Tajiyeva Ruxsora



Yüklə 22,54 Kb.
səhifə3/4
tarix29.11.2023
ölçüsü22,54 Kb.
#140197
1   2   3   4
akmeologik-yondashuv-asosida-bo-lajak-o-qituvchilarda-ta-lim-jarayonini-loyihalash-ko-nikmalarini-rivojlantirishning-pedagogik-psixologik-mexanizmlari

MUHOKAMA


Akmeologik yondashuv yordamida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini takomilashtirishni turli qirralarini hisobga olgan holda, malakali mutaxassislarning ijodiy qobiliyatlarini ochish va rivojlantirish muammolari oldingi o‘ringa chiqib bormoqda. Bu borada ta’lim tizimida o’qituvchi shaxsiga e’tibor katta. Bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy moslashishini akmeologik jihatdan tadqiq qilinsa bugungi zamon talabiga mos, biroq avvalgi chuqur bilimlarga ham ega yetuk o’qituvchi shaxsini, o’z ishining mutaxassisi etib yetishtirish jarayoni juda murakkab pedagogik va psixologik jarayon hisoblanadi.
Yosh avlodga ta’lim tarbiya beruvchi yetuk mutaxassis kadrlar tayyorlash muhim ustivor masala bo’lib qolaveradi. O’qituvchi shaxsi o’z ustida tinimsiz ishlashi hamda izlanishi masalasiga e’tibor bugungi kunda ham juda katta. Akmeologik yondashuvlar asosida o’z faoliyatining akme darajasiga intilish va uni ro’yobga chiqarish ustida yangi usul va har kim oziga hos yo’nalishlaridan borishini talab etadi.
O'z-o'zini anglashning individual usuli va varianti g'oyasi (K.A.AbulxanovaSlavskaya, A.A.Derkach va boshqalar). Olingan vaqtinchalik kompetensiyalar va shaxs tomonidan erishilgan vaqtinchalik malaka darajasi ko'p jihatdan bo'lajak o'qituvchilarning individual psixologik xususiyatlari va xususiyatlarining o'ziga xosligi bilan belgilanadi. A.A.Derkachning fikricha akmeologiyada modelga murojaat qilish zarurati bizga psixologik hodisani tasavvur qilish, uning muhim xususiyatlarini, tarkibiy xususiyatlarini, mexanizmlarini, shakllanish darajalarini ochib berishga imkon beradi.
Reflektiv tomoniga ko‘ra: (rivojlanayotgan «Men» sifatidagi shaxsni o‘zligini anglash va mehnat faoliyati jarayonida kommunikatsiya bo‘yicha hamkorlarini tushuna bilishi bilan bog‘liq)
tizim yaratuvchi faktor hisoblanib, insonni kasbiylashuvini belgilashda akmeologik aspektlarning optimal o‘zaro harakatini ta’minlaydi.
Maktab yoshidagi bolaga, yosh avlodga va boshqa tinglovchiga bilim berishda o’z kasbiy mahorati yuksak akmeshaxs bo’la oladigan o’qituvchi o’zining tasirigagi tinglovchini to’la jaalb eta olishi hamda uni bilim olish va hayotiy ko’nikmalarga tayyorlashi tayin. Akmeologik ta’lim texnologiyalarini o‘qitish amaliyotida tatbiq etish, ta’lim va ijodni rivojlanishini refleksli- psixologik konsepsiyasi asosida malakali mutaxassislarni tayyorlashda akmeologik yondashuvlarni tuzilmaviy tomonlarini hisobga olib borish lozim.

Yüklə 22,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə