davomida til yordami bilan 

bo’ladigan nutq aloqalari jarayonida o’sib boradi. 

Lekin biz tafakkur, nutq va til bir-biriga chambarchas bog`langan 

deganimizda shuni ham nazarda tutishimiz kerakki, nutq bilan tafakkur aynan bir 

narsa emas, nutq bilan tafakkurni, fikr bilan tilni bir-biriga aynan teng deyish 

yaramaydi. Biz ba`zi burjua psixologlarining tafakkur bilan nutq aynan bir narsa, 

deb da`vo qiluvchi soxta ta`limotini qat`iyan rad qilishimiz lozim. 

Agar nutq bilan tafakkur aynan bir narsa bo’lganda edi, boshqa birovning 

nutqini faqat eshitish yoki birinchi takrorlash bilanoq, tushunib olingan bo’kur edi. 

Modomiki, birovning nutqini faqat eshitish yoki birinchi takrorlash bilanoq 

tushunib bo’lmas ekan, binobarin, tafakkur bilan nutqni ham aynan bir narsa deb 



bo’lmaydi. 

SHunday ham bo’ladiki, ayni bir fikrning o’pini turli odamlar va ayni bir 

kishining o’pi turli hollarda, turli so’zlarda, turli iboralarda ifodalaydi. Misol uchun 

matematikaning quyidagi ta`rifmi ko’rsatish mumkin: plus-plusga ko’shilganida

va minus-minusga qo’laytirilganida plus hosil bo’ladi, plus minusga 

ko’`aytirilganida esa minus hosil bo’ladi. SHu fikrning o’zi boshqa bir iborada 

ifodalanishi mumkin: bir xildagi alomatlarga ega bo’lgan raqamlar bir-biriga 

ko’paytirilganda musbat raqam hosil bo’ladi, alomatlari turlicha bo’lgan raqamlar 

bir-biriga ko’paytirilganida manfiy raqam hosil bo’ladi. Nutq bilan tafakkur aynan 

bir narsa bo’lganida edi, bunday hodisalarning bo’lishi mumkin bo’lmas edi. 

Tafakkur bilan nutq o’rtasida farq borligini shu faktdan ham bilish 

mumkinki, ayni bir fikrni grammatik tuzilishi turlicha bo’lgan turli tillarda 

(masalan, rus, o’zbek, xitoy va boshqa tillarda) aynan bir ma`no bildiradigan qilib 

ifodalash mumkin. 

Agar til bilan tafakkur aynan bir narsa bo’lganida edi, u holda hamma 

tillarda grammatik tuzilish ham aynan bir-biriga o’xshash bo’lishi kerak edi, yoki 

har qaysi millatda shu millat tilining grammatik tuzilishiga muvofiq ravishda, 

tafakkur shakllarining tuzilishi ham turlicha bo’lishi kerak edi. Har bir xalqda 

o’ziga xos mantiq bo’lishi lozim edi. Lekin bunday holda, turli millat odamlarining 

bir-birlarini tushunishlari mumkin bo’lmadi, aynan bir fikrni bir tildan ikkinchi 

tilga tarjima qilish mumkin bo’lmadi. Til bilan tafakkurning bevosita aloqasi faqat 

tilning tafakkur uchun bo’lgan ahamiyatidagina ifodalanib qolmasdan, balki, shu 

bilan birga, tafakkurning til uchun bo’lgan ahamiyatida ham ifodalanadi. 

Tafakkurning taraqqiyot tarixida tilning roli qanchalik katta bo’lsa, tilning 

taraqqiyot tarixida ham tafakkurning roli shunchalik kattadir. Grammatika 

qonunlarini, shakllarini va qoidalarini tuzishda hamda ularning takomillashib 

borishida tafakkur, ayniqsa, katta ahamiyatga ega bo’ladi. 

Har bir kishidagi tafakkurning o’zishi shu kishi nutqining o’sishi bilan 

bab-baravar bo’lganidek, shu kishi nutqining o’sishi ham undagi tafakkurning 

o’sishiga bog`liq bo’lgan. Grammatika shakllari va qoidalarini o’zlashtirish 

jarayonining o’zi odamning o’z tafakkurini zo’r berib ishlatishini talab qiladiki, bu 

hammaga ma`lumdir. 

SHunday qilib, tafakkur bilan nutq turli hodisalardir, lekin ayni vaqtda bu 

ikki hodisa bir-biri bilan chambarchas bog`langan, bir-birini taqozo qiluvchi va bir-

biridan tashqarida voqe boimaydigan va o’sa olmaydigan hodisadir. Nutq va 

tafakkur bir-biri bilan dialektik birlik asosida bog`langandir. 

Nutq bilan tafakkurning birligini Pavlovning ikkinchi signal sistemasi 

to’g`risidagi ta`limoti ham isbotlab beradi, ikkinchi signal sistemasi birinchi signal 

sistemasi bilan bir-biriga o’zaro ta`sir qilgan holda nutqning ham, tafakkurning 

ham nerv-fiziologik negizini tashkil qiladi. 

Biz nutq ishlab chiqishda shug'ullanuvchi ko'nikmalarini olishga 

moyilmiz. Hatto yosh bolalar oqilona va grammatik adolatli gaplashishda, odatda, 

usta. Biroq, nutq aslida turli ko'nikmalarni o'z ichiga olgan murakkab faoliyat 

hisoblanadi. Bu kimga, tegishli so'zlar uni izhor tanlash uchun grammatik o'sha 



so'zlarni tashkil qilishi, va bir haqiqiy so'z kirib demoqchi , aytish istagan narsani 

o'ylab qobiliyatini o'z ichiga oladi.

Nutq turlari 

Nutq o’zining tashqi ifodalanish usuliga qarab og`zaki va yozma nutqqa 

ajralib qolmasdan shu bilan birga, qanday vazifani bajarishiga va sintaktik 

tuzilishining xususiyatlariga qarab ham bir-biridan farq qiladi. 

Nutq o’zining bajaradigan vazifasiga qarab, ichki va tashqi nutqqa 

bo’linadi.

Ichki nutq 

Ichki nutq shunday bir nutqdirki, uning yordami bilan fikrlar boshqa 

odamlarga ma`lum qilinmasdan oldin ichda ifodalanadi. 

Ichki nutqning o’z xususiyatlari bor. Bu nutq, ko’pincha tovushlar ovoz 

chiqarib aytmaydigan nutqdir, bu nutq odam «o’z ichida gapiradigan» nutqdir. 

Ba`zan ichki nutq «tashqariga» chiqadi, ya`ni tovushlar ovoz chiqarib aytiladi. 

Biror nimani fikr qilayotgan odam qandaydir qiyinchilikka uchrab qolganida, 

shuningdek, hissiyoti qattiq qo’zg`alish natijasida hayajonlanib ketganida yoki 

o’zining oldida boshqa odamlar bo’lmagan vaziyatda u o’zi sezmagan holda,

«ovoz chiqarib o’ylaydi» - ovoz chiqarib o’z-o’zi bilan gaplasha boshlaydi. Odam 

yakka qolib, o’z ichida o’ylab o’tirganida ko’pincha imo-ishora va mimikadan ham 

foydalanadi. Kichkina bolalar ko’pincha «ovoz chiqarib o’ylaydilar», gaplashib va 

harakat qilib turib fikr qiladilar. 

SHakl jihatidan ichki nutq ko’proq monolog tarzida sodir bo’ladi, ichki 

nutqni odamning o’z-o’zi bilan va o’zicha gaplashuvi deyish mumkin. Lekin 

ba`zan ichki dialog shaklida, xayoldagi suhbatdosh bilan gaplashish yoki munozara 

qilish tarzida ham sodir bo’ladi. 

Sintaksis tuzilishi jihatidan ko’pincha ichki nutq qisqartirilgan, bo’lak-

bo’lak gaplardan iborat bo’ladi. Ichki nutqda gapning faqat ayrim bo’laklarigina, 

asosan ega birmuncha aniq qilib ifodalanadi («ichdan, o’z-o’ziga» aytiladi). Ichki 

nutq ovoz chiqarib «aytib yuborilganida» ham o’zining shu xususiyatini saqlab 

qoladi. Ichki nutqning to’siq bo’lmasligiga, bo’lak-bo’lak bo’lishiga sabab shuki, 

tafakkur obekti va shu tafakkur sodir bo’layotgan vaziyat fikr qiluvchi kishining 

o’ziga ravshandir va to’siq gap bilan qayd qilinishini talab etmaydi. Nutq tafakkur 

obektida tasdiqlanadigan yoki inkor qilinadigan narsa ustidagina to’xtaladi. 

Ichki nutq, odatda, ixtiyorsiz ravishda o’zadi. Bunda tafakkur 

jarayonlarining o’zi ixtiyoriy ravishda, ma`lum kuch sarflash yo’li bilan ham 

borishi mumkin. Lekin ixtiyoriy tafakkur jarayonining borishiga yordam bergan 

ichki nutq ixtiyorsiz ravishda o’z-o’zicha maydonga chiqadi deyish mumkin. Ichki 

nutq dialog shaklida sodir bo’lgan hollardagina ixtiyoriylik mamentlari paydo 

bo’ladi. Bunday hollarda ichki nutq o’zining sintaksis tuzilishi jihatidan ham tashqi 

nutq tuzilishiga yaqinlashib qoladi. Ichki nutqning xarakterli belgisi shuki, bunda 

tovushlarning artikulatsiyasi ko’zga ko’rinmaydi. I. M. Sechenov buni quyidagicha 

tasvirlaydi: «Men fikr qilayotganimda juda ko’p vaqt og`zimni ochmay va yopib 

turib, gapiraveraman, ya`ni og`iz bo’shlig`idagi til muskullari harakat qilaveradi. 

Biror fikrni, asosan boshqalarga uqtirmoqchi bo’lib, ifodalashga uringan hollarning 



hammasida esa shu fikrni albatta pichirlab takrorlab turaman» (Izbrannыe 

filosofskie i psixologicheskie proizvedeniya. Gospolitizdat, 1947, 142-bet). 

Ichki nutqning ko’zga ko’rinmaydigan mana shunday artikulatsiyasi 

borligi hozirgi vaqtda eksperimental yo’l bilan isbotlangan. 

Tashqi nutq 

Tashqi nutq boshqa odamlar bilan aloqa qilishimizda foydalaniladigan 

nutqdir. 

Bu nutq biron kishiga qaratilgan, biron nimani xabar qiladigan nutqdir. 

Tashqi nutqning o’zi ham og`zaki va yozma nutqqa bo’linadi. 

Og`zaki nutq 

Og`zaki nutq - boshqa kishilar bilan bevosita qilayotgan aloqamizda 

foydalanilayotgan nutqdir. Bu nutq odatdagi gaplashuv nutqidir. Bu nutq hamisha 

boshqa kishilarning eshitish organlari yordami bilan idrok qilishlari uchun 

mo’ljallangan «tovushli» nutqdir. SHu sababli, odatda, og`zaki nutq ovoz bilan va 

(ba`zan) shivirlab aytiladi. Og`zaki nutq vaqtida, odatda, gapirayotgan kishi bu 

nutqni mimika, imo-ishoralar bilan ishlatadi. 

Og`zaki nutqning xarakterli xususiyati shuki, bu nutq suhbatdoshlar 

o’rtasida bo’ladi. Suhbatdoshning yoki suhbatdoshlarning bunday ishtirok etishi 

ularning gapirayotgan kishining nutqiga diqqat qilib turishi, savollar berib turishi, 

so’z tashlab turishidan iborat bo’ladi suhbatdoshlar gapirayotgan kishining fikriga 

e`tiroz bildiradilar, yoki bu fikrga o’zlarining rozi bo’lganliklarini izhor qiladilar, 

yoxud shu fikrni kengaytiradilar. 

Suhbatdoshlarning og`zaki nutqda qatnashishlari qay xarakterda va qay 

darajada bo’lishiga qarab, og`zaki nutq ikki shaklga bo’linadi. Bularning biri 

dialog nutq (dialog) va ikkinchisi monolog nutq (monolog) deb aytiladi. 

Ikki yoki ko’p suhbatdosh o’rtasidagi gaplashish tariqasida bo’ladigan

nutq dialog deb ataladi. Suhbatdoshlar navbatma-navbat gaplashaveradilar - biri 

so’zaydi, biror narsani aytadi, boshqalar esa uni tinglaydilar, javob beradilar. 

Odam bitta o’zi gapirsa-yu, boshqa kishilar bu gapga faol qatnashmay 

faqat uning nutqini tinglab tursalar, nutqning bu shakli monolog deb ataladi. 

Masalan, lektorning, dokladchining nutqi, sudda, kengashlarda va boshqa shu kabi 

joylarda so’zlanadigan nutq monolog nutqdir yoki monologdir. 

Og`zaki nutq ixtiyorsiz yoki ixtiyoriy bo’ladi. Gapirayotgan kishi so’z va 

grammatika shakllarini maxsus tanlamay, og`ziga kelganicha so’zlashsa, bu holda 

nutq ixtiyorsiz nutq bo’ladi. Gapirayotgan kishi o’z so’zlari uchun alohida 

mas`uliyat sezib gapirganida, shu nutqni tinglayotgan kishi gapirayotgan kishi 

uchun alohida ahamiyatga ega bo’lganida, bunday hollarda nutq ixtiyoriy 

xarakterga ega bo’lib qoladi. Masalan, o’quvchining o’z o’qituvchisi bilan 

gaplashayotgan vaqtidagi nutq mana shunday ixtiyoriy nutqdir. Bunday hollarda 

gapirayotgan kishi lozim boigan so’zlarni tanlab, joy-joyiga qo’yib ishlatishga, 

grammatika qoidalariga rioya qilishga intiladi va harakat qiladi. 

Dialog - ikki yoki bir necha odam o’rtasida bo’ladigan gapdir, bunda 

suhbatdoshlarning gapi bir-biriga bog`lanadi, ulanib ketadi, ya`ni gaplashib 

turganlar bir-birlariga savol-javob qilib, bir-birlariga e`tiroz qilib gapni ulab, 



davom ettiradilar. SHuning uchun dialog ma`nosi bir-biriga ulangan nutqni ancha

osonlashtiradi. Monolog nutq esa ancha og`ir ko’chadi. Monolog - gapirayotgan 

kishidan juda ko’p diqqat-e`tibor berishni talab qiladi, gapirayotgan kishining 

faqat o’z nutqining mazmunigagina diqqat-e`tibor berib qolmay, balki, shu bilan 

birga, bu nutqning tashqi tuzilishiga ham, fikrlarni ifodalashda muayyan sistema

tartib boiishiga ham riova qilishi lozim bo’ladi. 

Monolog nutq tuzilishi jihatidan yozma nutqqa yaqindir. 

Og``aki nutq (dialog ham, monolog ham) ichki nutq singari, tafakkur 

qurolidir. Bunda boshqalar bilan gaplashish jarayonida gapirayotgan kishining o’z 

fikrlari ham o’ziga ravshan bo’lib qoladi. 

YOzma nutq 

YOzma nutqning xususiyati shuki, bu nutq bevosita aloqa bog`lash 

vositasi bo’lmasdan, balki, ko’pincha, boshqa vaziyatda, boshqa bir joyda turgan 

yoki turishi mumkin bo’lgan odamlar bilan aloqa bog`lash vositasidir. Masalan, biz 

o’z do’stimizga yoki qarindoshimizga xatimizda yozib yuborgan xabarimizni u 

ehtimolki bir kundan keyin, ikki kundan keyin, bir haftadan keyin, boshqa 

shaharda yoki boshqa qishloqda o’qib bilishi mumkin. Biz bundan yarim yil, bir 

yil, hatto bir necha o’n va yuz yil muqaddam yozib qoldirilgan kitoblarni o’qib, 

shu kitoblardagi bilimlarni bilib olamiz. 

YOzma nutq ham monolog shaklida va dialog shaklida bo’ladi. Masalan, 

ilmiy asarlar hamisha deyarli monolog shaklida yoziladi. Badiiy-adabiy asarlar 

dialog shaklida ham, monolog shaklida ham yoziladi. Ba`zan oddiy maktublar ham 

dialog shaklida yoziladi, shu maktubni yozayotgan kishi uni o’qiydigan kishini 

tasavvur qilib, unga maktubda o’zi savollar beradi va shu savollarga o’zi javob 

qaytaradi. 

Sintaksis jihatidan qaraganda yozma nutq eng to’siq va mukammal 

nutqdir. Har bir kishi oddiy maktubni yoki ilmiy maqolani yozayotganida 

grammatika qoidalariga, og`zaki nutqdagiga qaraganda, ko’proq rioya qiladi. 

YOzma nutqda gap bo’laklaridan biri tushib qolsa, bu yozma nutqni o’qigan 

kishilar uni qiynalib tushunadilar yoki butunlay tushunolmaydilar. YOzma 

nutqning sintaksis jihatdan to’siq bo’lishi shuning uchun ham zarurki, og`zaki nutq 

uchun xarakterli bo’lgan mimika, imo-ishoralar, intonatsiyalar va boshqa shu kabi 

qo’shimcha elementlarni yozma nutqda ishlatib bo’lmaydi. 

YOzma nutq, asosan, ixtiyoriy nutq bo’ladi. Maktub, doklad, ma`ruzalar 

va boshqa shu kabilarni yozayotgan kishi so’zlarni ongli ravishda tanlaydi, 

gaplarni yaxshiroq qilib tuzishga intiladi. Ko’pincha o’z fikrlarimizni o’qiydigan 

kishilarga so’zlar vositasi bilan g`oyat ravshan va tushunarli qilib ifodalamoq 

uchun ancha-muncha kuch sarflashimiz lozim bo’ladi. 

YOzma nutq fikrlarimizni ifodalab berishning eng yaxshi vositasidir. 

YOzma nutqda fikming mazmuni va shaklidagi ayrim kamchiliklar ochiq ko’yinib 

qoladi va fikrning o’zi mazmun va shakl jihatidan eng ravshan, aniq qilinib 

ifodalanadi. SHuning uchun ham biz aqliy ish bilan shug`illanayotganimizda, biror 

masalani hal qilganimizda yoki tayyor bilimlarni o’lashtirayotganimizda ish 

natijasini yoki olgan bilimimizni ko’pincha, xatga yozib qo’yamiz, ba`zan esa bir 



necha marta ko’chirib yozamiz. SHu sababli, har xil yozma ishlar - hikoya qilib 

yozib berish, insho yozish, konspekt olish - tafakkurning o’qishi uchun katta 

ahamiyatga egadir. 

Faol va passiv nutq 

Faol nutq biror narsa gapirayotgan va yozayotgan kishining nutqidir. 

SHuningdek, kishi biror shaxsga maktub yozayotgan, olim maqola, kitob 

yozayotgan, yozuvchi o’zining adabiy asarini yaratayotgan vaqtidagi nutq ham faol 

nutq bo’ladi. 

Boshqa birovning faol nutqini idrok qilish va tushunish jarayoni passiv 

nutqdir. Gapirayotgan kishining so’zini tinglab turgan yoki yozilgan narsani 

o’qiyotgan kishi boshqa bir kishining faol nutqini o’zicha takrorlagandek bo’ladi. 

Masalan, o’qituvchi darsni tushuntirib berayotganida, o’quvchilar esa uning darsini 

eshitayotganlarida o’qituvchining nutqi faol nutq bo’ladi, o’quvchilarning shu 

nutqni idrok qilish, ya`ni tushunish jarayoni esa passiv nutq bo’ladi. 

Boshqa birovning nutqini, shu nutq so’zlanayotgan tilni o’zimiz 

bilganimiz taqdirdagina bu nutqni idrok qilishimiz va o’zlashtirishimiz 

mumkin. Ammo shunda ham o’sha nutqni idrok qilishimiz hamisha bayon 

qilinayotgan nutqqa aynan teng va muvofiq bo’lavermaydi. Ba`zan boshqa bir 

kishining nutqini tushunmaslik, bu nutqni bir tomonlama, noto’g`ri tushunish, so’z 

illuziyaiari va boshqa shu kabilarning hosil bo’lishiga sabab ham shudir. Passiv 

nutqning bu xususiyatlari idrok qilayotgan kishining aqli qay darajada etukligiga 

bog`liq bo’ladi. Gapirayotgan kishi o’z nutqining mazmunini va shaklini shu 

nutqni tinglovchilarning qay darajada idrok qilishini ko’lda tutib tuzadi. 

CHunonchi, o’qituvchi o’z nutqining o’quvchilar qanchalik tushuna olishini 

nazarda tutib, so’zlayotgan nutqini shunga qarab tuzadi. 

Har bir kishi passiv nutqni faol nutqqa qaraganda, birmuncha oldinroq 

egallaydi. YOsh bola oldin kattalarning gapini tushunadigan bo’ladi, so’zgra o’zi 

ham tilga kirib, gapira boshlaydi. Xuddi shuningdek, boshqa bir tilni o’rganish 

vaqtida o’rganilayotgan tilda faol nutqni egallash passiv nutqni egallashga 

qaraganda birmuncha keyinda qolib boradi. 

Biz yuqorida bayon qilgan nutq faoliyatini klassifikatsiya qilishda uni turli 

belgilarini asos qilib olamiz va shunga binoan uni turlicha turlarini ajratish 

mumkin: 

1. Nutqning psixofiziologik mexanizmiga qarab: 

a) xor bilan aytiladigan nutq; 

b) exolik nutq; 

d) atash nutqi; 

e) kommunikativ nutq. 

2. Nutqni rejalashtirish nuqtayi nazaridan: 

a) faol nutq; 

b) reaktiv nutq;

d) yozma nutq 

3. Nutqni ixtiyoriylik darajasiga qarab: 

a) ixtiyorsiz nutq;



b) ixtiyoriy nutq 

4. Eksteriozirizatsiyalashgan va interiorizatsiyalashgan xarakteriga qarab: 

a) ichki va tashqi nutqqa ajratiladi. 

Xor bilan aytiladigan nutq ko’pchilikning baravar aytadigan nutqidir. 

Masalan: o’qituvchi sinfga kirishi bilan talabalar «Assalomu alaykum» deb uni 

qarshi oladigan nutq xor bilan aytiladigan nutqdir. 

Exolik nutq bu akssado beruvchi nutq bo’lsa, atash nutqi narsalarning 

nomi bilan izohlanadi. Masalan: «Bu pedogogika institute, «stol», «shkaf», «kitob» 

va h.k. Kommunikativ nutq ikki yoki undan ko’proq kishilar bilan o’zaro 

munosabatga kirishuvdagi nutqdir. 

Nutq turlaridan o’zining xususiyatlariga qarab o’zaro munosabatlarda 

maqsadga muvofiq ravishda foydalaniladi, faoliyat maqsadiga ko’ra munosabatga 

kirishiladi. 

So’zlayotgan, mustaqil fikrlab yozayotgan nutq faol bo’lmagan nutq 

bo’lsa, tez fikrlab bayon qiladigan nutq faol bo’lmasa, tez fikrlab bayon qiladigan 

nutq reaktiv nutqdir. YOzma nutq bevosita aloqa vositasi bo’lmasdan balki 

uzoqdagi odamlar bilan aloqa bog`lash vositasidir. U so’z belgilari asosida fikrlarni 

bayon qilish usulidir. Nutqlar ichida eng murakkab nutqdir. CHunki u atrofdagi 

kishilarga mo’ljallangan bo’lishi uni mazmunan tushunarli bo’lishini, grammatik 

jihatdan to’g`ri tuzilishi kerak. Ixtiyorsiz nutq tashqi ta`sirlar natijasida paydo 

bo’ladigan nutq bo’lsa, ixtiyoriy nutq o’z ixtiyorimiz bilan yozayotgan, 

fikrlayotgan vaqtimizdagi nutqdir. U monolog, dialog, yozma va og`zaki bayon 

qilinishi mumkin. 

Eksteriorizatsiyalashgan (tashqi) nutq boshqa odamlar bilan aloqa 

qilishinizda foydalaniladigan, biror kishiga qaratiladigan, biror nimani xabar 

qiladigan nutqdir. Interiorizatsiyalashgan (ichki) nutq fikrlar boshqalarga bayon 

qilinmasdan ichida ifodalanadigan va ovoz chiqarib aytilmaydigan nutqdir. U 

kishining o’zi uchun yaratilgan. Biror narsadan xursand bo’lganimizda yoki qattiq 

ta`sirlanganimizda o’zimiz bilan o’zimiz «gaplashamiz». Qattiq ta`sirlanganimizda 

bexosdan ovoz ham chiqarib yuboramiz. 



Nutqning hamma turlari ham hayotimizda muhim ahamiyatga egadir. 


http://fayllar.org
Yüklə 50,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə