3 i-bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarda aqliy tarbiya haqida tushuncha



Yüklə 68,92 Kb.
səhifə1/8
tarix23.12.2023
ölçüsü68,92 Kb.
#155909
  1   2   3   4   5   6   7   8
Maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishi




M U N D A R I J A
KIRISH………………………………………………………………………..........3
I-bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarda aqliy tarbiya haqida tushuncha.
1.1. Aqliy rivojlanish omillari……………………………………………………...6
1.2.Maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy rivojlanishi…………………………...12
II-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida aqliy tarbiyani tashkil etilishi.
2.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarga aqliy rivojlanishini diognostika qilish……21
2.2.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida aqliy tarbiyani tashkil etilishi……...……25
Xulosa va tavsiyalar........................................................................................29
Foydalanilgan adabiyotlar...............................................................................30

Kirish.
Mavzuning dolzarbligi: O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 29-yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida ta’kidlaganidek:”Kelgusi yillarda maktabgacha ta’lim sohasini rivojlantirish borasidagi strategik maqsadimiz ijtimoiy axvolidan qat’iy nazar, bog‘cha yoshidagi har bir bolani ushbu ta’lim yo‘nalishi bilan to‘liq qamrab olish uchun zarur sharoitlarni yaratishdan iborat.Shuningdek,2021-yilda maktabga tayyorlashning bepul tizimi bilan 560 ming nafar 6 yoshli bolalar yoki ularning 82 foizi qamrab olinadi .Uzoq qishloqlarda maktabgacha ta’limning muqobil shakllari yanada kengaytiriladi.
Bu maqsadlarni amalga oshirishda maktabgacha ta’lim sohasida,xususan tizimning boshqaruv siyosatini isloh qilish muhim ahamiyat kasb kasb etadi. Maktabgacha ta’limni boshqarishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, tarbiya va o‘quv jarayonini takomillashtirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarini yuqori malakali mutaxasisslar bilan to‘ldirish, ularning infratuzilmasi va moddiy-texnik jihozlanishini yaxshilash,maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish maqsadida qator vazifalar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi, “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi farmon va qarorlarning ijrosini ta’minlash bugungi kunda ushbu yo‘nalishning qanchalik darajada dolzarbligidan dalolat beradi.
Maktabgacha ta`lim jarayonida maktabgacha yoshdagilar ta`lim va tarbiyasining shaxsiy yo`nalganlik modeli ustuvor bo`lib hisoblanadi. Shaxsiy yondashuvning maqsadi – bu shaxsning shakllanishi bo`lib, belgilangan standart bo`yicha uni o`zgartirish emas, balki uni qanday bo`lsa, shundayligicha qabul qilishdir. Maktabgacha ta`lim muassasasi ta`lim – tarbiya muassasasi hisoblanadi va uning vazifasiga bola shaxsi asoslarini shakllantirish, uning bilishga doir qiziqishlarini, madaniy–axloq-odob extiyojlarini, dastlabki mehnat ko`nikmalarini rivojlantirish, unda bilimga muxabbat uyg`otish, salomatligini mustahkamlash kiradi. Maktabgacha ta`lim muassasasi ”Ta`lim to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi qonuni talablariga hamda maktabgacha yoshdagi bolalarga ta`lim-tarbiyasiga qo`yiladigan davlat talablariga muvofiq maktabgacha ta`lim sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi.
Shuningdek, ushbu yil O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 19 oktabr kuni maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Prezidentning Davlat maslahatchilari, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirok etdi. Shuning uchun ham biz maktabgacha ta'lim tizimini qayta ko‘rib chiqish masalasini davlat siyosati darajasiga ko‘tarib, bu borada katta ishlarni boshladik. Agar shu ishni har tomonlama puxta o‘ylab amalga oshirmasak, butun ta'lim tizimida sifat o‘zgarishiga erishishimiz, ta'limning uzluksizligini ta'minlashimiz qiyin bo‘ladi, deya ta'kidladi Shavkat Mirziyoyev. 

Yüklə 68,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə