Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari


Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix28.11.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#135472
1   2   3   4   5   6
211-216 (3)

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari 
 
www.pedagoglar.uz
 

 
 
 
 
 
 
 
20-to’plam iyul 2023 
 
212 
Aksiz solig‘i tushunchasini qadimgi sivilizatsiyalarga borib taqalsa bo‘ladi, u yerda 
alkogol va tamaki kabi ba’zi tovarlarga maxsus yig‘imlar solingan. Eng yaqin tarixda turli 
mamlakatlarda aksiz solig‘i daromadlarni oshirish va muayyan tovar va xizmatlar 
iste’molini tartibga solish vositasi sifatida keng qo‘llanilgan. Zamonaviy sharoitda 
alkogolli ichimliklar, tamaki mahsulotlari, yoqilg‘i, avtotransport vositalari, qimmatbaho 
buyumlar kabi keng turdagi mahsulotlarga aksiz solig‘i undiriladi. Aksiz solig‘i stavkalari 
va tuzilmalari har bir mamlakatda farq qiladi va ular ko‘pincha iqtisodiy, ijtimoiy va 
tartibga solish nuqtai nazaridan o‘zgarishlarga duchor bo‘ladi. Iqtisodiy taraqqiyotning 
har bir bosqichida o‘ziga xos soliq tizimining vujudga kelishi avvalo uning tarkibiga 
kiruvchi soliqlarning harakati bilan bog‘liq bo‘ladi. Soliq tizimida eng ichki 
o‘zgaruvchan, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ko‘plab omilllari bilan to‘qnashuvchi 
soliq bu - aksiz solig‘idir. Shu bois, aksiz solig‘ining mohiyatini ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotga bog‘liq holda o‘rganish eng dolzarb muammolardan bo‘lib kelmoqda. Aksiz 
solig‘i egri soliq bo‘lganligi sababli uning iqtisodiy mohiyati davlat bilan yuridik shaxslar 
o‘rtasida vujudga keluvchi ob’ektiv majburiy to‘lovlarga asoslangan moliyaviy 
munosabatlar orqali harakterlanadi. Shu bois, aksiz solig‘i o‘ziga xos fiskal iqtisodiy 
kategoriya sifatida qaralishi lozimdir. Aksiz solig‘i rivojlangan xorijiy davlatlarda ham 
davlatning umum soliq siyosatida muhim o‘rin egallaydi. Aksiz solig‘i korxona 
mahsulotlari va xizmatlari bahosi ustiga yoki ta’rifiga ustama shaklda to‘g‘ridan to‘g‘ri 
kiritiluvchi egri soliq turi hisoblanadi. Aksiz solig‘ining iqtisodiy mohiyati byudjet 
tushumini ta’minlash orqali xalq xo‘jaligi manfaatlarini qondirishga, ko‘proq 
mablag‘larni jalb ettirishi orqali namoyon bo‘lsa, uning ijtimoiy mohiyati aholining, ya’ni 
asosiy iste’molchilarning to‘lov qobiliyatlarini oshishida o‘z ifodasini topadi. Bu esa 
aksiz solig‘i ob’ektlari (aksiz osti tovarlari)ni qisqartirilishida, soliq stavkalari 
pasayishida, aholi to‘lov qobiliyatini o‘sishida namoyon bo‘ladi. Aksiz solig‘ining 
funksiyalaridan biri, jaxon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan fukarolarning, ayniqsa 
yoshlarning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi mahsulotlar tarkibiga kiritilgan ayrim 
mahsulotlarni cheklashdir. 



Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə