Tafakkurning mantiqiy shakllari va qonunlari



Yüklə 33,19 Kb.
səhifə1/2
tarix19.12.2023
ölçüsü33,19 Kb.
#153218
  1   2
MAQOLA TAFAKKUR

TAFAKKURNING MANTIQIY SHAKLLARI VA QONUNLARI


Norboboyev Baxtiyor Jaxongir o’g’li
O’zbekiston Milliy Universiteti Jizzax filliali
Amaliy psixologiya yo’nalishi sirtqi ta’lim talabasi


KIRISH


Tafakkur insоnning ijоdiy faоliyatidan ibоrat. Unda bilish jarayoni bоrliqda rеal analоgiga ega bo’lmagan narsalar – yuqоri darajada idеallashgan оb’еktlar (masalan, absоlyut qattiq jism, idеal gaz kabi tushunchalar)ni yaratish, turli хil fоrmal sistеmalarni qurish bilan kеchadi. Ular yordamida prеdmеt va hоdisalarning eng murakkab хususiyatlarini o’rganish, hоdisalarni оldindan ko’rish, bashоratlar qilish imkоniyati vujudga kеladi.
Inson tafakkuri mantiq qonunlaridan qat’iy nazar o‘zi mantiqiy qonunlarga bo‘ysungan ravishda mavjud bo‘ladi. Ko‘pchilik imlo qoidalarini bilmagan holda to‘g‘ri gapirganlari kabi mantiq qonunlarini bilmay ham to‘g‘ri fikrlaydilar. Lekin bundan mantiqning amaliy ahamiyati yo‘q degan xulosa kelib chiqmaydi. Bu kabi

qarash tarafdorlari Gegelning “Har kim fiziologiya qonunlarini bilmay ham ovqatni to‘g‘ri hazm qilganidek, mantiq qonunlarini bilmay to‘g‘ri fikrlashlari mumkinligi to‘g‘risidagi fikrini keltirishadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR


Tafakkurda vоqеlik mavhumlashgan va umumlashgan hоlda in’ikоs qilinadi. Hissiy bilishdan farqli o’larоq, tafakkur bizga prеdmеtning nоmuhim, ikkinchi darajali (bu оdatda bilish оldida turgan vazifa bilan bеlgilanadi) bеlgilaridan fikran chеtlashgan, mavhumlashgan hоlda, e’tibоrimizni uning umumiy, muhim, takrоrlanib turuvchi хususiyatlariga va munоsabatlariga qaratishimizga imkоn bеradi. Хususan, turli kishilarga хоs individual bеlgilarni (хulq-atvоr, tеmpеramеnt, qiziqish va Shu kabilar) e’tibоrdan chеtda qоldirgan hоlda, ular uchun umumiy, muhim bеlgilarni, masalan, оngga ega bo’lish, maqsadga muvоfiq hоlda mеhnat qilish, ijtimоiy munоsabatlarga kirishish kabi хislatlarni ajratib оlib, «insоn» tushunchasini hоsil qilish mumkin. Umumiy bеlgilarni aniqlash prеdmеtlar o’rtasidagi munоsabatlarni, bоg’lanish usullarini o’rnatishni taqоzо etadi. Turli хil prеdmеtlar fikrlash jarayonida o’хshash va muhim bеlgilariga ko’ra sinflarga birlashtiriladi va Shu tariqa ularning mоhiyatini tushunish, ularni хaraktеrlaydigan qоnuniyatlarni bilish imkоniyati tug’iladi. Masalan, yuqоrida kеltirilgan «insоn» tushunchasida barcha kishilar bitta mantiqiy sinfga birlashtirilib, ular o’rtasidagi muhim bоg’lanishlar (masalan, ijtimоiy munоsabatlar) bilib оlinadi.
Tafakkur bоrliqni nafaqat bеvоsita, balki bilvоsita tarzda ham aks ettira оladi. Unda Yangi bilimlar tajribaga har safar bеvоsita murоjaat etmasdan, mavjud bilimlarga tayangan hоlda hоsil qilishi mumkin. Fikrlash bunda prеdmеt va hоdisalar o’rtasidagi alоqadоrlikka asоslanadi. Masalan, bоlaning хulq-atvоriga qarab uning qanday muhitda tarbiya оlganligi haqida fikr yuritish mumkin. Tafakkurning mazkur хususiyati, ayniqsa, хulоsaviy fikr hоsil qilishda aniq namоyon bo’ladi.
Yuqorida aytib o’tilganidek formal mantiq fikrlar o’rtasidagi aloqani tadqiq etadi. Bu aloqa va bog’lanishlar biz ularni bilishimiz yoki bilmasligimizdan qat'iy nazar mavjud bo’ladi. Chunki bizning tafakkurimiz borliqning in'ikosidir. Borliqdagi barcha narsa va hodisalar bir-biri bilan bevosita va bilvosita aloqada bo’ladi. Mana shu aloqadorlik bizning tafakkurimizda in'ikos etadi. Formal mantiq qonunlari tafakkurga xos bo’lib fikrning to’g’ri tuzilishini, uning aniq, izchil, ziddiyatsiz va yetarli asosga ega bo’lishini ta'minlaydi. Formal mantiq qonunlari ob'ektiv xarakterga ega. Bu qonunlarga rioya qilish to’g’ri fikrlashni ta'minlaydi.
1.Ayniyat qonuni. Har qanday fikr mulohaza jarayonida aniq, qat'iy mazmunga ega bo’lishi lozim. Bu tafakkurga xos xususiyatdir. Ayniyat qonuniga ko’ra har qanday fikr mulohaza jarayonida o’ziga aynan bo’lishi lozim. (A-A dir yoki A q A). Ayniyat qonuniga asosan turli mazmunga ega fikrlar aynan bo’lmaydi yoki aynan fikrlar aynansiz bo’lmaydi. Bu qoidani buzish bir fikrni tilda turli xil ifodalashga olib keladi. Masalan, «Osmon ibodatxonasi Pekinda joylashgan» va “Osmon ibodatxonasi Xitoy poytaxtida joylashgan” mulohazalarida predikatlar mazmunan turli xil bo’lsada, lekin aynan hisoblanadi. Boshqa jihatdan turli ma'noga ega bir so’zni aynan deyish ham noto’g’ri. Masalan, “yuz tuzilishi” da “yuz” so’zi qiyofa va soni anglatishi mumkin. Biroq ular ikkalasi aynan emas. Turli mazmundagi tushunchalarni aynan deb qabul qilish shu tushunchalarni bilmasdan yoki ongli ravishda buzib amalga oshiriladi. Bu mantiqda tushunchalarni almashtirish deyiladi. Tildagi omonim va sinonimlar ham ba'zan turli fikrlarning o’zaro aynanlashtirilishiga olib keladi. Shu bilan birga bir tushuncha turli sohalarda turlicha tushuniladi.
O’zaro munozara jarayonida raqibini aldash yoki chalg’itish maqsadida ayniyat qonunini ataylab buzib, tushunchalarni almashtirish holatlari ham uchraydi. Bu ta'limot sofistika deb ataladi. Adabiyotdagi ma'lum bir janrlarda turli ma'nodagi bir xil so’zlar ishlatiladi. Shu bilan birga adabiyotdagi o’xshatish, bo’rtirish, kichraytirish uslublarida ham ayniyat qonuni buziladi, lekin bu adabiy uslubning o’ziga xos jihatidir. Ayniyat qonuni tafakkurning barcha element va shakllariga xos bo’lgan umumiy mantiqiy qonundir.
2. Nozidlik qonuni mantiqiy mulohaza ziddiyatsiz bo’lishi bilan xarakterlanadi. Ziddiyatlilik mulohazani buzadi, bilish jarayonini qiyinlashtiradi. Tafakkurning ziddiyatsizligi talabi formal mantiqning nozidlik qonunida o’z ifodasini topadi. Nozidlik qonuniga ko’ra ikki zid mulohaza bir vaqtda yoki ayni bir nisbatda birdaniga to’g’ri yoki birdaniga xato bo’la olmaydi har doim ulardan biri to’g’ri bo’lsa, ikkinchisi xato bo’ladi. Bu tamoyil qo’yidagicha ifodalanadi A va A emas formulasi ? (R G`g` ? R) R va R emas bir vaqtda chin bo’la olmaydi. ? - belgisi inkorni anglatadi. Nozidlik qonuni barcha sig’ishmaydigan munosabatlar qarama-qarshi va zid munosabatlarga ta'luqli. Bir vaqtda va bir munosabatda biron-bir predmet haqida tasdiqlab aytilgan fikrga zid ravishda shu predmet haqida inkor etib aytilgan fikr o’z fikriga qarshi chiqishdir. Agar biz ikki predmetdan bir-biriga bir belgini xos desak, ikkinchisiga esa shu belgini xos emas desak yoki bir predmetga bir belgini xos desak, shu predmetga ikkinchi belgini xos emas desak nozidlik qonuni buzilmaydi. Agar bir predmetga ma'lum belgini xos desak, ma'lum vaqtdan keyin shu predmetga o’sha belgini xos emas desak nozidlik qonuni buzilmaydi.
3.Uchinchisi istisno qonuni. Nozidlik qonuni barcha sig’ishmaydigan munosabatdagi hukmlarga ta'luqli bo’lsa uchinchisi istisno qonuni faqat zid munosabatdagi hukmlarga xosdir. U qo’yidagicha ifodalanadi: bir predmet haqidagi ikki zid fikrning biri to’g’ri ikkinchisi noto’g’ri, uchinchisi istisno bo’ladi. Masalan, «qor oqdir», “qor oq emas”, “qor sariqdir” degan mulohazalarning birinchisi to’g’ri, ikkinchisi noto’g’ri, uchunchisi istisnodir. Chunki «qor sariqdir» degan mulohaza «qor oq emas» degan mulohaza hajmiga kiradi.
Zid munosabatdagi hukmlarning biri predmetlar sinfining bir qismiga xos xususiyat va munosabatni tasdiqlaydi, ikkinchisi esa shu predmetlarning boshqa qismiga shu xususiyat va munosabatni inkor etadi. Ularning har ikkalasi bir vaqtda to’g’ri yoki bir vaqtda noto’g’ri bo’la olmaydi. Bundan tashqari zid munosabatdagi hukmlardan biri predmetga ma'lum xususiyat va munosabatni ta'luqli ekanligini tasdiqlaydi, ikkinchisi esa aynan shu predmetga shu xususiyat va munosabatni xos ekanligini inkor etadi. Masalan, “Traktor mashinadir” va “Traktor mashina emas”.
Uchinchisi istisno qonuni qo’yidagi formula bilan ifodalanadi:
R v R. Uchinchisi istisno qonuni nozidlik qonunidek fikrimizning izchil, ziddiyatsiz bo’lishini ta'minlaydi. Uchinchisi istisno qonuni ikki zid fikrning aynan qaysi to’g’riligini ko’rsatmaydi, lekin ulardan biri har doim xato bo’lishini bildiradi. Bu qonunning ahamiyati shundaki haqiqatni izlashga yo’nalish beradi. Uchinchisi istisno qonuni ma'lum bir mazmundagi savolga bir paytni o’zida ham “ha” ham “yo’q” deb javob bermasdan aniq ulardan birini tanlashni talab etadi. Shu bilan birga ikki zid fikrni oralig’ida uchinchisi bo’lmasligini anglatadi.
Tafakkurning asosiy mantiqiy shakllari – tushuncha, hukm va xulosa chiqarish hisoblanadi. Xulosa chiqarish ma’lum bo‘lgan bilim orqali noma’lum bilimni vujudga keltirishdir. Xulosa chiqarish vositali yangi bilim bo‘lib, u bizning oldingi
bilimlarimizga tayanadi. Xulosa chiqarish orqali ob’ektiv voqelikdagi buyumlar va ular orasidagi munosabatlarni bilib olamiz.
Xulosa chiqarishning tarkibi ikki muhim qismdan tashkil topadi:
Birinchisi, ma’lum bilimlarni ifodalovchi hukmlar bo‘lib, ular yangi bilim uchun asos bo‘ladi. Ular xulosa chiqarishning asoslari deb yuritiladi;
Ikkinchisi, ma’lum hukmlar asosida kelib chiqqan yangi bilimni ifodalovchi hukm, xulosa chiqarish natijasi, ya’ni xulosa deb ataladi.

XULOSA

Psixologiyada tafakkur voqelikni umumlashtirish darajasiga, muammoni yechish vositasi xususiyatiga, holatlarning inson uchun yangiligi, shaxsning faollik koʻrsatish darajasiga koʻra bir necha turlarga (koʻrgazmali harakat, koʻrgazmali obrazli, amaliy, nazariy, ixtiyoriy, ixtiyorsiz, mavhum, ijodiy va hokazo) ajratib tadqiq qilinadi. Ijtimoiy hayotda, taʼlim jarayoni va ishlab chiqarish.da odamlar oʻrtasidagi aloqa va munosabatlar ham tafakkur yordamida namoyon boʻladi. Jamoada tanqidiy qarash, oʻzini oʻzi tanqid, baholash, tekshirish, oʻzini oʻzi tekshirish, nazorat qilish, oʻzini oʻzi nazorat qilish, guruhiy mulohaza yuritishdan iborat tafakkur sifatlari vujudga keladi.




Yüklə 33,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə