Talabalar mustaqil ta’limini loyihalashtirish


Ko’rgazmali vositalar tayyorlash



Yüklə 234,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix19.07.2023
ölçüsü234,17 Kb.
#119699
1   2   3   4   5   6   7
ruza matni

Ko’rgazmali vositalar tayyorlash
. Talabaga muayyan mavzuni bayon qilish va 
yaxshiroq o’zlashtirish uchun yordam beradigan axborot-kommunikatsiya vositalari 
yordamida bajariladigan ko’rgazmali materiallar tayyorlash vazifasi topshiriladi. Mavzu 
professor-o’qituvchi tomonidan aniqlanib, talabaga ma’lum ko’rsatmalar, yo’l-yo’riqlar 
beriladi. Ko’rgazmali vositalarning miqdori, shakli va mazmuni talaba tomonidan mustaqil 
tanlanadi. Bunday vazifani bir mavzu bo’yicha bir necha talabaga yoki talabalar guruhiga 
topshirish ham mumkin. 
Mavzu bo’yicha testlar, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash
. Talabaga 
mustaqil ish sifatida muayyan mavzu bo’yicha testlar, qiyinchilik darajasi har xil bo’lgan 
masalalar va topshiriqlar, munozaraga asos bo’ladigan savollar tuzish vazifasi topshiriladi. 
Bunda professor-o’qituvchi tomonidan talabaga testga qo’yiladigan talablar va uni 
tuzish qonun-qoidalari, qanday maqsad ko’zda tutilayotganligi, muammoli savollar tuzishda 
mavzuning munozarali jihatlarini qanday ajratish lozimligi, topshiriqlarni tuzish usullari 
bo’yicha yo’l-yo’riq beriladi. 
Talabalarning 
ilmiy-nazariy 
konferentsiyalari - ular 
mustaqil 
ishlarining 
shakllaridan 
biridir

Kafedra 
professor-o’qituvchilari 
talabalar 
ilmiy-nazariy 
konferentsiyasini tashkil etish orqali o’z ishini guruhning kasbiy yo’naltirilganligini, 
qiziqishlarini hisobga olib, tabaqalashgan holda tashkil qilishi kerak. Faqat shu holdagina 
talabalarning konferentsiyani o’tkazishda faol ishtiroki va manfaatdorligi ta’minlanadi. 
Talabalarning ilmiy-amaliy konferentsiyalarini quyidagi bosqichlarda amalga oshirish 
maqsadga muvofiqdir: 
1-bosqich – o’qitilayotgan fan bo’yicha barcha o’quv guruhlarida konferentsiyalarni 
o’tkazish; 
2-bosqich – har bir guruhdan tanlab olingan talabalarning eng yaxshi ma’ruzalarini 
fakulьtet va fakulьtetlararo konferentsiyaga taqdim etish hamda o’tkazish; 
3-bosqich – fakulьtetlararo konferentsiyada tanlab olingan eng yaxshi ma’ruzalarni 
umumuniversitet ilmiy-nazariy konferentsiyasiga taqdim etish. 
Barcha guruhlar uchun yagona bo’lgan konferentsiya mavzusini tasdiqlab, talabalarning 
ma’ruza va chiqishlarini guruhlarning qiziqishlariga qarab ixtisoslashtirish mumkin. 

Yüklə 234,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə