33
mazkur maqsadning mohiyatini tashkil etadi. Tarbiyaviy maqsad asosan, ikki yo‘l
bilan ro‘yobga chiqariladi: (1) bevosita
chet tilda salomlashish, xayrlashish,
predmet va hodisalarning nomlarini bilish, she’r va ashula aytish, o‘yinlar bajarish
kabilar, ayniqsa, dastlabki darslarda o‘quvchilarga ancha qiziqarli yumush
sanaladi; (2) muloqot chog‘ida bir-birlariga odob
doirasida munosabat bildirish,
xatti-harakatlarini sharhlay olish, audio matn va grafik matnlardan olinadigan
axborotlar beqiyos tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Darsdan tashqari o‘quv
tadbirlarining ham tarbiyaviy ahamiyati cheksiz.
Dostları ilə paylaş: