Ta’lim va tarbiyaning psixologik asoslari


Xulq-atvor va odatni shakllantirish - shaxsni tarbiyalashning asosiy yo’nalish sifatida



Yüklə 49,11 Kb.
səhifə7/9
tarix20.05.2023
ölçüsü49,11 Kb.
#111671
1   2   3   4   5   6   7   8   9
referat

7. Xulq-atvor va odatni shakllantirish - shaxsni tarbiyalashning asosiy yo’nalish sifatida
Tarbiya psixologiyasi maqsadga muvofiq ravishda tashkil etilgan pedagogik jarayon sharoitida inson shaxsi shakllanishining qonuniyatlarini o’rganadi, Tarbiya har qanday jamiyatning muhim vazifasidir.
Tarbiya - bu shaxsning ijtimoiy, ma'naviy va ishlab chiqarish faoliyatiga tayyorlash maqsadida uning ma'naviy, jismoniy kamolotiga muntazam ravishda ta'sir ko’rsatish jarayonidir.
Prezidentimiz I.A.Karimov: "Ta'limning yangi modeli jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi, o’zining qadr-qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda aniq maqsadga ega bo’lgan insonlarni tarbiyalash imkoniga ega bo’lamiz" deb ta'kidlaganlaridek, "Ta'lim to’g’risida" gi qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" bugungi kunda shaxs tarbiyasiga jiddiy e'tiborni qaratmoqda. Tasavvur qiling: ilmli, katta ixtirolarga qurbi yetadigan, qonunlarni yaxshi o’zlashtirgan mutaxassis - ma'naviyatsiz, tarbiyasiz, axloqsiz bo’lsa nima bo’lishi mumkin? U o’z manfaatini o’ylaydi. Vatan uchun biror narsa qurbon qila olmaydi, chunki u_xudbin. Unda mehr-oqibat, fidoyilik, vatanparvarlik, milliy g’urur yo’q. U muhtojlarga yordam bermaydi, chunki unda tarbiya shakllanmagan.
Xulq-atvor va odatni shakllantirish - ma'lumki, odam ongining yuksak belgilaridan biri - uning o’zini anglashidir. Odamning o’zini anglashi o’z navbatida shaxsning muhim belgisi hisoblanadi. Odam o’z tevarak-atrofidagi olamni biluvchi va shu olamga ta'sir etuvchi sub'ektdir. Odamning idrok etadigan, tasavvur qiladigan narsalari uning uchun ob'ektdir. Ana shu nuqtai-nazardan olganda, odamning o’zini anglashi sub'ektiv ravishda o’zini "men" deb his qilishida ifodalanadi.
Odam ijtimoiy zot bo’lganligidan unga o’zligini anglash qobiliyati xosdir. Faqat ijtimoiy hayotda, o’zga kishilar bilan kiladigan har turli munosabatlarda odamning o’zini anglashi, o’zini "men" deb bilishi vujudga keladi va taraqqiy etadi. Odam o’zini alohida shaxs sifatida kim deb bilishi, o’zining o’tmishi va kelajagini anglashi, o’z huquq va burchini anglashi va nihoyat o’zining fazilat hamda kamchiliklarini anglashi, o’zini anglashiga kiradi.
Insonning tabiatini o’zgartiradigan, uning shaxsini tarkib topishiga ta'sir qiladigan kuch ijtimoiy omillar yoki boshqacha qilib aytganda, jamiyat ishlab chiqarish kuchlari hamda ishlab chiqarish munosabatlarining o’sishi va o’zgarishidir. Bundan tashqari yana inson shaxsining tarkib topishiga ta'sir qiluvchi kuchli omil -inson orttirgan tajribalarining tarbiya vositasi orqali bolalarga berilishidir. Shunday qilib, inson shaxsi juda murakkab psixologik kategoriya bo’lib, u kishining individual hayoti davomida ma'lum konkret omillarning ta'siri ostida sekin-asta tarkib topadi. Ilmiy manbalarga qaraganda inson shaxsi uchta faktorlar ta'sirida tarkib topadi. Ulardan birinchisi, odam tug’ilib o’sadigan tashqi ijtimoiy muhitning ta'siri bo’lsa, ikkinchisi, odamga uzoq muddat davomida sistemali ravishda beriladigan ijtimoiy ta'lim-tarbiyaning ta'siridir va nihoyat, uchinchisi odamga nasliy yo’l bilan beriladigan irsiy omillarning ta'siridir.
Insonning psixik taraqqiyotida va shaxsiy sifatlarining tarkib topishida tashqi, ijtimoiy muhit va tarbiyaning roli hal yetuvchi ahamiyatga egadir. Lekin, inson shaxsining tarkib topishi, yuqorida aytib o’tganimizdek, faqat shu ikkita faktorga emas, balki uchinchi bir faktorga ham bog’liqdir. Bu faktor nasliy yo’l bilan ayrim anatomik va biologik xususiyatlarning ta'siridir. Odamga nasliy yo’l bilan ayrim anatomik va biologik xususiyatlar beriladi. Masalan: tanasining tuzilishi, sochi va ko’zlarining rangi, ovozi, gapirish uslublari, ayrim harakatlari tug’ma ravishda berilishi mumkin.
Lekin, shuni hech qachon esdan chiqarmaslik kerakki, odamga hech vaqt uning psixik xususiyatlari, ya'ni uning aqliy tomonlari bilan bog’liq bo’lgan sifatlari nasliy yo’l bilan berilmaydi. Nihoyat, nodir rollarda ayrim qobiliyatlar, masalan, musiqa, matematika qobiliyatlarda nasliy yo’l bilan berilishi mumkin. Bunday imkoniyatlarning amalga oshirilishi, ya'ni ro’yobga chiqishi uchun albatta, ma'lum sharoit bo’lishi kerak.
Hozirgi kunda xalqimiz orasidan yetishib chiqqan iste'dodli olimlar, muhandis-ixtirochilar, yozuvchi va shoirlar, davlat va jamoat arboblari, iste'dodli artistlar, rassomlar va boshqa kishilarimizga nasliy yo’l bilan berilgan barcha imkoniyatlarning ro’yobga chiqishi uchun har qanday sharoit maydonga kelganligini dalili bo’la oladi.
Bolalar maktab yoshiga yetgach, shaxs shakllanishining yangi mazmuni boshlanadi. Kichik maktab, o’smirlik va katta maktab yoshi davrlarida shaxs shakllanishining yuqori bosqichi namoyon bo’ladi.
Inson shaxsini o’rganish masalasi bilan falsafa, psixologiya, pedagogika kabi fanlar shug’ullanadi. hozirgi davrda inson muammosi aniq va gumanitar fanlarning umumiy tadqiqot ob'ektiga aylanib bormoqda. Shunga qaramasdan, bir tomondan, insonni o’rganishda differensiasiga hodisasi yuz bermoqda, ikkinchi tomondan, inson taraqqiyotining sintetik tavsifi bo’yicha integrasiya holati ko’zga tashlanmoqda. Inson bir qator fanlarning tadqiqot ob'ektiga aylanganligini yirik tarzda tasavvur etish uchun, uni biososial va sosiobiologik jihatdan o’rganish maqsadga muofiq.
Ma'lumki, inson hayoti va faoliyatining operasional (o’quv, operatsiya, harakat, malaka) mexanizmi uning ontogenezida funksional mexanizmga o’sib boradi, binobarin, unda komillik belgisi shakllanadi, natijada u kamolot cho’qqisining muayyan darajasiga erishadi.
Inson - jamiyat - tabiat - turmush munosabatlarini tekshirgan rus olimlari S.L.Rubinshteyn, L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, B.G.Ananev odamning ular bilan har xil turdagi va ko’rinishdagi kauzal, strukturaviy, funksional, fazoviy va makoniy aloqalar tizimi mavjudligini ta'kidlab o’tganlar.
Birinchidan, inson u yoki bu aloqalar tizimiga binoan biologik mansuli "Noto Sariens" sifatida o’rganiladi.
Ikkinchindan, tarixiy jarayonning ham ob'ekti, ham sub'ekti tariqasida shaxs taqdim etiladi.
Uchinchidan, individ muayyan ko’lamda o’zgaruvchan, taraqqiyotning genetik dasturiga asoslanuvchi alohida xususiyatli jonzot tarzida ilmiy jihatdan tekshiriladi. Insonni jamiyat ishlab chiqarishining yetakchi tarkibi, bilish, kommunikasiya va boshqaruv sub'ekti, tarbiya predmeti sifatida taqdim etilishi muhim ahamiyatga ega. Inson va uning borliq bilan ko’p hirrali munosabatga hamda aloqaga kirishishi quyidagi tarzda namoyon bo’lishi mumkin:
- tabiatning biotik va abiotik omillari - inson;
- jamiyat va uning tarixiy taraqqiyoti - inson;
- inson - texnika;
- inson - madaniyat;
- inson va jamiyat - yer va fazo.
XXI asrda ham odam individ, shaxs, sub'ekt, komil inson sifatida talqin qilinishda davom ettiriladi, lekin har bir tushuncha mohiyatida sifat o’zgarishlari yuz berishi mumkin,
Odamga individ sifatida tavsif berishda uning yosh davri, jinsiy va individual-tipologik xususiyatlariga asoslaniladi. Yosh davr sifatlari ontogenetik evolyusiya bosqichlarida izchil ravishda namoyon bo’ladi va takomillashuv jarayonida o’z ifodasini topadi, jinsiy dimorfizm xususiyati esa ularga mos tushadi. Individning individual-tipologik xususiyatiga konstitusion (tana tuzilishi, bioximik individuallik) holatlar, simmetriya va assimetriya juft reseptorlari, effektorlari funksiyasi kiradi. Bu xususiyatlar va xossalar birlamchi hisoblanib, hujayra va molekulyar tuzilishning barcha darajalarida ishtirok etadi.
Yosh, jinsiy va individual tipologik xususiyatlar sensor, mnemik, verbal va mantiq psixofiziologik funksiyalari dinamikasi hamda organik extiyojlar tuzilishini aniqlaydi. Individning bu xususiyatlarini ikkilamchi deb atab, ularning integrasiyasi temperamentida va tug’ma mayllarda ifodalanilishini ta'kidlab o’tish joiz. Yuqoridagi sifatlar rivojining muhim shakli ontogenetik evolyusiyadan iborat bo’lib, ular filogenetik dasturga asoslanib hukm suradi. Yosh va individual o’zgaruvchanlik insoniyatning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti ta'siri ostida har xil ko’rinishda namoyon bo’ladi. Individning dinamik xususiyatlariga shaxsning ijtimoiy sifatlari ta'sir etib, uning individual o’zgaruvchanligi omilini kuchaytiradi. Insonning shaxs sifatida tavsiflashning muhim lahzasi, uning dinamik xususiyatlari hisoblanib, jamiyatdagi statusi (iqtisodiy, siyosiy, xuquqiy, mafkuraviy, ya'ni uning jamiyatda egallagan o’rni) orqali ifodalanadi. Status negizida doimiy o’zaro aloqalar tizimi yotadi. Rolning ijtimoiy funksiyasi muayyan maqsadlarga va qadriyatlarga yo’nalganlik shaxsni faollashtiradi. Status, rol, qadriyatga yunalganlik shaxs xususiyatlarining birlamchilarini tashkil etadi va uning tuzilishida asos bo’lib xizmat qiladi. Shaxsning ta'rifi xulq motivasiyasi xususiyati va ijtimoiy fe'l-atvor tuzilishini belgilab, uning tarkibidan ikkilamchi alomatlar sifatida joy egallaydi. Shaxsning birlamchi va ikkilamchi sifatlarining o’zaro ta'sirini birlashtiruvchi yuksak samara tarzida inson xarakteri va mayllari yuzaga keladi. Insonning shaxs xislatlarini rivojlantiruvchi asosiy shakl - uning jamiyatdagi hayot yo’li va ijtimoiy tarjimai holi hisoblanadi.Individ, shaxs va sub'ekt taraqqiyotining tadqiqotida quyidagi holatlarga e'tibor qilish zarur:
-inson rivojining asosi hisoblangan omillar va shart- sharoitlar (ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, mafkuraviy, pedagogik va yashash muhiti omillari);
-insoning o’ziga taalluqli, asosiy tavsiflar, uning ichki konuniyatlari, mexanizmlari, evolyusiya bosqichi, barqarorlashuvi va involyusiya;
-inson yaxlit tuzilishning asosiy tarkiblari, ularning o’zaro aloqalari, shaxsning tashqi ta'sirlarga javobi va munosabati, taraqqiyot jarayonida ularning takomillashuvi kabilar.
Uch xil xususiyatli tadqiqot dasturining tarkibiy qismlari insonning amaliy va nazariy faoliyatining mezonlari hisoblanadi. Chunki, faoliyatda yashash muhiti tarixiy tajribani egallash, interiorizasiya va eksteriorizasiya amalga oshadi.
Odamning maqsadga qaratilgan ijtimoiy foydali faoliyati prosessida hayotiy deb ataladigan mexanizmlari va ongli faoliyatining funksional sistemasi prosesslari yuzaga keladi. Ana shular tufayli odam bilimlarni, ko’nikma va malakalarni, kishining ijtimoiy tajribalarini o’zlashtiribgina qolmay, balki o’zining idroki, tafakkuri, xayoli, hissiyotlari va irodasini bir so’z bilan aytganda, voqelikka bo’lgan ongli munosabatini hamda o’z harakatlari va xulh-atvorining motivlarini tarkib toptiradi.
Shaxsning barcha xususiyatlari, munosabatlari va hatti-harakatlari shaxsning hayoti faoliyatida ma'lum rolni bajaruvchi va har biri murakkab qurilmadan iborat bo’lgan hamda shartli ravishda to’rtta o’zaro mustahkam bog’langan funksional bosqichlarga birlashtiriladi:
Birinchisi - boshqaruv tizimi;
Ikkinchisi -stimullashtirish tizimi;
Uchinchisi - stabilizasiyalash tizimi;
To’rtinchisi - indikasiyalash tizimi.
Shaxsning ana shu ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan barcha sifatlari ijtimoiy taraqqiyotning yuksak ongli faoliyatchisi sifatidagi shaxsning hulq-atvori va hatti-harakatlarini belgilaydi.
Birinchi tizimning hosil bo’lishida analizatorlar o’rtasidagi doimiy tabiiy aloqani aks ettiruvchi filogenetik mexanizmlar katta rol o’ynaydi.
Biroq, bu ilgari yuqorida ta'kidlab o’tganimizdek ontogenez prosessida filogenetik analizatorlar o’rtasidagi aloqa vaqtli aloqalar bilan organik jihatdan qo’shilib keladilar. Bunda mazkur tizimning ichida perseptiv tizimiga o’tib ketadigan yuksak darajada integrasiyalangan ma'lum ichki sensor komplekslarni hosil qiladi. Bunday komplekslar qatoriga nutq, eshitish, ko’rish hamda sensomotor komplekslarni kiritish mumkin. Mana shu komplekslarning hammasi odamning hayot-faoliyati jarayonida o’zaro bir-biri bilan doimiy aloqaga kirishib, sensor-perseptiv uyushishning yagona funksional dinamik tizimini yaratadi. Insonning sensor-perseptiv jihatlari doimo takomillashib boradi.
Ikkinchi tizim barqaror psixik holatlarni o’z ichiga oladi. Bu holatlar bolaning ani? maqsadni ko’zlovchi va foydali faoliyatining ongli sub'ekti sifatida bola boshlagan ilmlarining dastlabki yillaridayoq shakllana boshlaydi. Temperament, intellekt, bilim va munosabat ana shunday xususiyatlar jumlasiga kiradi.
Uchinchi tizim - shaxsni arbob sifatida stabilizasiya tizimidir. Yo’naltirilganlik, qobiliyat, mustaqillik va xarakter uning tarkibiy qismini tashkil etadi.
Yo’naltirilganlik - shaxsning integral va generalizasiya qilingan xususiyatidir.
Yo’naltirilganlik bilim, munosabatlarning hamda shaxsning xulq-atvori va hatti-harakatlarida ijtimoiy ahamiyat yetakchilik kilgan motivlarning bir butun ekanligida o’z ifodasini topadi. Bu xususiyat odamning dunyo qarashi, qiziqishlari va ma'naviy ehtiyojlarida namoyon bo’ladi.
Yo’naltirilganlik strukturasida qoyaviy e'tiqod katta ro’l o’ynaydi. qoyaviy e'tiqod - bu bilimning, o’sha shaxsga xos bo’lgan intellektual, emosional va iroda sifatlarining sintezi, qoyalar va qatti-harakatlar bir butunligining negizidir.
To’rtinchi tizim o’z ichiga shunday xususiyatlar, munosabatlar va qatgi-harakatlarni oladiki, ularda real shaxslarning ijtimoiy "o’y fikrlari va his-tuyg’ulari" aks ettiriladi. Ular bu shaxslarning siyosiy jihatdan ongli, ijtimoiy taraqqiyotning mas'ul arboblari sifatida xulq-atvorini belgilab beradi. Bunga gumanizm, kollektivizm, optimizm va mehnatsevarlik fazilatlari kiradi.



Yüklə 49,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə