3 i-bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarda aqliy tarbiya haqida tushuncha


Maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy rivojlanishi



Yüklə 68,92 Kb.
səhifə4/8
tarix23.12.2023
ölçüsü68,92 Kb.
#155909
1   2   3   4   5   6   7   8
Maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishi

1.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy rivojlanishi.
Maktabgacha tarbiya yoshida bolalarning aqliy rivojlanishini ta’minlash ularning kelajakdagi butun faoliyati uchun katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Bola ijtimoiy muhit ta’sirida aqliy tomondan rivojlanib boradi. Tevarak atrofdagi kishilar bilan muomala qilish jarayonida u tilni va u bilan birga tarkib topgan tushunchalar sistmeasini o‘zlashtiradi. Natijada maktabgacha tarbiya yoshidayoqbola tilni shunchalik egallab oladiki, undan muomala vositasi sifatida erkin foydalanaoladigan bo‘lib qoladi. Aqliy rivojlanish fikrning kengligida voqyealarni har xil bog‘lanishlarda, munosabatlarda ko‘ra bilish, narsalar bilan bajariladigan faoliyat natijasida, keyin esa o‘quv, mehnat, samarali faoliyatlar (rasm chizish, loy va plastilindan buyumlar yasash, applikasiya, qurish yasash) jarayonida amalga oshirib boriladi. Bolaning aqliy rivojlanishiga ta’lim va tarbiya samaraliroq ta’sir etadi. Hozirgi zamon pedagogika fani bilimlar sistemasini o‘zlashtirib olish, ularni jamg’arish, ijodiy tafakkurni rivojlantirish hamda yangi bilimlarni hosil qilish uchun zarur bo‘lgan bilish faoliyati usullarini egallab olishni aqliy rivojlanishning asosiy ko’rsatkichlari deb hisoblaydi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga aqliy tarbiya berishni to‘g‘ri tashkil etish uchun ularning aqliy rifojlanish qonuniyatlarni va imkoniyatlarini bilish kerak. Aqliy tarbiyaning vazifasi uning mazmuni, metodi va tashkil etilishiga qarab belgilanadi. Pedagogika va psixologiya fani aqliy tarbiya berish vazifalarini samarali hal etish (bir tomondan, bolaning imkoniyatlaridan unumli foydalanish,ikkinchi tomondan, bola organizmning umumiy charchashiga sabab bo’lishi mumkin bo‘lgan ortiqcha nargruzka bo‘lmasligi) yo‘llarini topish uchun maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishi qonuniyatlari va imkoniyatlarini o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Olimlar aqliy rivojlanish va aqliy tarbiyaga oid ko‘ngil masalalarni tadqiq qilmoqdalarki, bu maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar aqliy tarbiyasining asosi bo‘lgan sensor tarbiyaning mazmuni va metodini ishlab chiqish uchun zarurdir, bolalarning ko’rgazmali –harakatli, ko‘rgazmali –obrazli va tushunchali –mantiqiy tafakkurini shakllantirish tadqiq etilmoqda, ularning bilish qobiliyatlarini shakllantirishning o‘ziga xos tomonlari aniqlanmoqda. Keyingi yillarda olib borilgan psixologik pedagogika tadqiqotlarning natijalari maktabgacha tarbiya yoshi davrida bolalarning aqliy rivojlanishida juda katta imkoniyatlar mavjudligini ko‘rsatadi. Bularning hammasi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga beriladigan bilim, malaka va ko‘nikmalar mazmunini yanada chuqurlashtirish, hajmini kengaytirish maqsadga muvofiq ekanligini ko‘rsatadi. Maktabgacha tarbiya yoshining oxiriga kelib bolalar tevarak atrof to‘g‘risida kattagina hajmdagi eng oddiy bilim va tushunchalarga ega bo‘lib qoladilar, asosiy fikrlash jarayonlarini egallab oladilar, narsa va buyumlardagi, voqyealardagi muhim va muhim bo‘lmagan tomonlarni ajrata oladigan, ba‘zi bir sabab natijali bog‘lanishlarni bilib oladigan bo‘lib qoladilar, ularda o‘quv faoliyatining daslabki kurtaklari shakllanadi. Faqat yaxshi tashkil etilgan faoliyatning vazifasi bolaga muayyan maqsadga ko‘zlab tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish uchun kerakli sharoit yaratishdir. Maktabgacha tarbiya yoshi davrida bola har kuni o‘zi uchun notanish bo‘lgan narsa va hodisalarga duch keladi.
L.N.Tolestoy maktabgacha tarbiya yoshi haqida shunday deb yozadi:
“Men hozirda o‘zimda bor bo‘lgan hamma narsani o‘sha yoshlik chog‘imda egallab olganmanki, egallaganda ham shunchalik ko‘p egallab olganmanki, egallagan narsamning yuzdan birini ham egallaganim yo‘q. Besh yoshli boladan mengacha atigi bir qadam. Yangi tug‘ilgan chaqaloqdan besh yoshli bolagacha esa masofa juda uzoq. Biroq tegishli rahbarlik bo‘lmasa, bilim va tasavvurlar tartibsiz bir tarzda to‘planib boradi: ular yuzaki, ko‘pchilik holda xato ham bo‘lishi mumkin. Bola “bulut bu paxta, “yulduzlar elektr lampochkalari” deb o‘ylaydi. Tevarak atrofdagi hayotni kuzatib, u mustaqil xulosa chiqarishga harakat qiladi. K.N.Chukovchikiyning“Otadvux do pyati” “ikki yoshdan besh yoshgacha”) degan kitobida bolalar aytgan fikrlaridan misollar keltiriladi, bular bola zehnining sinchkovligidan dalolat beradi. “.”pedagogning vazifasi bolalardagi bilimlarni munatazam ravishda oshirib borish, ularni tartibga solish, aniqlashtirishdir. “Bola tevarak atrofdagi narsalar, ularning vazifasi, ba’zi sifatlari (rangi, katta kichikligi, shakli) va xossalarni (sinadi, pachoq bo‘ladi, yirtiladi, to‘kiladi va hokazo) haqida, qaysi materialdan tayyorlanganligi to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lishi kerak. U tabiat hodisalari, ularning o‘zaro bog‘liqligi va qonuniyatlari (yil fasllarining o‘ziga xos belgilari, ular o‘rtasidagi bog‘lanishlar, hayvonlar, ular hayoti va yashash tarzining tashqi ko‘rinishiga, xulqiga, yashash sharoitiga mosligi va h.k.) ni bilib oladilar. Jonsiz tabiat, o‘simliklar, hasharot va hayvonlarni kuzatish jarayonida tarbiyachi bolalarda borliq to‘g‘risidagi materialistik tasavvurlarni shakllantirib boradi. Bilimlarni egallab borish natijasida bolaning shaxsi ham shakllanib boradi. Bola san’atning har xil turlari (tasviriy faoliyat, musiqa, adabiyot va h.k.) to‘g‘risidagi tasavvur va tushunchalarni egallab oladi. Mana shu real bilimlarni egallashi natijasida bolada tevarak atrofni materillistik tushunishning tarkibiy qismlari shakllanadi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar o‘zlariga tushunarli bo‘lgan ijtimoiy voqea va hodisalar, kishilarning mehnati, umumxalq bayramlari bilan, respublikamizda yashaydigan ba’zi xalqlar hayoti bilan tanishtiriladi.
Bu tadbirlar ularda jamiyatimiz ijtimoiy hayotiga qiziqish uyg‘otishga, Vatanga muhabbat tuyg‘ulari va baynalminalchilik asoslarini shakllantirishga yordam beradi.

Yüklə 68,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə