Ta’lim vazirligi 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi


 .4 .  Uzoq  yillik  xizmat  davri  va  uning  pensiya



Yüklə 5,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/81
tarix12.05.2022
ölçüsü5,72 Mb.
#86832
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   81
Ijtimoiy ta\'minot huquqi (Y.Tursunov)

4 .4 .  Uzoq  yillik  xizmat  davri  va  uning  pensiya
 
ta'minotining  amalga  oshirilishidagi  ahamiyati
D avlat  xizm atining  m uayyan  turlari  bilan  band  b o ‘lgan 
fuqarolar,  shuningdek,  qonun  hujjatlarida  ko'rsatilgan  hollarda 
m a'lum   lavozimda  yoki  faoliyatning  muayyan  turi  bilan  band 
bo'lgan  hollarida  bu  davr  m ehnat  stajiga  hisoblanishdan  tashqari 
qo ‘shim cha  im tiyozlar  berilishiga  ham  asos  boMishi  mum kin. 
Bunday  davr  uzoq  yillik  xizmat  davri  deb  nomlanadi.
M a'Ium  lavozim  yoki  vazifada  uzoq  vaqt  m ehnat  faoliyati 
bilan   sh u g 'u lla n ish   xodim ga  m axsus  unvon  va  m artab alar 
berilishida,  m ehnat  ta'tillari  m iqdorining  belgilanishida,  davlat 
pensiyalari  tayinlanishida  qonun  hujjatlari  bilan  nazarda  tutilgan 
boshqa  hollarda  imtiyoz  va  yengilliklar  berilishiga  olib  keladi.
Uzoq  yillik  xizmat  davri  quyidagi  hollarda  hisobga  olinadi  va 
imtiyoz  berilishiga  asos  boMadi:
a)  harbiy  xizmatni  (m uddatdan  tashqari)  o ‘tash  davri;
b)  ichki  ishlar  organlarida  xizmat  qilish  vaqti;
d)  davlat  soliq  xizmati  idoralaridagi  m ehnat  faoliyati;
e)  prokuratura  organlaridagi  xizmat  davri  va  boshqalarni 
qamrab  oladi.
Masalan,  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining 
2000-yil  5-maydagi  180-son  Qarori  bilan  tasdiqlangan  ,,0 ‘zbe- 
kiston  Respublikasi  davlat 
soliq  organlarida  xizmatni  o ‘tash 
to ‘g‘risida  N izom “ning  30-bandiga  ko‘ra  davlat  soliq  organlari 
m ansabdor  shaxslariga  maxsus  unvonlar  berish  ularning  uzoq 
yillik  xizmat  davri  hisobga  olingani  holda  amalga  oshiriladi.
0 ‘zbekiston  Respublikasi  davlat  soliq  organlari  mansabdor 
shaxslarining  lavozim  maoshlariga  uzoq  yillar  xizmat  qilganlik 
uchun  har  oylik  ustama  haq  miqdorlari  ham  ularning  uzoq  yillik 
xizmat  davri  muddatiga  ko‘ra  belgilanadi.
0 ‘zbekiston  Respublikasining  „Prokuratura  to ‘g‘risida“gi  qo- 
nuniga  ko‘ra  (yangi  tahriri)  Prokuratura  organlari  xodimlariga
37
www.ziyouz.com kutubxonasi


egaltab  turgan  lavozimlari  va  m ehnat  stajiga  muvofiq  darajali 
unvonlar  yoki  harbiy  unvonlar  beriladi.
Prokuratura  organlari  xodimlariga  m uddati  o ‘ttiz  kalendar 
kunidan  iborat  haq  to'lanadigan  yillik  ta'til  beriladi.  0 ‘n  besh 
yildan  ortiq  ish  stajiga  ega  bo ‘lgan  prokuratura  organlari  xodimla- 
riga  besh  kalendar  kuni,  yigirma  besh  yildan  ortiq  ish  stajiga 
ega  bo'lganlarga  esa  o‘n  kalendar  kuni  qo‘shimcha  ta'til  beriladi.
Uzoq  yillik  xizmat  davri  o ‘rta  um um ta'lim ,  kasb-hunar  bilim 
yurtlarida,  sogMiqni  saqlash  muassasalarida  va  qonun  hujjatlarida 
nazarda  tutilgan  boshqa  hollarda  ahamiyatga  ega.
KALIT  SO'ZLAR.
  Ish  staji.  U m u m iy   ish  staji.  M axsus  ish  staji. 
M ehnat  daftarchasi.  Ish  stajini  hisoblash.  Ish  stajini  im tiyozli  hisoblash. 
Ish  stajiga  q o ‘shib  hisoblanadigan  davrlar.  B udjetdan  tashqari  Pensiya 
jam g‘armasiga  badallar.  Yagona  ijtimoiy  to ‘lov.  Yakka  tadbirkor  va  dehqon 
xo'jaligi  a'zo lari  m eh n at  staji.  U chuvchilarning  ish  staji.  Ish  stajini 
guvohlar  ko‘rsatmasiga  ko‘ra  tasdiqlash.  U zoq  yillik  xizm at  davri.

Yüklə 5,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə