Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari


Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari



Yüklə 58,57 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix27.12.2023
ölçüsü58,57 Kb.
#162963
1   2   3   4   5   6
300-305

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari 
www.pedagoglar.uz
 

 
 
 
 
 
15-to’plam fevral 2023 
 
302 
qo’llanilishi qoraxoniylar hukmronligi davrida boshlandi.XX asrdan so’ng o’zbek 
xonlari va amirlari saroylarida yozilgan turli xil hujjatlar o’ziga xos mazmuni
muayyan tartibi va nutqiy qolipi bilan ajralib turadi.Sho’ro hukmronligi davrida 
o’zbek va rus tillarida ish yuritish huquqi qonunlashtirilgan bo’lsada, amalda o’zbek 
tilining ijtimoiy mavqei past edi.O’zbekiston mustaqillikka erishgach,o’zbek 
tilining davlat tili sifatida gi rasman ish yuritish maqomi mustahkamlandi.
1
Oʻzbekiston Prezidentining 2019-yil 21-oktyabrdagi “Oʻzbek tilining davlat tili 
sifatidagi maqomi va nufuzini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 
farmoni oʻzbek tilining davlat tili sifatida qaddini roʻy-rost tiklashini, ijtimoiy 
maqomining yana-da barqarorlashuvini taʼminladi. Ana shu farmonning amaliy 
ifodasi sifatida Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Oʻzbek tili, adabiyoti va 
folklori institutida sotsiolingvistika boʻlimining tashkil etilishi esa davlat tili va 
jamiyat munosabatlarini oʻrganishga yoʻnaltirilgan tadqiqotlar kengayishi va 
kuchayishini taʼminladi. Bu boʻlim oʻz faoliyatida oʻzbek tilining rivojlanishi bilan 
bogʻliq fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish va 
kengaytirish, oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish 
borasidagi ilmiy izlanishlarni kuchaytirish, oʻzbek tilining yozma matni meʼyor va 
qoidalarini ishlab chiqish, oʻzbek tilining izohli lugʻatlari, davlat tilida ish yuritish 
boʻyicha qoʻllanma va adabiyotlar tayyorlash, davlat tilini rivojlantirishga oid 
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda faol ishtirok etishga alohida 
eʼtibor beradi. Hozirgi o’zbеk adabiy tilida ish yuritishda ma'muriy va huquqiy 
ishlarda rasmiy ish qog’ozlari uslubidan foydalaniladi. Mamlakatimizda turli xil 
qonunlar,farmonlar, buyruqlar, har xil davlatlar, tashkilotlar va shaxslar 
o’rtasidagi shartnomalar, majlislar, hujjatlar, ariza, ma'lumotnoma kabilar, rasmiy 
ish qog’ozlari,
bularning hammasi rasmiy ish qog’ozlari uslubida yoziladi.Quyida 
mazkur uslubning boshqa uslubladan farqli jihatlarini ko’rishimiz mumkin: 
-rasmiy ish qog’ozlari uslubida so’zlashuv uslubiga xos erkinlik sеzilmaydi;
1

Davlat tilida ish yuritish”
N.Mahmudov, A.Rafiyev, I.Yo'ldoshev.Toshkent 2007



Yüklə 58,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə