Ta’lim tamoyillari Reja


Ta’lim-tarbiya sifatini oshirishda didaktik yo`ndoshuv



Yüklə 40,25 Kb.
səhifə5/6
tarix28.03.2023
ölçüsü40,25 Kb.
#103387
1   2   3   4   5   6
ta\'lim tamoyillari

Ta’lim-tarbiya sifatini oshirishda didaktik yo`ndoshuv
Ta’lim-tarbiya sifatini oshirish va bunda didaktik tamoyillarga yondashish mexanizmlarini tadqiq qilish hozirgi kunda o’z yechimini to’liq topgan emas.
Pedagogika fani yuksalishiga ko’plab olimlar o’z hissalarini qo’shib kelishgan. A. Zunnunov, U. Mahkamov, J. Hasanboyev, R.Jo`rayev, K.Hoshimov, S.Nishonova, O.Hasanbayeva, O.To`rayeva, O`.Tolibov, X.Ibragimov kabi yirik olimlarimiz pedagogika fanining hozirgi kundagi dolzarb masalalari yuzasidan tadqiqotlar olib borib, uning rivojiga muhim hissa qo`shib kelmoqdalar.
Ta'lim nazariyasi, didaktika, ta’lim qonuniyatlari va tamoyillari masalalari o’zbek mutafakkirlari va ma'rifatpavarlarining, pedagog olimlari (S.Rajabov, A.Munavvarov, O.Roziqov, R.Mavlonova, N.Toxtaxodjayeva, J.Hasanboyev, U.Mahkamov va boshqalar) ning ham diqqat-e'tiborida bo’lib kelgan. Ular tomonidan yaratilgan darslik va qo’llanmalarda didaktik prinsiplar mohiyati yoritilgan.
Pedagog olimlarimiz M. Ochilov, N. Sayidahmedov, J. G’. Yo’ldoshev, N. Azizxodjaeva, M.To’xtaxodjayeva, R.Mavlonovalarning ishlarida ta’limqonuniyatlari va prinsiplariga to’xtab o’tilgan. O.Roziqov, B.Azizov, G.Najmiddinovalarning “Umumiy didaktika”sida ta’lim prinsiplari tizimi va tavsifi berilgan.
YA.A.Komenskiyning buyuk xizmati shunan iboratki, u didaktika tarixida birinchi marta ta’lim prinsiplarini tartibga solish masalasi bilan shug’ullandi. “Buyuk didaktika” asarining XV-XVIII boblarida amaldagi prinsiplarpning ko’pchiligi asoslangan edi. 1975 yili YA.A. Komenskiyning “Buyuk didaktika” asari o’zbek tilida M.Ochilov muharrirligida chop etilgan.
Bu sohada mutafakkirlarimizdan Ibn Sinoning fikrlari ham o’ziga xosdir. Uning «bilim orqali erishiladigan natijalar» haqidagi ta'limoti o’qitish nazariyasida alohida o’rin egalladi. Uning fikricha, buyumlarni chinakam bilish, tashqi ko’rinishini tahlil qilish, sabablarini aniqlash asosida aql bilan erishiladi. Ibn Sino aqlning rivojlanish bosqichlarini ishlab chiqqan.
So’ngi yillarda davriy nashrlarda va ilmiy jurnallarda tadqiqot mavzusiga doir bir qator maqolalar xam chop etilgan bo’lib, ularda didaktik prinsiplarning ayrim jixatlari yoritib berilgan. Zamonaviy fanga aniq qonuniyatlar ko’plab soni ma’lumdir. Ular qatoriga quyidagilar kiradi:

  1. Didaktik qonuniyatlar.

  2. Gnoseologik qonuniyatlar.

  3. Psixologik qonuniyatlar.

  4. Kibernetik qonuniyatlar.

  5. Sotsiologik qonuniyatlar.

  6. Tashkiliy qonuniyatlar.

Didaktik tamoyillar (didaktika tamoyillari) o’quv jarayonining umumiy maqsadlari va qonuniyatlariga binoan uning mazmuni, tashkiliy shakl va metodlarini belgilovchi boshlang’ich qoidalardir.
Quyidagi jadvaldan Sharq allomalari Muhammad al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Al-Kindiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Muslihiddin Sa’diy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiylar ham ta’limning ilmiyligi, ongliligi, ko’rgazmaliligi, tushunarliligi, ketma-ketligi, muntazamligi, moslashuvchanligi va mustaqilligi, shuningdek, bolaning individual xususiyatlari, layoqati va qobiliyatlarini hisobga olish, ta’limni insonparvarlashtirish kabi qoida va tamoyillarini ifoda etib berganlari anglanadi (1-ilovaga qarang). Ushbu mutafakkirlarimizning quyidagi tamoyillarni ilgari surganini ko’rishimiz mumkin:
Al-Xorazmiy (757-850 yillar)

  • Mustaqillik (ijodiy faollik);

  • kuzatilgan voqea va hodisalarni tushuntirishda muntazamlik, ketma-ketlik;

Al-Kindiy (800-871 yillar)

  • o’qitishning ilmiyligi va ongliligi;

  • anglash faoliyatini faollashtirish;

  • mantiqiy fikrlash;

  • k´rgazmalilik;

  • tizimlilik, ketma-ketlilik va hokazolar


Yüklə 40,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə