Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari


Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix28.11.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#135472
1   2   3   4   5   6
211-216 (3)

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari 
 
www.pedagoglar.uz
 

 
 
 
 
 
 
 
20-to’plam iyul 2023 
 
213 
Aksiz solig‘i - bilvosita soliqqa tortishning eng qadimiy shakllaridan bir turi bo‘lib, 
qo‘shilgan qiymat solig‘idan farqli ma’lum bir chegaralangan tur va guruhdagi 
mahsulotlarning narxiga qo‘shiladi. “Aksiz” so‘zi fransuz tilidan kelib chiqqan bo‘lib, 
“chopib tashlash, kesilgan” ma’nosini bildiradi. Bu soliq XVII asr oxiri va XVIII asr 
boshlarida Yevropa davlatlarida ma’muriy davlat apparatlari shakllanayotganda, bevosita 
va bilvosita soliqlar guruhi tashkil topa boshlagan. Bunda bilvosita soliqlardan aksizlar 
asosiy o‘rin tutgan va u shahar darvozasidan chiqarilgan va kiritilgan mollardan bevosita 
5% dan 25 % gacha undirilgan. O‘zbekistonda esa bu soliq yangi tarkib topgan 
soliqlardan biri hisoblanadi. Shuni ta’kidlash lozimki aksiz solig‘i-ijtimoiy zararli 
tovarlarni iste’mol qilishni ushlab turishga xizmat qiladi degan fikrlar xam mavjud. 
O‘zbekistonda aksiz solig‘iga katta rentabellikka ega bo‘lgan tovarlar tortiladi. Aksiz 
solig‘i o‘z mohiyatiga ko‘ra tovar bahosiga kiritiluvchi va oxirgi iste’molchi tomonidan 
to‘lanadigan bilvosita soliqdir. Uning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati faqat taqsimot 
darajasiga qarab ifodalanadi va takomillashtiriladi. Aksiz solig‘i O‘zbekiston 
Respublikasining 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan “Korxonalar, birlashmalar va 
tashkilotlardan undiriladigan soliqlar to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq, O‘zbekiston 
Respublikasi qonunlari bilan keyinchalik kiritilgan va respublika iqtisodiyoti bozor 
munosabatlariga o‘tishi bilan bog‘liq o‘zgarish va qo‘shimchalarni hisobga olgan holda 
ilk marotaba 1992-yilda joriy etilgan edi. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga 
asosan aksiz solig‘i bilvosita soliq ko‘rinishida byudjetga undiriladigan, narxda va 
qo‘shilgan qiymat solig‘i bazasida hisobga olinadigan sof daromadning bir qismidir. 
Aksiz solig‘i qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan ma’lum bir o‘xshashliklarga ega, lekin 
o‘zining alohidalik, aniq tovarlar bilan bog‘liqlik darajasi bilan ajralib turadi. Bilvosita 
soliqlar ko‘p yillik tarixga ega. Temuriylar saltanati davrida g‘aznani to‘g‘ri soliqlar, 
jumladan yer solig‘i (xiroj), jon solig‘i (juzya), salt xayvonlar yetkazib berish majburiyati 
(uloq) va ba’zi bir favqulotda soliqlar (ovorizot) kabi asosiy soliqlar hisoblanar edi. 
Temuriylar davrida bevosita soliqlar sifatida “tamg‘a” yig‘imi keng tarqalgan, bu yig‘im 
asosan hunarmand va savdogarlardan olinar edi. Vaqt o‘tgach aksiz solig‘iga tortiladigan 



Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə