Taʼlim mazmuni taʼlim



Yüklə 39,82 Kb.
səhifə3/4
tarix28.11.2023
ölçüsü39,82 Kb.
#136148
1   2   3   4
Taʼlim mazmuni

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 19-moddasi.
Ta’lim olish huquqi:
ta’lim tashkilotlarini rivojlantirish;
ta’lim tashkilotlarida innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash va o‘quv dasturlarini innovatsion texnologiyalarni qo‘llagan holda amalga oshirish;
ishlab chiqarishdan ajralgan (kunduzgi) va ajralmagan holda (sirtqi, kechki, masofaviy) ta’lim olishni tashkil etish;
kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’limni va boshlang‘ich professional ta’limni bepul olish;
oilada yoki mustaqil o‘qish orqali ta’lim olgan fuqarolarga, shuningdek umumiy o‘rta ta’lim olmagan shaxslarga akkreditatsiyadan o‘tgan davlat ta’lim muassasalarida eksternat tartibida attestatsiyadan o‘tish huquqini berish orqali ta’minlanadi.
Ta`lim nazariyasining amaliyot bilan birligi prinsipi eng asosiy va yetakchi prinsipdir. Nazariyaning amaliyot bilan birligi masalasi faqat didaktik prinsipgina bo`lmay qolmay, balki o`quv tarbiya ishlarining hamma tomonini o`z ichiga oladi. Maktab ta`limi tizimida nazariya bilan amaliyotning birligi prinsipi dastavval o`quv predmetlarning mazmuni va harakteriga bog`liq holda o`qish jarayonida amalga oshiriladi. Ilmiy bilimlar puxta egallash, uning bir-biriga mustahkam va uzviy bog`liq bo`lgan ikki tomonini:
Ta`lim jarayonida nazariya bilan amaliyotning birligi prinsipi izchillik bilan amalga oshirilishi oqibatidagina o`quvchilar o`quv materiallarining tub mohiyatini, tabiat va jamiyat taraqqiyot qonunlarini ilmiy asosda atroflicha to`g`ri tushinib va kelajak amaliy faoliyatlari uchun zarur bo`lgan ko`nikma va malakalar bilan qurollanadilar.
Ta`limda muntazamlilik va izchillik
Maktab ta`lim-tarbiya jarayonining hamma sohasida muntazamlilik va izchillik prinsipi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Maktab o`quv predmetlarining muntazamliligi ustida gap borar ekan, uni fan va fanni o`rganish tizimidan farq qilish lozim. Fan va uning o`rganish tizimi o`ziga xos qirrali, chuqur va murakkab hodisalarni o`z ichiga oladi. Uni o`quv fanlari va predmetlariga o`rganish tizimiga tadbiq etib bo`1maydi, bu mumkin emas. Shunday bo`lishiga qaramay bu ikki tizim o`rtasida umumiylik, birlik va muayyan ichki bog`lanishlar mavjuddir. Shunga ko`ra, maktab o`quv predmetlarini muntazam bayon qilish bir qator didaktik qoidalarga amal qiladi, ya’ni bir tomondan umumtalim maktablarda o`qitilayotgan fanlar ma`lum fan tizimi bilan o`zaro mustahkam, ilmiy va mantiqiy bog`lanishlarga ega bo`lishi nazarda tutilsa, ikkinchi tomondan, izchil muntazam o`qitilayotgan fanlar orqali o`quvchilarning bilish qobiliyati, o`zlashtirish darajasi va ularning ijodiy kuchlarini rivojlantirib borish nazarda tutiladi. Buning uchun maktab ta`limi jarayoni muntazamlilik prinsipining quyidagi qoidalarga rioya qilish lozim. Ya`ni o`qitilayotgan fan yoki bayon qilinayotgan yangi materialning o`quvchilarning oldindan o`zlashtirgan bilimlari, ko`nikma va malakalari bilan izchil va uzviy bog`lanishi, shu bilan bir vaqtda o`qitilayotgan fan yoki o`quv materiallarini o`zlashtirish orqali kelajakda yangi fan yoki yangi bilimlarni o`zlashtirishga, shuningdek navbatdagi ta`lim bosqichiga o`tish uchun zamin yaratilishi nazarda tutmog`i lozim.
Ta’lim tamoyillari, ularning mohiyati va o`zaro bog`liqligi
Pedagogikada ta’limning ilmiy - nazariy, uslubiy asoslari alohida, ya’ni didaktika qismida o’rganiladi. Bu jarayonda ta’lim prinsiplariga alohida to’xtaladi. Xo’sh, ta’lim prinsiplari kim uchun va nima uchun kerak? U o’quvchi faoliyatiga ham dahldormi?
Ta’lim jarayoni murakkab hamda ko’p qirralidir. Bu jarayonning muvaffaqiyatli va samarali natijasi ta’lim jarayonining qonun qoidalari, ya’ni ta’limga qo’yilgan didaktik talablarga qay darajada amal qilishlariga bog’liq.

Ta’lim prinsiplari o’quv tarbiya jarayoniga qo’yiladigan ijtimoiy talablar, ta’limni tashkil etish va boshqarishda rioya qiladigan qoidalar sifatida amal qiladi.


Ko’pchilik adabiyotlarda «o’qitish prinsiplari» iborasi ishlatiladi. Lekin ta’lim prinsiplari ta’lim jarayonining ikkala sub’ektiga- o’qituvi va o’quvchiga ham daxldor. Shuning uchun ularni ta’lim prinsiplari deb atagan ma’qul, deb ta’kidlaydi prof.O.Roziqov.
Ta’limni tashkil etish, boshqarish va nazorat qilishda o’qituvchi va o’quvchi faoliyatiga qo’yiladigan talablar, qoidalar ta’lim prinsiplari deb ataladi.
Prinsiplar umumdidaktik kategoriya bo’lib, ular ta’limning barcha turlari, darajalari, sub’ektlari, o’quv-tarbiya jarayonining hamma komponentlariga dahldor umumiy qoidalardir.
O’qitish bilish faoliyatining ajralmas qismi sifatida, insonning tevarak - atrofdagi dunyoni bilishining umumiy qonunlari asosida sodir bo’ladi. Shuning uchun o’qitish tamoyillari ta’lim jarayonining eng muhim masalalarini nazariy va amaliy jihatdan to’g’ri hal qilishning asosiy negizi hisoblanadi.
Ta’lim prinsiplarining uzviy bog’liqligi. Ta’lim tamoyillari o’quv yurtlari oldida turgan ulkan vazifalar asosida belgilanadi. Ular o’zaro bir - biri bilan mustahkam bog’liq holda bir sistemani tashkil etadi. Har bir darsda didaktik tamoyillarning bir nechtasi ishtirok etishi mumkin. Ular ta’lim oldida turgan asosiy maqsadlarni hal etishga o’z hissasini qo’shadi. Ta’lim tizimi isloh qilinayotgan hozirgi jarayonda o’quvchi talabalarga mustahkam bilim berish, ularni erkin, mustaqil fikrlay oladigan insonlar qilib tarbiyalashda, ta’lim tamoyillarning mohiyatini chuqur anglash va hayotga tatbiq etish muhim muammolardan biridir.

O’quv yurtlarida beriladigan bilim ilmiy xarakterga ega bo’lishi, texnika va fanning so’nggi yutuq va kashfiyotlarini o’zida ifoda etishi lozim. Shunday ekan o’quvchi ilm fandagi yangiliklardan xabardor bo’lishi lozim. O’qitishning ilmiylik tamoyillari ta’lim jarayonida o’quvchi - talabalarni hozirgi zamon texnika fan taraqqiyoti darajasidagi ilmiy bilimlar bilan qurollantirish, ayniqsa talaba yoshlarni ilmiy tadqiqot usullari bilan tanishtirishga qaratilgan.


Ilmiylik ta’limning mazmuniga va usullariga aloqadordir. Shunday ekan bilim ilm -fan bilan o’quv predmeti o’rtasida hamkorlik, o’zaro bog’liqlik bo’lishiga erishish lozim. Ta’limning hamma bosqichlarida ilmiy izohlashlardan foydalanmoq lozim.
Bilimlarni tizimli va izchil o’zlashtirish qoidasi ta’limning ilmiyligi va tushunarliligi qoidalari bilan uzviy bog’liq. Tizimlilik (sistemalilik) didaktik kategoriya sifatida Ya.A.Komenskiyning asarlarida asoslab berilgan edi. U tabiatda bir narsa ikkinchi narsa bilan bog’liq bo’lganidek, ta’limda har bir narsa ikkinchisi bilan aloqada bo’lmog’i, har bir mashg’ulotda o’rganilgan bilim keyingi o’rganiladigan bilimlarga yo’l ochishi lozim, deb hisoblaydi.
Professor O.Roziqov tizimlilikni ta’lim qoidasi sifatida quyidagi belgilarga ega ekanligini ta’kidlaydi: tartibga solinganlik, tashkiliylik, yaxlitlik, rejalilik, davomiylik, vorisiylik, istiqbolga yo’nalganlik.
Tizimlilik va izchillik o’quv fanlarining bir-biri bilan bog’liq bo’lishini ham nazarda tutadi.
Nazariy bilimlarning amaliyot bilan turmush tajribalari bilan bog’lab olib borish ta’limning yetakchi qoidalaridan hisoblanadi. Ta’lim - tarbiya sohasidagi yutuqlar, eng avvalo nazariya bilan amaliyotning o’zaro bog’liqligiga asoslanadi. Shundagina o’quvchi - talaba o’rganayotgan o’quv materiallarining tub mohiyatini tushunib yetadi va amaliyotda ulardan foydalana oladi. Buning uchun o’qituvchi ta’lim jarayonida o’quvchilarning faol ishtirok etishlariga erishmog’i lozim. Faol ishtirok esa bilimlarni ongli tushunib o’zlashtirishga olib keladi.
Ta’limdagi onglilik va faollik, o’quvchidagi ko’tarinki kayfiyat, ko’proq bilishga intilish, mustaqil fikrlash va xulosalar chiqarishga undaydi. Bilimlarni ongli va faol o’zlashtirish o’qitish jarayonining psixologik tomonlarida o’z ifodasini topadi. O’qitishda nazariy bilimlar qanchalik qat’iy bayon etilsa, o’kuvchi talabaning fikr yuritishi shunchalik aniq va ravshan bo’ladi va o’quv materiallarini ongli o’zlashtirish darajasi ham oshadi.
Ta’lim tizimi isloh qilinayotgan hozirgi jarayonda yoshlarning mustaqil fikr yuritishi, mustaqil suratda bilim olishga intilishi talab qilinadi. Buning natijasida bilimlarni o’zlashtirish jarayoni ijodiy tus oladi. Bunday jarayonda o’qituvchi o’kuvchining mashg’ulotlarga munosabati va bu jarayonda o’zini qanday tutishga e’tibor bermog’i lozim. Shunday ekan, ta’limning samaradorligi o’qituvchining o’quvchilarni o’qishga izchil va muntazam qiziqtirib borishga bog’liqdir. Buning uchun o’qituvchi ularni o’qishga ijodiy munosabatda bo’lishga, mustaqillikka, ishchanlikka odatlantirishi lozim.
Ta’lim jarayoni, uning mazmuni, unda ko’tarilgan hayotiy masalalar yoshlar tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Shu sababli ta’lim shaxsni shakllantirishning asosiy manbaidir.
O’qitib tarbiya berish deganda ta’lim va tarbiyaning bir - biridan ajralmasligini tushunamiz. Xar bir o’quv fani hatto, ayrim mavzu va mavzuchalari ham shubhasiz, tarbiyalovchilik xarakteriga ega. Tabiiy fanlar- matematika, kimyo, biologiya, astronomiya va boshqalarni o’zlashtirish orqali o’quvchilarda ilmiy e’tiqod, dunyoqarash shakllana boradi. Ular dunyoni o’rganish mumkinligini ilmiy asosda anglab oladilar. Har bir narsa yuzasidan haqqoniy hukm chiqarishga o’rganadilar.
Gumanitar fanlarning tarbiyaviy ahamiyati yanada kengroq bo’lib, ular komil insonning axloqiy sifatlarini shakllantirishga har tomonlama yordam beradi.
O’quvchi-talaba ilmiy bilimlarni o’zlashtirar ekan, uning dunyoqarashi, iymon- e’tiqodi va qobiliyati o’sib rivojlanib boradi. Ta’limning ko’rsatmalilik qoidasi- ta’lim jarayoni sifatini oshiradi, o’quvchilarning bilim olishlarini osonlashtiradi. Bu qoida o’qitish jarayonida ko’rish, eshitish, hid, ta’m, maza bilish, teri-muskul harakat kabi sezgi organlarining bir yo’la ob’ekt ustida safarbar qilinishini talab etadi.
Ta`limda qo`llanilayotgan ko`rsatmali qurollar o`quvchilarning qanchalik yaqqol va konkret, obrazli idrok qilinishini ta`minlasa va kuzatayotgan ob`ektga mumkin qadar sezgi organlari safarbar qilinsa, o`quv materiallari shunchalik tez, qulay va oson o`zlashtiriladi, uzoq vaqt esda saqlab qolish hamda qayta esga tushirish mumkin bo`ladi. Oqibatda o`quv materiallarining puxta o`zlashtirilishi ta`minlanadi.«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» g’oyalarini amaliyotga tadbiq etish Respublika ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar muvaffaqiyatini ta’minlash, ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan o’qituvchi, tarbiyachi, ishlab chiqarish ustalarining ma’naviy qiyofasi hamda kasbiy mahoratlariga ham bog’liqdir.Shaxsni tarbiyalash ishi nihoyatda murakkab faoliyat jarayoni bo’lib, juda qadimdan ushbu faoliyatga jamiyatning yetuk kishilari jalb etilgandir. Mazkur holat yosh avlod tarbiyasi, uning tashkil etilishi mazmuni nafaqat shaxs kamoloti, balki jamiyat taraqqiyotini ham belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini anglatadi.O’zbekiston Respublikasida o’qituvchi kadrlarning ma’naviy qiyofasi, aqliy salohiyati hamda kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar qo’ymoqda. Chunonchi, bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni qayd etadi: «Tarbiyachi – ustoz bo’lish uchun, boshqalarning aql-idrokini o’stirish, ma’rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib yetishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining ana shunday yuksak talablarga javob berishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo’lishi kerak».Yuqorida qayd etilgan fikrlardan bugungi kun o’qituvchisi shaxsiga nisbatan qo’yilayotgan talablar mazmuni anglaniladi. O’qituvchi (pedagog) pedagogik, psixologik va mutaxassislik yo’nalishlari bo’yicha maxsus ma’lumot, kasbiy tayyorgarlik, yuksak axloqiy fazilatlarga ega hamda ta’lim muassasalarida faoliyat ko’rsatuvchi shaxs sanaladi.Ta’lim jarayonini muvaffaqiyatli tashkil etish unga ta’sir etuvchi omillarga bog’liqdir. Bu omillar ichki va tashqi omillardir.Ichki omillarga diqqat va ustanovkalar, qiziqish kiradi, ya’ni ta’lim jarayonida o’qituvchining o’quvchilar diqqatini tashkil qilishi, turlicha diqqat xususiyatlaridan foydalana olishi, diqqatning barqarorlik va ixtiyoriylik xususiyatini shakllantirishdagi usullardan foydalanib talaba diqqatini rivojlantirib borishdir. Shuningdek, o’quvchilarni ham o’ziga jalb qilish, o’zlashtirishda qiynaladigan, diqqati tarqoq talabalar bilan o’zaro munosabatlar o’rnatishi ta’lim muvaffaqiyatini belgilaydi.O’quvchi har qanday ta’lim jarayonida ham, u o’quvchini qiziqtiradimi, zeriktiradimi undan qatiy nazar dastur mazmunini egallashga tayyor turishlari, ustanovkalar ko’p jihatdan o’qituvchi shaxsiga bog’liqdir.Shuningdek, ichki omillarga bolaning dangasaligi, sustligi, o’z irodasini tashkil qila olmasligi, layoqatining pastligi ham kiradi.Tashqi omillarga o’quv materialining mazmuni va shaklini maqsadga yo’naltirish darajasi, talabaning bir sinfda yoki kursda ikki yil qolishi, bir ta’lim muassasasidan ikkinchisiga ko’chib o’tishi, o’qituvchilarni o’zgarib turishi va ularni o’quv jarayoniga munosabati, talabaning kasal bo’lib qolishi kabilar kiradi. Bular talabalarning bilimlarni o’zlashtirishi va uni uqib olishiga ta’sir qiladi va hatgo, o’zlashtirish jarayonini pasayishiga sabab bo’ladi.Ta’lim-tarbiya sifatinini oshirish ham avvalo, o’qituvchiga, uning bilimi va mahoratiga, ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarni qo’llay olishiga bog’liqdir. Shuning uchun har bir o’qituvchi o’z ustida tinmay ishlasho’i va o’zida pedagogik mahoratni shakllantirib va rivojlantirib borishi lozim.Ta’lim prinsipi ta’lim – tarbiya jarayoniga asos bo’ladigan ta’limiy qonun-qoida ma’nosini ifodalaydi. Darsni tashkil etish, boshqarish, nazorat qilishda talaba va o’qituvchi faoliyatiga qo’yiladigan talablar, didaktik qoidalar ta’lim prinsplari hisoblanadi. Bu prinsplar har fanda o’ziga xos tadqiq etiladi.O‘quv yurtlarida beriladigan bilim ilmiy xarakterga ega bo‘lishi fan-texnikaning so‘nggi yutuq va kashfiyotlarini o‘zida ifoda etishi lozim. Shunday ekan, o‘qituvchi ilm-fandagi yangiliklardan xabardor bo‘lishi lozim, o‘quv fanlari ham ilm-fan asosida yaratiladi. O‘qitishning ilmiylik tamoyillari ta’lim jarayonida o‘quvchi-talabalarni hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti darajasidagi ilmiy bilimlar bilan qurollantirish, ayniqsa talaba yoshlarni ilmiy-tadqiqot usullari bilan tanishtirib borishga qaratilgan.Ilmiylik ta’limning mazmuniga ham, usullariga ham aloqadordir. Shunday ekan, bilim, ilm-fan bilan o‘quv predmeti o‘rtasida hamkorlik o‘zaro bog‘liqlik bo‘lishiga erishish lozim. Ta’limning hamma bosqichlarida ilmiy izoxlardan foydalanmoq lozim.Nazariy bilimlarning amaliyot bilan, turmush tajribalari bilan bog‘lab olib borish ta’limning yetakchi qoidalaridan hisoblanadi. Ta’lim-tarbiya sohasidagi yutuqlar, eng avvalo nazariya bilan amaliyotning o‘zaro bog‘liqligiga asoslanadi. Shundagina o‘quvchi-talaba o‘rganayotgan o‘quv materiallarining tub mohiyatini tushunib yetadi va amaliyotda ulardan foydalana oladi. Buning uchun o‘qituvchi ta’lim jarayonida o‘quvchilarning faol ishtirok etishlariga erishmoq lozim. Faol ishtirok esa bilimlarni ongli, tushunib o‘zlashtirilishiga olib keladi.Ta’limdaga onglilik va faollik, o‘quvchidagi ko‘tarinki kayfiyat, ko‘proq bilishga intilish, mustaqil fikrlash va xulosalar chiqarishga undaydi. Bilimlarni ongli va faol o‘zlashtirish o‘qitish jarayonining psixologik tomonlarida o‘z ifodasini topadi.O‘qitishda nazariy bilimlar qanchalik qatiy bayon etilsa, o‘quvchi-talabaning fikr yuritishi ham shunchalik aniq va ravshan bo‘ladi va o‘quv materiallarini ongli o‘zlashtirish darajasi ham oshadi. Ta’lim tizimi isloh qilinayotgan hozirgi jarayonda yoshlarning mustaqil fikr yuritishi, mustaqil suratda bilim olishga intilishi talab qilinadi. Buning natijasida bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni ijodiy tus oladi. Bunday sharoitda o‘qituvchi o‘quvchining mashg‘ulotlarga munosabati va bu jarayonda o‘zini qanday tutishiga e’tibor bermog‘i lozim. Yoshlardagi o‘qish istagi ta’lim jarayonining zaruriy va mantiqiy qismidir. Shunday ekan, ta’limning samaradorli o‘qituvchining o‘quvchilarni o‘qishga izchil va muntazam qiziqgirib borishiga bog‘liqdir. Buning uchun o‘qituvchi, ularni o‘qishga ijodiy munosabatda bo‘lishga, mustaqillikka, ishchanlikka odatlantirishi lozim.Ta’lim jarayoni, uning mazmuni, unda ko‘tarilgan hayotiy masalalar yoshlar tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli ta’lim, shaxs shakllanishining asosiy manbaidir.O‘qitib, tarbiya berish deganda bizda ta’lim va tarbiyaning bir-biridan ajralmasligini tushunamiz. Shunday ekan, maktab obro‘si, o‘qituvchi obro‘si, avvalo darsda shakllanadi. Til va adabiyot darsimi, matematika darsimi har doim ularning tarbiyaviy imkoniyatlarini ko‘rabilishi, tarbiya usullaridan foydalanish lozim.oʻquvchi-o`quvchi ilmiy bilimlarni o‘zlashtirar ekan, uning dunyoqarashi ham, irodasi va axloqiy sifatlari, imon-e’tiqodi va qobiliyati ham o‘sib rivojlanib boradi.Ta’limning tarbiyaviy imkoniyatlaridan foydalanishda o‘qituvchi avvalo ta’limni uslubiy jihatdan to‘g‘ri tashkil etashga, o‘quv materiallarining mazmuni bilan bog‘liq tarbiyaviy maqsadlarni aniq belgilashga va bilim olishga qiziqtira olishga bog‘liqdir. Shu bilan birga, o‘qituvchining o‘quvchilar oldidagi obro‘-e’tibori ham muhim tarbiyaviy ahamiyatga egadir.O‘qitish jarayonini ko‘rgazmali tashkil etish zarur. Ham eshitish, ham ko‘rsatish orqali o‘quv materiallarini idrok qilish, ularni ongli va puxta o‘zlashtirish, bilimlarni turmushdagi zaruriyatini anglab yetishlariga asos soladi, diqqatni barqarorlashtiradi. Shuning uchun ko‘rgazmali materiallar o‘rganilayotgan mavzuning mazyuniga mos kelishi, o‘quvchi-talabaning yoshi va bilim darajasiga muvofiqlashgan bo‘lishi, hamda ulardan foydalanishning samarali yo‘l va vositalarini qo‘llash va ishlab chiqish lozim. Ko‘rsatmali materiallar o‘quv predmetlarining xarakgeri va mazmuniga qarab turli-tuman bo‘lishi mumkin. Jumladan:a)Buyum va narsalarni asli tabiiy holda ko‘rsatish (o‘simliklar, hayvonlar, gerbariy va kolleksiyalar, laboratoriya mashg‘ulotlariga namoyishlar, ekskursiyalar chog‘ida ko‘rsatiladigan buyum, narsalar).bTasviriy ko‘rsatmali materiallarni namoyish qilish (rasmlar, fotosuratlar, diafilmlar va diapozitivlar, kinofilmlar va boshqalar).v) narsa va buyumlarni shartli belgilar orqali ko‘rsatish (o‘quv xaritalari, sxema, jadval va maketlar).g) ovozli ko‘rsatmali materiallar (gramplastinka, magnitofondagi yozuvlar, ovozli kinofilmlar).Bilimlar turli yo‘l vositalari orqali puxta o‘zlashtirilgandagina, u mustahkam esda qoladi, bu esa o‘quv materiallarni ongli o‘zlashtirishga, nazariya bilan amaliyotni bog‘lashga, ko‘rsatmalilikka amal qilishga va bilimlarni takrorlash orqali mustahkamlashga bog‘liqdir. Ta’limning bosh maqsadi esa bilishlarni sistemali va puxta o‘zlashtirishdir.Ta’lim jarayonidaga muvaffaqiyatlarga faqat bilim berishda o‘quvchi-talabaning o‘ziga xos shaxsiy xususiyatlarini xisobga olganda erishish mumkin.Shuning uchun o‘qituvchida bolalar psixologayasidan tegishli bilimlar yetarli bo‘lishi lozim. Dars jarayonida shu sinf o‘quvchilariga tegishli umumiy xususiyatlarni va har qaysi o‘quvchiga tegishli xususiyatlar ta’limning har bir bosqichida e’tiborga olinishi darkor. Bunga erishish uchun o‘qituvchi o‘quvchilarni kuzatishi va ularning ruxiy olamini o‘rganshpi lozim. Faqat shundagina o‘quvchidagi kamchiliklarning kelib chiqishi sabablari aniqlanadi va ularni bartaraf qilish uchun izlanishlar olib boriladi.Majburiy umumiy o’rta va o’rta-maxsus, kasb-hunar ta’limiga, shuningdek o’quvchilarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga qarab tabaqalashtirilgan ta’limga o’tish to’liq amalga oshiriladi.Ta’lim muassasalarini maxsus tayyorlangan malakali pedagog kadrlar bilan to’ldirish ta’minlanadi, uning faoliyatida raqobatga asoslangan muhit vujudga keltiriladi.Ta’lim muassasalarining moddiy-texnika va axborot bazasini mustahkamlash davom ettiriladi, o’quv-tarbiya jarayoni yuqori sifatli o’quv adabiyotlari va ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlanadi, shuningdek uzluksiz ta’lim tizimini axborotlashtirish amalga oshiriladi.Ta’lim xizmati ko’rsatish bozorini shakllantirish mexanizmlari to’liq ishga solinadi.Ta’lim jarayonini axborotlashtirish, uzluksiz ta’lim tizimi jahon axborot tarmog’iga ulanadigan kompyuter axborot tarmog’i bilan to’liq kamrab olinadi.Kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismlariKadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismlari quyidagilar:Shaxs kadrlar tayyorash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarining iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchidir. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosatiga nazar tashlaydigan bo’lsak, u insonni intellektual va ma’naviy-ahloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog’liq bo’lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxs, fuqaroni shakllantirishni nazarda tutadi. Shu tariqa fuqaroning eng asosiy konstitutsiyaviy huquqlaridan biri-bilim olish, ijodiy qobiliyatni namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanish, kasb bo’yicha mehnat qilish huquqi ro’yobga chiqariladi.Davlat va jamiyat – milliy modelning ikkinchi tarkibiy qismi hisoblanib – u ta’lim va kadrlar tayyorash tizimining faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillaridir.Shuningdek, davlat va jamiyat kadrlar tayyorlash tizimi amal qilishi va rivojlanishining kafillari, yuqori malakali raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash bo’yicha ta’lim muassasalari faoliyatini uyg’unlashtiruvchi sifatida faoliyat ko’rsatadi.Uzluksiz ta’lim. Uzluksiz ta’lim malakaviy raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo’lib, ta’limning barcha turlarini, davlata’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko’rsatish muhitini o’z ichiga oladi.Uzluksiz ta’lim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy extiyojlarini qondiruvchi ustivor sohadir. Shuningdek, uzluksiz ta’lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar ildam tayyorlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi.Fan. Fan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiquvchidir.Fan sohasida:-Birinchidan, tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlari to’g’risidagi yangi fundamental va amaliy bilimlar shakllanadi, kadrlar tayyolash tizimida ommalashtirish, o’rganish va foydalanish uchun kerakli ilmiy natijalar jamlanadi;-ikkinchidan, oliy malakali ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlash amalga oshiriladi;-uchinchidan, kadrlar tayyorlash jarayonini ilmiy-tadqiqot jihatidan ta’minlash jarayoni infrastrukturasi vujudga keltiriladi, ta’limning axborot tarmoqlarida foydalanish maqsadida bilimning turli sohalari bo’yicha axborot bazasi shakllantirildi;-to’rtinchidan, mamlakatimiz ilm-fanining jahon ilm-faniga integratsiyasi sodir bo’ladi, zamonaviy fan va texnologiyalarning eng muhim muammolarini hal etish uchun ilmiy yutuqlarni xalqaro miqyosida almashinuvi amalga oshiriladi.-Kadrlar tayyorlash tizimiga ilm-fanning uzviy ravishda kirib borishi uchun quyidagilar zarurdir: ya’ni, ilg’or pedagogik texnologiyalarni yaratish va o’zlashtirish yuzasidan maqsadli innovatsiya loyihalarini shakllantirish va amalga oshirish yo’li bilan ilm-fanning ta’lim amaliyoti bilan aloqasini ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish;-ilg’or axborot va texnologiyalarni joriy etish uchun eksperimental maydonchalar barpo etish orqali ilmiy-tadqiqotlar natijalarini o’quv-tarbiya jarayoniga o’z vaqtida joriy etish mexanizmini ro’yobga chiqarish;-“Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturini samarali tarzda bajarishni ta’minlash yuzasidan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;-yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, yoshlarning ilmiy ijodiyotini har tomonlama qo’llab quvvatlash;-ta’lim muassasalarida ilmiy tadqiqot va ilmiy pedagogik ishlar darajasini baholashga zamonaviy yondoshuvini ro’yobga chiqarish, ilmiy tadqiqotlar va texnologik ishlanmalar natijalari tijoratlashuvi asosida olimlarning obro’-e’tibori va ijtimoiy malakasini oshirish;-mamlakat ilm-fanining xalqaro ilmiy hamjamiyatga integratsiyasini faollashtirish, ta’lim sohasi va kadrlar tayyorlashni takomillashtirish maqsadida ilmiy yutuqlar va olimlar bilan o’zaro almashinuv jarayonini kuchaytirish;Fan va texnologiyalar sohasidagi faoliyatni ma’naviy va moddiy rag’batlantirish tizimini ishlab chiqish, talabalar va yosh olimlarning ilmiy yutuqlari uchun maxsus mukofotlar va sovrinlar ta’sis etish, maxsus stipendiyalar sonini ko’paytirish, yoshlar ilmiy – texnika ijodiyotining doimiy ishlaydigan ko’rgazma va ekspozitsiyalarini tashkil etadi.Shuningdek, milliy dasturda fan bilan ta’lim jarayoni aloqalarini rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilgan:Ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida ilg’or amaliy ilmiy tadqiqotlar o’tkaziladi, ta’lim sifati davlat ta’lim standartlariga muvofiq kelishini tashkil etish va ta’minlash maqsadida pedagogika va ta’lim sohasida ilmiy tadqiqotlar va ilmiy–uslubiy qo’llanmalar ishlab chiqish faollashtiriladi. Fundamental va amaliy fan sohasidagi ilmiy kadrlarning ta’lim jarayonidagi ishtiroki rag’batlantiriladi, pedagogik va ilmiy–tadqiqot jarayonlarining aloqasi ta’minlanadi. Yoshlarning fan–texnika sohasidagi ijodkorligi har tomonlama qo’llab quvvatlanadi. Nihoyat, Kadrlar tayyorlash milliy modelining beshinchi tarkibiy qismi ishlab chiqarishdir.Respublikamiz ta’lim tizimining asosini tashkil etuvchi uzluksiz ta’limni tashkil etish va ularni rivojlantirish quyidagi prinsiplar asosida olib boriladi.a)Ta’limning ustuvorligi-uning rivojlanishining birinchi darajali axamiyatga ega ekanligi, bilim, ta’lim va yuksak intellektning nufuzi.a)Ta’limning demokratlashuvi – ta’lim va tarbiya uslublarini tanlashda o’quv yurtlari mustaqilligining kengayishi, ta’limni boshqarishning davlat jamiyat tizimiga o’tilishi;v) ta’limning insonparvarlashuvi- inson qobiliyatlarining ochilishi va uning ta’limga bo’lgan turli-tuman ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va umumbashariy qadriyatlar ustuvorligining ta’minlanishi, inson, jamiyat va atrof- muhit o’zaro munosabatlarining uyg’unlashuvi;g) ta’limning ijtimoiylashuvi ta’lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni xosil qilish, ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish;Ta’limning milliy yunaltirilganligi-ta’limning milliy tarix, xalq an’analari va urf-odatlari bilan uzviy uyg’unligi, O’zbekiston xalqlarining madaniyatini saqlab qolish va boyitish,ta’limning milliy taraqqiyotning o’ta muhim omili sifatida e’tirof etish, boshqa xalqlarning tarixi va madaniyatini hurmatlash;Ta’lim va tarbiyaning uzviy bog’liqligi, bu jarayonning har tomonlama kamol topgan insonni shakllantirishga yo’naltirilganligi;j) iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga ta’limning eng yuqori darajasida,izchil ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish.Ta’limning, ya’ni uzluksiz ta’lim sohasidagi islohotlar quyidagilarni nazarda tutadi:-ta’lim tizimining kadrlar salohiyatini tubdan yaxshilash, tarbiyachi, o’qituvchi, muallim va ilmiy xodimning kasbiy nufuzini oshirish;-ta’lim tizimini tarkibiy jihatdan qayta qurish ta’lim, fan, texnika va texnologiyaning, iqtisodiyot va madaniyatning jahon miqyosidagi zamonaviy yutuqlarni hisobga olgan holda kasb-hunar ta’limi dasturlarini tubdan o’zgartarish;-majburiy umumiy o’rta ta’limdan o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga o’tishni ta’minlash;-maxsus, kasb-hunar ta’limining markazlari sifatida fan va ishlab chiqarish integratsiyalashgan yangi tipdagi o’quv muassasalarini vujudga keltirish;-ilg’or texnologiyalarni keng o’zlashtirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlar, chet el investitsiyalari ko’lamlarining kengayishi, tadbirkorlik, kichik va xususiy biznesni rivojlantirish bilan bog’liq ya’ni kasb-hunar va mutaxassisliklar bo’yicha kadrlar, shu jumladan boshqaruv tizimi kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;-milliy mustaqillik prinsiplari va xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlarining ustuvorligi asosida ta’limning barcha darajalari va bo’g’inlarida ta’lim oluvchilarning ma’naviy va ahloqiy fazilatlarini rivojlantirish;-ta’limni boshqarish tizimini takomillashtirish, jamoat boshqaruvi shakllarini rivojlantirish, ta’lim muassasalarini mintaqalashtirish.-ta’lim olishda, shuningdek bolalar va yoshlarni ma’naviy – ahloqiy intellektual va jismoniy jihatdan tarbiyalashda oila, ota-onalar, jamoat tashkilotlari, maxallalar, hayriya va xalqaro fondlarining rolini kuchaytirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirish;-ta’lim jarayoni va kadrlar tayyorlash sifatiga xolis baxo berish tizimini yaratish va joriy etish;-ta’lim va ilm-fan bilan bog’liq chet el hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish va rivojlantirish;-tub yerli millatga mansub bo’lmagan shaxslarga zich yashaydigan joylarda ular o’z ona tillarida ta’lim olishlari uchun tashkiliy va pedagogik shart-sharoitlar yaratish;-ta’limning barcha darajalarida ta’lim oluvchilarning huquqiy, iqtisodiy, ekologik va sanitariya gigiyena ta’limi hamda tarbiyasini takomillashtirish.«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da uzluksiz ta’lim tizimi va turlari belgilab qo’yilgan. Shuningdek, uzluksiz ta’lim tizimining faoliyat olib borishi Davlat ta’lim standartlari asosida, turli darajalardagi ta’lim dasturlarining izchilligi asosida ta’minlanadi va qo’yidagi ta’lim turlarini o’z ichiga oladi, ya’ni ular quyidagicha:Maktabgacha ta’lim.Umumiy o’rta ta’lim.O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi.Oliy ta’lim.Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim.Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash.Maktabdan tashqari ta’lim.Kadrlar tayyorlash milliy modelining o’ziga xos xususiyati mustaqil ravishdagi to’qqiz yillik umumiy o’rta hamda uch yillik o’rta maxsus kasb-hunar ta’limini joriy etishdan iboratdir. Bu esa umumiy ta’lim dasturlaridan o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi dasturlariga izchil o’tilishini ta’minlaydi.Ta’lim prinsiplari mohiyatiDidaktlar ta’lim prinsiplari mohiyatini yoritishda turli nuqtai nazarlarni asos qilib olishgan. K. Sosinitskiyning fikricha. Ta’lim prinsiplari umumiy qonuniniyatlar bo’lib, ular o’quv-tarbiya jarayonida qat’iy rioya qilish yo’li bilan amalga oshiriladi. Uning fikricha, har bir prinsip ta’lim jarayonining muayyan komponentiga taaluqli: ko’rsatmalilik prinsipi ta’lim vositalariga, bola shaxsini rivojlantirish prinsipi ta’lim maqsadiga bog’liq. Ammo ta’lim prinsiplarini o’quv-tarbiya jarayoni komponentlari asosida belgilash ularning umumiy qodalar ekanligini inkor qilishga olib keladi. Zero, ta’lim prinsiplari o’quv-tarbiya jarayonining barcha komponentlariga, o’qituvchi va o’quvchi faoliyatiga, barcha o’quv predmetlarini o’qitish masalalariga daxldor umumiy talablar, qodalardir.Ta’lim prinsiplarini o’quv- tarbiya jarayoni qonuniyatlari asosida belgilash g’oyasi ham mavjud. N.A. Sorokni ta’limning rivojlantiruvchanlik va tarbiyalovchanlik xususiyatlarini qonuniyat sifatida belgilaydi va shular asosida ta’lim prinsiplari xususiyatlarini bayon etadi. V.I Zagvyazinskiy ham o’quv-tarbiya jarayonida amal qiladigan qonuniyatlar va ta’lim prinsiplari o’rtasidagi aloqadorlikni hisobga olib keyingilarini, ya’ni ta’lim prinsiplarini tasnif etadi.Prinsiplarni ta’lim jarayoni qonuniyatlaridan kelib chiqib belgilash, garchand bu ularga yangicha yondashish bo’lsa-da, u mohiyat bilan bilan zaruriyatgi tenglashtirishga hatto almashtirishga olib keladi. Zotan qonuniyatlar kishiga, uning ongiga bog’liq bo’lmagan holda mavjud.Boshqacha aytganda, ular narsaning o’zida, o’rganilayotgan jarayonining tarkibiga amal qiladi. Faning vazifasi shu qonuniyatlarni izlash, topish va izohlashdan iborat. Ta’lim prinsiplari, birinchi navbatda, amaliyotga, binobarin, zaruriyatga daxldor. Shu tufayli ular ta’limni tashkil etish, boshqarish va nazorat etish mezonlari sifatida amal qiladi.Prinsiplar umumdidaktik kategoriya bo’lib, ular ta’limning barcha turlari (individul, guruh, umumsinf), darajalari (boshlang’ich, o’rta, professional, oliy), sub’ektlari (o’qituvchi, o’quvchilar kollektivi), o’quv-tarbiya jarayonining hamma komponntlari (ta’limning maqsadi, vazifasi, vositasi, mazmuni, metodlari, tashkiliy shakllari, natijalari)ga daxldor umumiy qoidalardir. Shuningdek. Ular maktab rahbarlari, metodis va inspektorlar, ilmiy-pedagogik izlanishlar olib boruvchi shaxslar, talabalar uchun ham zarur. Bulardan, ta’lim prinsiplarini pedagogik faoliyat bilan mashg’ul kishilarning barchasi o’rganishlari lozim, degan xulosa kelib chiqadi. Ta`lim prinsiplarini takomillashtirish bo`yicha olib borilgan islohotlarni eslaymiz.O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov hali davlat mustaqilligini qo’lga kiritmasdanoq Kadrlar Tayyorlash masalasiga alohida e’tibor qaratgan edi: -“aytish kerakki kadrlarni puxtaroq qilib tarbiyalamasdan, ularning qadriga yetmasdan, ularga ishonmasdan va qullab quvvatlamasdan, o’ylanmanki, birorbir sohada ahvolni hech qanaqa tarzda o’zgartirib bo’lmaydi”, degan edi.Ta’lim sohasining isloh qilinishi arafasida O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov o’tgan davr mobaynida amalga oshilgan tadbirlarni zamon talab qilayotgan darajada emasligiga alohida to’xtalib o’tgan edi.Bu birinchidan, eski sho’rolar davridan qolgan ta’lim tarbiya tazimida mafkuraviy qarashlarning va sarqitlarning hali ham mavjudligida;Ikkinchidan, ta’lim tarbiya va o’quv jarayonini bir- biri bilan uzviy bog’lash, ya’ni uzluksiz ta’lim tarbiya tizimini tashkil qilish muammolarining o’z yechimi topolmay qolganligida;Uchinchidan, Respublikamizdagi amaldagi ta’lim tarbiya tizimimiz bugungi zamonaviy, taraqqiy topgan demokratik davlatlar talablariga javob bera olmasligi ko’p joylarda yaqqol ko’rinyotganligida, shuningdek, mutaxassis kadrlar tayyorlash, ta’lim va bilim berish tizimi hayotimizda, jamiyatimizda bo’layotgan islohotlar, yangilanish jarayonlari talablari bilan yaqinroq bog’lanmaganligida ham ko’zga tashlanib turganiligini ilmiy jihatdan asoslab bergan.Shuningdek, ta’lim sohasining ta’lim-tarbiya jarayonining ko’ngildagidek natija berishi asosan o’qituvchiga borib taqalishini, ya’ni tarbiyachining saviyasiga, u qanchalik darajada zamonaviy bilim, tajriba va ushbu bilim ko’nikmalarini o’quvchi onggiga qay darajada va qanday metodlarni qo’llash orqali yetkazib bera olishi mumkinligini jiddiy muammo ekanligini alohida ta’kidlaydi.


Yüklə 39,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə