Talabalar mustaqil ta’limini loyihalashtirish



Yüklə 234,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix19.07.2023
ölçüsü234,17 Kb.
#119699
1   2   3   4   5   6   7
ruza matni

Referat tayyorlash
– mazkur fan bo’yicha o’tiladigan seminar mashg’ulotidagi 
chiqishga qaraganda mazmun va sifat jihatdan yuqori bo’lib, shubhasiz katta foyda keltiradi. 
Talaba auditoriya oldida referatda bayon qilingan qoidalarni himoya qilishga, yoqlashga 
tayyorlanishi kerak, Qishloq xo’jaligi korxonalari faoliyatini tashkil etish va boshqarishni 
o’rganishda bu muhim ahamiyatga ega. 
Referat - bu talabalar mustaqil ishlarining samarali shakllaridan biridir. Mazkur shakl 
talaba tomonidan referat mavzusini tanlash, unda yoritiladigan masalalar mazmunini oldindan 
rejalashtirish, referatni tayyorlash va muhokama qilishning barcha bosqichlarida fan bo’yicha 
mashg’ulot olib boruvchi kafedra professor-o’qituvchilarining tashkiliy-uslubiy yordami va 
maslahati asosidagina samarali amalga oshishi mumkin. Bu yerda professor-o’qituvchi 
tomonidan talabalarning referat ishlariga rahbarlik qilish qanchalik batafsil va malakali 
amalga oshirilganligi va referatlarga talablar mezoni qanchalik to’g’ri qo’yilganligi albatta, 
hal qiluvchi rolь o’ynaydi. Topshiriq talabalarning referat yozish ko’nikmalarini, ilmiy 
qiziqishlari va bilim darajasini hisobga olgan holda berilishi juda muhim. 
Referat tarkibiy jihatdan titul, mundarija, kirish, asosiy qism, xulosa va tavsiyalar
foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati hamda ilovalardan tashkil topadi. 
Kirish qismida talaba referat mavzusining dolzarbligi, uni yoritishdan ko’zda tutilgan 
maqsad va vazifalar hamda referatda ochib beriladigan savollarni qisqacha yoritadi. 
Asosiy qismda mavzuni ochib berishga xizmat qiladigan savollar (paragraflarni) rejada 
keltirilgan ketma-ketlikda, talabaning o’z mustaqil mushohadasi va fikrlariga tayangan holda, 
adabiyotlardan olingan ilmiy va nazariy materiallar (ularga havola keltirilgan holda), turli 
statistik va operativ ma’lumotlar (ularning manbalari ko’rsatilgan holda) asosida batafsil 
yoritiladi. 
Xulosa va tavsiyalar qismida talaba o’z mustaqil yondoshuvi va ijodiy fikrlashini 
namoyon etishi hamda qisqa satrlarda mavzuni yoritish jarayonida olingan xulosalari va 
tavsiyalarini tartib bilan rejada keltirilgan ketma-ketlikda ifodalashi lozim. 

Yüklə 234,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə