Ta’lim vazirligi 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi



Yüklə 5,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/81
tarix12.05.2022
ölçüsü5,72 Mb.
#86832
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   81
Ijtimoiy ta\'minot huquqi (Y.Tursunov)


va 
II 
guruh  nogironlari  bo'lgan  tadbir- 
korlar  uchun  esa  eng  kam  oylik  ish  haqining  kamida  50  foizini 
tashkil  etishi  kerak.
Sug'urta  badallari  to'lanishining  hisobi  umumiy  belgilangan 
tartibda  tadbirkorning 
yashash  joyidagi  davlat  soliq  xizmati 
organlarida  yuritiladi.
M ehnat  daftarchasi  tadbirkor  ro'yxatdan  o ‘tkazilgan  joydagi 
B udjetdan  tashqari  Pensiya  jam g'arm asining  tu m an   (shahar) 
b o ‘lim ida  uning  m azkur  tum andagi  (shahardagi)  tadbirkorlik 
faoliyatining  butun  muddati  mobaynida  saqlanadi  va  yuritiladi.
Agar  fiiqaro  tadbirkorlik  faoliyati  boshlangunga  qadar  m eh- 
nat  daftarchasiga  ega  b o ‘lm agan  b o ‘lsa,  B udjetdan  tashqari 
Pensiya  jam g‘arm asining  tu m an   (shahar)  b o ‘limi  belgilangan 
tartibda  mehnat  daftarchasi  ochadi.
30
www.ziyouz.com kutubxonasi


Agar  tadbirkorlik  faoliyati  fuqaro  uchun  o ‘rindoshlik  hisob- 
lansa,  uning  mehnat  daftarchasi  asosiy  ish  joyida  yuritiladi.
Yuridik  shaxs  bo'lmasdan  tadbirkorlik  bilan  o'rindoshlik  b o ‘- 
yicha  shug‘ullanuvchi  shaxsning  xohishiga  ko'ra  mehnat  daftar- 
chasiga  tadbirkor  sifatidagi  faoliyat  davri  to ‘g ‘risidagi  yozuv 
kiritilishi  mumkin.  Yozuv  ro‘yxatdan  o ‘tkazish  joyidagi  Budjet- 
dan  tashqari  Pensiya  jam g‘armasining  tum an  (shahar)  boMimi 
tomonidan  kiritiladi.
Tadbirkorning  m ehnat  stajiga  u  Budjetdan  tashqari  pensiya 
jam g‘armasiga  sug‘urta  badallari  to ‘lagan  davrlar  kiritiladi.
Pensiya  va  davlat  ijtimoiy  sug‘urtasi  bo ‘yicha  nafaqa  tayin- 
lash  uchun  m ehnat  stajini  hisoblab  chiqishda,  agar  to'langan 
badallar  summasi  ushbu  yilning  barcha  oylari  uchun  belgilangan 
eng  kam  badaldan  kam  bo'lm asa  (to ‘langan  penalami  hisobga 
olmagan  holda),  stajga  kalendar  yil  qo ‘shiladi.
Tadbirkoming  vaqtincha  mehnatga  layoqatsizlik  davri  budjet- 
dan  tashqari  Pensiya  jam g'arm asiga  sug‘urta  badallari  to ‘la- 
nishidan  qat’i  nazar,  pensiya  va  davlat  ijtimoiy  sug‘urtasi  bo ‘yi- 
cha  tayinlash  uchun  m ehnat  stajiga  qo‘shiladi.
To'liq  kalendar  yil  mobaynida  tadbirkoming  asosiy  faoliyati 
qishloq  xo‘jaligi  mahsulotlarini  yetishtirish  va  qayta  ishlash  hollari 
bo‘lganda,  agar  mazkur  yilda  badallar  kamida  9  oy  mobaynida 
toMangan  boMsa, 
stajga  kalendar  yil  qo'shiladi.
M ehnat  daftarchasi  boMmagan  yoki  yo'qotilgan  taqdirda 
tadbirkorning  pensiya  yoki  ijtim oiy  sug'urta  bo'yicha  nafaqa 
tayinlash  uchun  zarur  boMgan  ish  staji  hisobga  olish  kar- 
tochkasi  yoki  hisobga  olish  daftaridagi  maMumotlar  b o ‘yicha 
hisoblab  chiqiladi.
T adbirkor  sifatidagi  ish  faoliyati  va  uning 
davomiyligj 
guvohlik  ko‘rsatmalari  bilan  tasdiqlanmaydi.
2. 
Dehqon  x o ‘jaligi  a'zolarini  ijtimoiy  sug'urtalash  va  ulaming
 
mehnat  stajini  hisobga  olish.
  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 
M ahkam asining  2001-yil  24-avgustdagi  351-son  qarori  bilan 
tasdiqlangan  „D ehqon  xo‘jaligi  a'zolarini  ijtimoiy  sug'urtalash  va 
ulaming  ijtimoiy  ta'm inoti  to ‘g‘risida  N izom “ga  ko‘ra  Dehqon 
xo‘jaligi  a'zolari  ixtiyoriylik  asosida  ijtimoiy  sug'urta  qilinadi.
Mazkur  Nizom  qoramol  boqish  va  chorvachilik  mahsulotlari 
yetishtirish  bilan  band  bo'lgan  dehqon  xo'jaliklari  a ’zolariga 
tatbiq  etilmaydi.
31
www.ziyouz.com kutubxonasi


Ijtimoiy  sug'urtalanish  xohishini  bildirgan  dehqon  xo‘jaligi 
a'zosi  Budjetdan  tashqari  Pensiya  jam g‘armasiga  badal  to'lovchi 
sifatida  davlat  soliq  xizm ati  organlarida  belgilangan  tartibda 
ro‘yxatdan  o‘tishi  shart.
Dehqon  xo'jaligi  a'zosi 
o ‘zidagi  mavjud  imkoniyatlardan  va 
pen siy a  bilan   ta 'm in la n is h   va  ijtim o iy   su g ‘u rta   b o 'y ic h a  
nafaqaning  o ‘zi  istaydigan  m iqdoridan  kelib  chiqib  Budjetdan 
tashqari  Pensiya  jam g'arm asiga  su g 'u rta  badallari  m iqdorini 
mustaqil  ravishda 
belgilaydi,  biroq  sug‘urta  badallarining  eng 
kam  miqdori  bir  yilda  eng  kam  oylik  ish  haqining  to 'rt  yarim 
barobaridan  kam  bo‘lmagan  miqdomi  tashldl  etishi  kerak.
M eh n at  daftarchasi  dehqon  x o ‘jaligi  a'z o sin in g   m ehnat 
stajini  tasdiqlovchi  asosiy  hujjat  hisoblanadi.
Yuridik  shaxs  bo'lm asdan  tashkil  etilgan  dehqon  xo'jaligi 
a’zosining  mehnat  daftarchasi  dehqon  xo‘jaligi  a'zosi  ro'yxatdan 
o'tkazilgan  joydagi  tuman  (shahar)  ijtimoiy  ta'm inot  bo'lim ida  u 
sug‘urta  badallari  tolaydigan  butun  muddat  mobaynida  saqlanadi 
va  yuritiladi.
Agar  dehqon  xo‘jaligi  a'zosi  sug‘urta  badallari  to'lash  bosh- 
langunga  qadar  m ehnat  daftarchasiga  ega  b o'lm agan  b o ‘lsa, 
ijtimoiy  ta'm inot  bo‘limi  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda 
unga  m ehnat  daftarchasi  ochadi.
Agar  dehqon  xo‘jaligida  ishlash  fuqaro  uchun  o'rindoshlik 
hisoblansa,  uning  m ehnat  daftarchasi  asosiy  ish  joyida  yuritiladi.
D ehqon  xo‘jaligi  a'zosining  m ehnat  stajiga  u  Budjetdan 
tashqari  Pensiya  jamg'armasiga  sug‘urta  badallari  to ‘lagan  davrlar 
kiritiladi.
Pensiya  va  davlat  ijtim oiy  sug‘urtasi  bo'yicha  tayinlash 
uchun  mehnat  stajini  hisoblab  chiqishda,  agar  dehqon  xo‘jaligi 
a'zosi  ushbu  yilda  12  oy  ishlagan  va  kamida  9  oy  badal  to ‘lagan 
bo‘lsa,  stajga  kalendar  yil  qo‘shiladi.
Dehqon  xo'jaligi  a ’zosining  m ehnat  daftarchasi  bo‘lmagan 
yoki  yo'qotilgan  taqdirda  pensiya  yoki  ijtimoiy  sug‘urta  bo'yicha 
nafaqa  tayinlash  uchun  zarur  bo‘lgan  ish  stajining  hisobga  olish 
kartochkasi  yoki  hisobga  olish  daftaridagi  m a'lum otlar  asosida 
hisoblab  chiqilishi  mumkin.
Dehqon  xo‘jaligi  a'zosi  tom onidan  sug'urta  badallari  to'la- 
nishi  va  uning  qancha  davom  etganligi  guvohlik  ko‘rsatmalari 
bilan  tasdiqlanmaydi.
32
www.ziyouz.com kutubxonasi


3. 

Yüklə 5,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə