Ta’lim vazirligi 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi


 .3 .  Imtiyozli  shartlarda  yoshga  doir  pensiya



Yüklə 5,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/81
tarix12.05.2022
ölçüsü5,72 Mb.
#86832
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   81
Ijtimoiy ta\'minot huquqi (Y.Tursunov)

5 .3 .  Imtiyozli  shartlarda  yoshga  doir  pensiya
 
tayinlash  asoslari
Fuqarolarga  ulam ing  kasbi,  m ehnat  sharoitlarining  xususi- 
yatlari  va  boshqa  omillar  e'tiborga  olingani  holda  odatdagidan 
afzalroq  shartlarda  yoshga  doir  pensiya  tayinlash  nazarda  tutilgan. 
Imtiyozli  shartlarda  yoshga  doir  pensiya  tayinlanishi  aslida  shaxs 
noqulay,  zararli  yoki  ruhiy-fiziologik  jihatdan  tang  sharoitlarda 
ishlaganligi,  shu  orqali  o ‘z  sog‘lig‘i  va  hayotini  xavf  ostida 
qoldirgani  holda  jamiyatga  ko'proq  foyda  keltiruvchi  faoliyat  turi 
bilan  shug'ullanganligi  uchun  jamiyat  tom onidan  tovon  to ‘la- 
nishidan  iboratdir.
Imtiyozli  shartlarda  pensiya  tayinlanishi  natijasida  fuqaro 
yoshga  doir  pensiyaga  chiqish  paytida  quyidagi  imtiyozlami  qo‘lga 
kiritishi  mumkin:
1)  pensiyaga  chiqish  uchun  belgilangan  yoshning  odatda- 
gidan  kamroq  bo‘lishi;
2)  talab  etiladiganidan  kamroq  m ehnat  stajiga  ega  bo'lgan 
hollarda  ham  pensiya  tayinlanishi;
3)  pensiya  miqdorini  hisoblash  paytida  afzallik  berilishi;
4)  pensioner  ishni  davom  ettirgani  taqdirda  ham   afzallik 
berilishi  va  boshqalar.
Imtiyozli  shartlarda  yoshga  doir  pensiya  tayinlashning  umu- 
miy  asoslari  „Fuqarolam ing  davlat  pensiya  ta'm inoti  to ‘g‘risi- 
da“gi  qonunning  9-moddasida  nazarda  tutilgan.
0 ‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tasdiqlaydigan 
ro'yxatlarga  muvofiq  fuqarolaming  ayrim  toifalari  imtiyozli  shart- 
larda  ko‘ra  pensiya  olish  huquqiga  ega  boMadilar.
Jum ladan,  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  M ahkam asi- 
ning  1994-yil  12-maydagi  250-sonli  „Imtiyozli  shartlarda  pen- 
siyaga  chiqish  huquqini  beruvchi  ishlab  chiqarishlar,  muassa-
42
www.ziyouz.com kutubxonasi


salar,  ishlar,  kasbiar,  lavozimiar  va  ko'rsatkichlaming  ro‘yxatini 
tasdiqlash  to ‘g‘risida"gi  qaroriga  binoan  talab  qilinadigan  umu- 
miy  va  maxsus  ish  staji  bo‘lganda  yoshidan  qat'i  nazar,  pensiyaga 
chiqish  huquqini  beruvchi  ishlab  chiqarishiar,  muassasalar,  ish- 
lar,  kasblar  va  lavozimlaming  1-sonli  ro‘yxati;  talab  qilinadigan 
um um iy  va  maxsus  ish  staji  bo ‘lganda  um um iy  belgilangan 
yoshdan  10  yil  oldin  pensiyaga  chiqish  huquqini  beruvchi  ishlab 
chiqarishlar,  muassasalar,  ishlar,  kasblar,  lavozimlar  va  ko'rsat- 
kichlaming  2-sonli  ro'yxati;  talab  qilinadigan  umumiy  va  maxsus 
ish  staji  bo‘lganda  um um iy  belgilangan  yoshdan  5  yil  oldin 
p en siy ag a  ch iq ish   h u q u q in i  b e ru v c h i  ishlab  c h iq a rish la r, 
muassasalar,  ishlar,  kasblar,  lavozimlar  va  ko'rsatkichlarning  3- 
sonli  ro‘yxati  tasdiqlangan'.
Imtiyozli  shartlarda  pensiya  olish  huquqiga,  shuningdek, 
urush  n o g iro n lari,  b o lalik d an   nogiron  b o lalarn in g   o n alari, 
liliputlar,  pakanalar  va  ekologiya  falokati  mintaqasida  ishlagan 
fuqarolar  egadirlar.
Ushbu  ro‘yxatlar  0 ‘zbekiston  Respublikasida  qo‘llaniladigan 
va  m ulkchilik  shakli,  xo‘jalik  yuritish  usullaridan  q a t’i  nazar 
barcha  korxona,  muassasa,  tashkilotlar  uchun  majburiy  bo‘lgan 
imtiyozli  pensiya  olish  huquqini  beruvchi  ishlar,  kasblami  o‘z- 
larida  mujassamlashtirgan.  Ularda  fan  va  texnikaning  bugungi 
kunda  erishgan  yutuqlari,  texnologiyalaming  xususiyatlari,  meh- 
natni  tashkil  qilish  darajasi  korxonalardagi  noqulay  va  zararli 
ishlab  chiqarish  om illarini  to ‘liq  b artaraf  etib  boMinmasligi, 
m utlaq  xavfsiz  va  qulay  m ehnat  sharoitlari  yaratish  im koni 
yo‘qligi  hisobga  olingani  holda  imtiyozlar  hajmi  belgilab  qo'yilgan. 
Bunda  pensiya  sohasida  beriladigan  imtiyozlar  hajmi  va  mazmuni 
m ehnat  qilish  sharoitlari  og‘irligi,  zararli  om illar  ta'sir  kuchi 
kabi  holatlarga  mutanosib  ravishda  belgilangan.
„Yoshga  doir  imtiyozli  shartlarda  pensiya  olish  huquqini 
beradigan  ishlab  chiqarishlar,  muassasalar,  ishlar,  kasblar,  lavo- 
zimlar  va  ko‘rsatkichlaming  1,  2  va  3-sonli  ro‘yxatlarini  qoMlash 
tartibi  to ‘g‘risidagi  tushuntirish  tasdiqlangan  boMib1
 2,  unda  ro ‘y-
1  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Hukumatining  qarorlari  to'plami  1994-yiJ.,  5- 
son,  27-modda.
] Qa r a n g :   „Fuqarolaming  davlat  pensiya  ta'minoti  to‘g‘risida“gi  0 ‘zbekis- 
ton  Respublikasi  qonuniga  sharhlar“.  T.,  1996-yiJ,  20-bet.
43
www.ziyouz.com kutubxonasi


xatlardagi  imtiyozlami  turli  sharoitlarda  tatbiq  etishning  alohida 
jihatlari  hamda  o'ziga  xos  qoidalari  belgilab  berilgan.
Unda  ko‘rsatilishicha,  shaxsning  asossiz  qatag'on  qilingan, 
noto‘g‘ri  ishdan  bo'shatilganligi  tufayli  majburan  ishsiz  yurgan 
vaqtlari  yoki  bolasi  ikki  yoshgacha  ho ‘lgan  ayolning  boshqa 
yengilroq  ishga  o'tkazilgan  vaqti  va  qonun  hujjatlarida  nazarda 
tutib  qo‘yilgan  boshqa  davrlar  shartli  ravishda  imtiyoz  beradigan 
ish lard a  ishlagan  vaqtlarga  te n g la sh tirila d i  h am d a  tegishli 
imtiyozning  to ‘la  hajmda  berilishiga  sabab  bo'ladi.
Yoshidan  qat'i  nazar,  quyidagilar  imtiyozli  pensiya  olish 
huquqiga  ega  bo‘ladilar:
a)  kon  sanoatidagi  yetakchi  kasb  egalari  bo‘lgan  xodimlar 
kamida —  20  yillik  ish  stajiga  ega  b o ‘lsalar  (l-so n li  ro‘yxat,  I 
qism);
b)  bevosita  yerosti  va  ochiq  kon  ishlarida  (shu  jum ladan, 
kon-qutqaruv  qism larining  shaxsiy  tarkibi)  ko'm ir,  m a'd an lar 
va  boshqa  foydali  qazilmalami  qazib  olishda,  shaxtalar  va  konlar 
qurilishida  to ‘liq  ish  kuni  davomida  band  bo‘lgan  xodimlar  — 
kamida  25  yillik  ish  stajiga  ega  b o ‘lsalar  (1-sonli  ro‘yxat,  II 
qism);
d)  uchuvchilar  va  uchuvchi-sinovchilar  tarkibiga  kiruvchi 
x o d im la r,  u la r  xizm at  qilgan  k o rx o n a la r,  m u assasalar  va 
tashkilotlarning  idoraviy  bo'ysunuvidan  qat'i  nazar,  belgilangan 
xizmat  m uddatini  ana  shu  lavozimlarda  erkaklar  kamida  25  yil 
va  ayollar  kamida  20  yil  ado  etganlari  taqdirda  (1-sonli  ro‘yxat, 
III  qism).
Yuqorida  qayd  etib  o ‘tilgan  xodimlar  salomatligiga  (kasalli- 
giga)  ko‘ra  uchuvchilaming  o ‘z  kasblaridan  bo'shatilgani  taqdir- 
da,  belgilangan  xizmat  muddatini  —  erkaklar  kamida  20  yil  va 
ayollar  kamida  15  yil  ado  etgan  bo‘lsalar;
e)  teatrlar  va  boshqa  teatr-tom osha  korxonalari  artistlarining 
ayrim  toifalari:
ijodiy  ish  staji  kamida  20  yil  bo ‘lganda  (l-sonli  ro‘yxat,  IV 
qism);
ijodiy  ish  staji  kamida  25  yil  bo‘lganda  (1-sonli  ro'yxat,  V 
qism);
ijodiy  ish  staji  kamida  30  yil  boMganda  (1-sonli  ro‘yxat,VI 
qism);
0   sportchilaming  ayrim  toifalari  —  ish  staji  kamida  20  yil 
bo‘1ganda  (1-sonli  ro‘yxat,  VII  qism).
44
www.ziyouz.com kutubxonasi


0 ‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2011-yil 
8-sentabrdagi  252-sonli  „D avlat  pensiyalarini  tayinlash  va 
to'lash  tartibini  yanada  takomillashtirishga  yo'naltirilgan  nor- 
mativ-huquqiy  hujjatlami  tasdiqlash  to ‘g‘risida“gi  qarori  bilan 
„D avlat  pensiyalarini  tayinlash  va  to'lash  tartibi  to'g'risida 
N izom “ning  4-ilovasida  „Uchuvchilar  va  sinovchi  uchuvchilar 
tarkibiga  kiruvchi  xodimlarga  pensiya  tayinlash  uchun  belgilangan 
ish  stajini  hisoblash  TARTIBI  nazarda  tutilgan'  va  unda  ushbu 
toifadagi  xodimlar  xizmat  muddatlarini  hisobga  olish  uchun  asos 
bo'ladigan  m ezonlar  ham da  birliklar,  bunday  xizmat  m ud- 
datlarini  imtiyozli  (karralab  ko'paytirgan  holda)  hisobga  olish 
shartlari  bayon  etib  berilgan.
U ch u v ch ilar  va  sinovchi  u ch u v ch ilar  tarkibiga  kiruvchi 
xodimlar  salomatligining  yomonlashuviga  ko‘ra  uchuvchilik  kas- 
bid an   b o ‘shagan  ta q d ird a   belgilangan  xizm at  m u d d atin in g  
muayyan  qismini  o ‘tagan  boMsalar,  xususan,  erkaklar  kamida 
20  yillik,  ayollar  kamida  15  yillik  maxsus  ish  stajiga  ega  bo ‘l- 
salar  imtiyozli  pensiya  olish  huquqiga  ega  bo‘ladilar.
Teatrlar  va  boshqa  teatr-tom osha  korxonalarining  artistlari 
muayyan  toifalari  muayyan  maxsus  m ehnat  stajiga  ega  b o ‘l- 
ganlarida  imtiyozli  pensiyaga  chiqish  huquqiga  ega  boMadilar.
Shuningdek,  1-sonli  ro‘yxatning  VII  qismiga  ko‘ra  sportchi- 
larning  ayrim  toifalari  ham  muayyan  maxsus  mehnat  stajiga  ega 
bo‘lganlarida  yoshga  doir  pensiyaga  chiqishlari  mumkinligi  aytiladi.
Xususan:  „U lar  m asterlar  komandasi  shtatida  10  yil  tur- 
ganda,  jumladan,  0 ‘zbekiston  Respublikasi  terma  komandalarida 
yoki  0 ‘zbekiston  Respublikasi  terma  komandasi  tarkibida  kamida 
6  yil  turganda  imtiyozli  pensiya  olish  huquqiga  ega  bo‘ladilar. 
Shuningdek,  0 ‘zbekiston  Respublikasining  xizm at  ko'rsatgan 
masteri,  xalqaro  klassdagi  sport  masterlari  ham  shunday  pensiya 
huquqiga  egadirlar“ ,  deb  ko‘rsatib  qo'yilgan.
„Fuqarolam ing  davlat  pensiya  ta'm inoti  to ‘g‘risida“gi  qonun- 
ning  11-moddasida  um um iy  belgilangan  yoshni  10  yilga  qis- 
qartirilgan  holda  imtiyozli  pensiya  olish  huquqi  haqida  ko'rsa- 
tilgan  b o ‘lib,  u  Vazirlar  Mahkamasi  tom onidan  1994-yil  12- 
m ayda  tasd iq lan g an   2-sonli  ro ‘yxatga  mos  keladi.  M azkur 
moddada  qayd  etilishicha: 1
1  0 ‘zbekitson  Respublikasining  qonun  hujjatlari  to'plami.  2011-yil,  37-son, 
377-modda.
45
www.ziyouz.com kutubxonasi


O xirgi  ish  jo y id a n   q a t'i  n a z a r,  q u y id a g ila r  qonunning 
7-m oddasida  belgilangan  yoshni  10  yilga  qisqartirilgan  holda 
pensiya  olish  huquqiga  ega  bo'Iadilar:
a)  yerosti  ishlarida,  m ehnat  sharoiti  o ‘ta  zararli  va  o ‘ta  og‘ir 
ishlarda  to ‘liq  ish  kuni  davomida  band  bo‘lgan  xodimlar  (2-sonli 
ro'yxat,  I  qism):
erkaklar  —  ish  staji  kamida  20  yil  bo'lib,  bundan  kamida 
10  yili  ko‘rsatib  o'tilgan  ishlaiga  to ‘g‘ri  kelgan  taqdirda;
ayollar  —  ish  staji  kamida  15  yil  bo‘lib,  bundan  kamida  7 
yil-u  6  oyi  ko‘rsatib  o ‘tilgan  ishlarga  to ‘g‘ri  kelgan  taqdirda.
Yerosti  ishlaridagi  m ehnat  staji  erkaklarda  10  yildan  kam  va 
ayollarda  7  yil-u  6  oydan  kam  bo‘lgan  hollarda  xodimlaiga  bu 
ishlardagi  har  bir  to ‘liq  yil  uchun  ushbu  qonunning  7-m od- 
dasida  nazarda  tutilgan  pensiya  yoshi  1  yilga  qisqartiriladi.
Mehnat  sharoiti  o ‘ta  zararli  va  o ‘ta  og‘ir  ishlarda  —  erkaklar 
kamida  5  yil,  ayollar  kamida  3  yil-u  9  oy  ishlagan  xodimlarga 
pensiya  ushbu  qonunning  7-moddasida  nazarda  tutilgan  pensiya 
yoshi  shunday  ishda  band  bo‘lingan  har  bir  to ‘liq  yil  uchun  1 
yilga  qisqartirilgan  holda  tayinlanadi;
b)  sirklar  va  konsert  tashkilotlari  artistlarining  ayrim  toifa- 
lari  ijodiy  ishdagi  staji  kamida  20  yil  boMgan  taqdirda  (2-sonli 
ro'yxat,  II  qism).
2- 
sonli  ro‘yxat  ikki  qismdan  iborat  boMib,  1  qismida  xalq 
xo‘jaligining  barcha  tarmoqlarida  (yerosti,  tog‘-kon,  metallurgiya, 
kimyo,  neftni  qayta  ishlash,  sogMiqni  saqlash,  transport,  um u- 
miy  kasblar,  atom  energetikasi  va  boshqa  sohalarga  oid  ishlar) 
qoMlaniladigan  zararli  va  og‘ir  ishlar  sanab  ko'rsatilgan.
11  qismida  esa  sirk  va  boshqa  konsert  tashkilotlarining  artistlari 
nazarda  tutilgan.
3- 
sonli  ro'yxatda  umumiy  belgilangan  yoshni  5  yilga  kamay- 
tirilgani  holda,  y a’ni  erkaklar  uchun  —  55  yoshdan,  ayollar 
uchun  esa  50  yoshdan  yoshga  doir  pensiyaga  chiqish  huquqini 
beradigan  ishlar,  kasblar,  lavozim lar  nazarda  tutilgan.  Ushbu 
ro'yxat  hajm  jihatidan  eng  salmoqlisi  boMib  hisoblanadi  va  xalq 
xo'jaligi,  iqtisodiyot  tarmoqlarining  turli  sohalariga  oid  bir  necha 
yuzlab  turli  kasb  va  vazifalar  ko ‘zda  tutilgan.  U shbu  ro ‘yxat 
tarkibiy  jihatdan  to'qqiz  qismdan  iborat  va  birinchi  qismining 
o ‘zida  35  boMim  mavjud.
46
www.ziyouz.com kutubxonasi


„Fuqarolaming  davlat  pensiya  ta’minoti  to ‘g‘risida“gi  qonun- 
ning  12-moddasiga  ko‘ra:
oxirgi  ish  joyidan  qat’i  nazar,  quyidagilar  ushbu  qonunning 
7-moddasida  belgilangan  yoshni  5  yilga  qisqartirilgan  holda  pensiya 
olish  huquqiga  ega  boMadilar:
a)  urush  nogironlari  va  ularga  tenglashtirilgan  shaxslar;
b)  mehnat  sharoiti  zararli  va  og‘ir  ishlarda  to ‘liq  ish  kuni 
davomida  band  bo‘lgan  xodimlar  (3-sonli  ro‘yxat,  I  qism):
erkaklar  —  ish  staji  kamida  25  yil  bo ‘lib,  bundan  kamida 
12  yil-u  6  oyi  ko‘rsatib  o ‘tilgan  ishlarga  to ‘g‘ri  kelgan  hollarda;
ayollar  —  ish  staji  kamida  20  yil  bo‘Iib,  bundan  kamida 
10  yili  ko'rsatib  o'tilgan  ishlarga  to ‘g‘ri  kelgan  sharoitda.
M ehnat  sharoiti  zararli  va  og‘ir  ishlarda  —  erkaklar  kamida 
6  yil-u  3  oy,  ayollar  kamida  5  yil  —  ishlagan  xodimlarga  pensiya 
ushbu  qonunning  7-m oddasida  nazarda  tutilgan  pensiya  yoshi 
erkaklaming  bunday  ishdagi  har  2  yil-u  6  oyi  uchun  va  ayol- 
laming  bunday  ishdagi  har  2  yili  uchun  1  yilga  qisqartirilgan 
holda  tayinlanadi;
d)  bolalikdan  nogiron  farzandlam ing  onalari  ularni  sakkiz 
yoshgacha  tarbiyalagan  bo‘lsa  —  ish  staji  kamida  20  yil  boMgan 
taqdirda.  Basharti,  ayol  o‘gay  o‘g‘il,  qizni  8  yoshga  toMguniga 
qadar  kamida  5  yil  davomoda  tarbiyalagan  boMsa,  pensiya  tayin- 
lashda  ular  haqiqiy  farzandlar  bilan  teng  ravishda  hisobga  olinadi;
e)  nogiron  bolalar  uchun  ixtisoslashgan  taMim  muassasalari, 
„M ehribonlik“  uylari,  harbiy  akademik  litseylar,  tarbiya  koloni- 
yalari  o ‘qituvchilari  —  maxsus  ish  staji  kamida  25  yil  boMgan 
taqdirda  (3-sonli  ro‘yxat,  VII  qism);
0   ixtisoslashgan  tibbiy  muassasalaming  shifokorlari  va  o ‘rta 
tibbiy  xodimlari  —  maxsus  ish  staji  qishloq  joyda  kamida  25  yil 
va  shaharlarda  kamida  30  yil  boMgan  taqdirda  (3-sonli  ro‘yxat, 
VIII  qism);
g)  m ehnat  va  aholini  ijtimoiy  muhofaza  qilish  organlarining 
qariyalar,  nogironlar  va  yolg'iz  fuqarolarga  xizmat  ko'rsatishda 
bevosita  band  boMgan  xodimlari  (3-sonli  ro‘yxat,  IX  qism):
erkaklar  —  maxsus  ish  staji  kamida  25  yil  bo'lgan  taqdirda;
ayollar  —  maxsus  ish  staji  kamida  20  yil  bo'lgan  taqdirda.
12-moddaning  „b“  bandiga  binoan  imtiyozdan  foydalanish 
huquqiga  ro'yxatning  I  qismi,  barcha  35-bo‘limida  nazarda  tutib
47
www.ziyouz.com kutubxonasi


qo'yilgan  kasb  va  vazifalarda  belgilangan  m uddat  davom ida 
mehnat  qilgan  barcha  fuqarolarda  yuzaga  keladi.  Bunda  ulaming 
ushbu  ishlarda  qachon  oldin  yoki  keyin  ishlaganliklarining  aha- 
miyati  yo‘q.
Hozirgi  paytda  fuqarolaming  juda  katta  qismi,  mazkur  3- 
sonli  ro‘yxatda  nazarda  tutilgan  imtiyozli  yoshga  doir  pensiyaga 
chiqish  huquqidan  foydalanmoqdalar.
„Fuqarolam ing  davlat  pensiya  ta'm inoti  to ‘g‘risida“gi  qonun- 
da  boshqa  asoslarga  ko‘ra  imtiyozli  shartlarda  yoshga  doir  pensiyaga 
chiqish  huquqini  beruvchi  holatlar  ham  ko‘zda  tutib  qo‘yilgan.
Jumladan,  mazkur  qonunning  13-moddasiga  muvofiq  gipo- 
fizar  mittilik  (nanizm)  kasaliga  chalinganlar  (liliputlar)  va  gavda 
tuzilishida  mutanosiblik  buzilgan  pakana  (bukur)  shaxslar:  erkak- 
lar  kamida  25  yillik  ish  staji  bilan  45  yoshdan,  ayollar  esa 
kamida  20  yillik  ish  staji  bilan  40  yoshdan  yoshga  doir  pensiyaga 
chiqishga  haqli  bo‘ladilar.  Fuqaroning  gipofizar  mitti  (liliput)ligi 
yoki  pakana  (karlik)  ekanligi  tibbiy  mezonlarga  ko‘ra  va  tibbiy 
xulosalarga  muvofiq  ravishda  belgilanadi.
1999-yilni  Respublikamiz  Prezidenti  I.A.  Karimov  tashab- 
busiga  ko‘ra  „Ayollar  yili“  deb  e'lon  qilinishi  munosabati  bilan 
0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  tom onidan  1999-yil  14- 
aprelda  „Xotin-qizlarga  qo‘shimcha  imtiyozlar  to ‘g‘risida“  qonun 
qabul  qilindi'. 
Ushbu  qonunda  nazarda  tutilgan  imtiyozlardan 
biri  —  mulkchilik  shaklidan  qat’i  nazar,  korxonalarda  mehnat 
qilish,  harbiy  xizmat  davri  (mudofaa,  ichki  ishlar,  milliy  xavf- 
sizlik  xizmatlari  va  boshqalar),  harbiylashtirilgan  soqchilikdagi 
maxsus  aloqa  organlari  va  tog‘-kon  qutqaruv  qismlaridagi  xizmat; 
ijtimoiy  sug‘urta  Pensiya  jam g‘armasiga  tegishli  badallar  to ‘la- 
nishi,  yakka  tartibdagi  (yuridik  shaxs  tashkil  etmasdan)  mehnat 
faoliyati  tufayli  kamida  20  yillik  m ehnat  stajiga  ega  bo‘lgan 
ayollar  54  yoshdan  yoshga  doir  pensiyaga  chiqishlari  mumkin 
bo‘ldi.  Ushbu  qonun  qabul  qilinishi  munosabati  bilan  „Fuqaro- 
laming  davlat  pensiya  ta'm inoti  to ‘g‘risida“gi  qonuni  yangi,  12- 
Prim  1-modda  bilan  toMdirildi.
Boshqacha  asoslarga  ko‘ra  20  yillik  ish  stajiga  ega  bo'lgan 
ayollar  (bolalarni  parvarishlash,  I  guruh  nogironi  yoki  80 
yoshdan  oshgan  qariyaga  qarab  turilgan  vaqt,  oliy  yoki  boshqa 1
1  Qa r a n g :   0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Axborotnomasi, 
1999-yil,  5-son,  112-modda.
48
www.ziyouz.com kutubxonasi


kunduzgi  o ‘quv  yurtlarida  o ‘qish  davri  va  boshqalar)  bunday 
imtiyozdan  foydalana  olmaydilar.  Masalan,  fuqaro  Bozorova  jami 
30  yillik  ish  staji  bilan  54  yoshdan  pensiya  tayinlashlikni  so'rab 
murojaat  qildi.  U  25  yil  qishloq  xo‘jaligi  mashinasozligi  zavodida 
buxgalter  bo‘lib  ishlagan  va  5  yil  uch  yoshga  yetmagan  bolalari 
parvarishi  bilan  band  bo‘lgan.  Bozorova  54  yoshdan  yoshga  doir 
pensiyaga  chiqish  huquqiga  ega,  chunki  uning  bevosita  mehnat 
staji  20  yildan  k o ‘p.  F u q aro   Ism atova  54  yoshdan  pensiya 
tayinlashni  so'rab  murojaat  qildi.  Uning  umumiy  ish  staji  26  yil 
bo ‘lib,  shundan  3  yili  go‘dak  bolalami  parvarishlash  davridan,  5 
yili  esa  Oliy  o ‘quv  yurtida  ishlab  chiqarishdan  ajralgan  holdagi 
o ‘qish  davridan  iborat.  Y a’ni  Ism atovaning  bevosita  ishlagan 
davridagi  m ehnat  staji  15  yilni  tashkil  qiladi.  Uning  bevosita 
m ehnat  staji  20  yildan  kam  b o ‘lganligi  tufayli  54  yoshdan 
pensiyaga  chiqish  huquqidan  foydalanishga  haqli  emas.

Yüklə 5,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə