Ta’lim tizimini moliyalashtirishni isloh qilish masalalari



Yüklə 338,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix26.05.2023
ölçüsü338,65 Kb.
#113045
  1   2   3   4   5
1296-Article Text-2749-1-10-20210426



Ta’lim tizimini moliyalashtirishni isloh qilish masalalari 
 
Xotamjon Abdukarimovich Qobulov 
hqobulov@rambler.ru 
Maftuna Bahodirovna Kimsanboyeva 
maftuna2019@yandex.ru 
Toshkent moliya instituti 
 
Annotatsiya: 
Maqolada O‘zbekistonda ta’lim tizimini moliyalashtirishdagi 
islohotlar hamda ulardan kutilayotgan moliyaviy natijalar tahlil qilingan. Yetuk xorijiy 
va mahalliy iqtisodchi olimlarning taʻlim tizimini moliyalashtirishpf oid qarashlari
fikrlari solishtirma tahlil qilingan. Mamlakatimizda izchillik bilan amalga 
oshirilayotgan taʻlim sohasidagi islohotlarning moliyaviy jihatlari tadqiq qilingan va 
xulosalar berilgan. 
Kalit so‘zlar: 
ta’lim tizimi, ta’lim xizmatlari, taʻlim sohasidagi islohotlar
byudjet, ta’limni moliyalashtirish
 
Issues of reforming the financing of the education system 
 
Khotamjon Abdukarimovich Kobulov 
hqobulov@rambler.ru 
Maftuna Bahodirovna Kimsanboyeva 
maftuna2019@yandex.ru 
Tashkent Financial Institute 
 
Abstract:
The article analyzes the reforms in the financing of the education 
system in Uzbekistan and the expected financial results. The views of leading foreign 
and domestic economists on the financing of the education system are compared. The 
financial aspects of the ongoing reforms in the field of education in our country have 
been studied and conclusions have been drawn. 
Keywords:
education system, education services, education reform, budget, 
education financing 
 
Kirish 
O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli 
islohotlar barcha yoshlarning ta’lim xizmatlaridan bir xilda foydalanishi, o‘qituvchilar 
malakasi va ta’limning yuqori sifatini ta’minlashga qaratigan. Ta’lim sifati va 
"Science and Education" Scientific Journal
April 2021 / Volume 2 Issue 4
www.openscience.uz
698


samaradorligini oshirish bilan bir qatorda tizimni rejalashtirish va moliyaviy 
ta’minlash masalalari islohotlar markazida turadi. 
Ta'lim har bir jamiyatning ajralmas tarkibiy qismi, madaniyatni rivojlantirishning 
yuksak ko‘rsatkichi hisoblanadi. Ijtimoiy tajribaning bog‘lovchi bo‘g‘ini sifatida u 
madaniy an'analar butunligi va vorisiyligini hamda jamiyat taraqqiyotini ta'minlaydi. 
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’kidaganidek 
“Biz o‘z oldimizga mamlakatimizda 
Uchinchi Renessans poydevrini barpo etishdek ulug‘ maqsadni qo‘ygan ekanmiz, 
buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug’beklar, Navoiy va 
Boburlarni tarbiyalab beradigan muhim sharoitlarni yaratishimiz kerak. 
Buning 
uchun, avvalambor, ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror 
toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g‘oyamizning asosiy 
ustunlari bo‘lib xizmat qilishi lozim. 
Ushbu maqsad yo‘lida yoshlarimiz o‘z oldiga katta marralarni qo‘yib, ularga 
erishishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish va har tomonlama ko‘mak berish 
barchamiz uchun eng ustuvor vazifa bo‘lishi zarur. Shundagina farzandlamiz 
xalqimizning asriy orzu-umidlarini ro‘yobga chiqaradigan buyuk va qudratli kuchga 
aylanadi” [1]. 
Bir so‘z bilan aytganda, bola tug‘ilganidan boshlab, 30 yoshgacha bo‘lgan davrd 
uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydigan, hayotda munosib o‘rin topishi uchun 
ko‘mak beradigan, yaxlit va uzluksiz tizim yaratiladi. 
Dunyo tajribasi shuni ko‘rsatadiki, yosh avlodni har tomonlama barkamol etib 
voyaga yetkazish uchun sarflangan sarmoya jamiyatga o‘n yuz barobar ko‘p foyda 
keltiradi. 
Shuni aytishimiz kerakki davlat byudjetdan ta’lim tizimini moliyalashtirishni 
samarali tashkil etish masalasi bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri 
hisoblanadi. 

Yüklə 338,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə