Ta’limda ustuvorlik, dolzarblik va samaradorlik


Inklyuziv ta’limning o‘ziga xos muammolari va uni tizimli



Yüklə 480,81 Kb.
səhifə21/29
tarix27.07.2023
ölçüsü480,81 Kb.
#120027
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29
TA’LIMDA USTUVORLIK, DOLZARBLIK VA SAMARADORLIK

Inklyuziv ta’limning o‘ziga xos muammolari va uni tizimli
tashkil etish bo‘yicha takliflar

Muammoga doir tadqiqot ishlarini o‘rganish, ularni ilmiy jihatdan tahlil qilish asosida ma’lum bo‘ldiki, imkoniyati cheklangan yoshlarni ta’lim-tarbiyaviy muhiti hamma vaqt yaxshi, mo‘`tadil bo‘lishi, hamisha alohida e`tiborda tutilishi, kattalarning nazaridan chetda qolmasligi lozim. Bola ta’lim tarbiyasi haqida Sharq mutafakkirlari Imom al-Buxoriy, Abduxoliq G‘ijduvoniy, Abu Iso Muhammad at-Termiziy, Ibn Sino, Farobiy, Beruniy, Mirzo Ulug‘bek, Yusuf Xos Hojib, Imom G‘azzoliy, Bahovuddin Naqshband, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy kabi allomalar o‘z zamonlarida oilada, jamiyatda yoshlar tarbiyasi va uning kamolotiga pedagogik-psixologik yondashuv muammosi to‘g‘risida yozilgan ilmiy va ilmiy-pedagogik mushohadalari bizgacha yitib kelgan noyob asarlarida o‘z ifodasini topgan. Ayniqsa, Abu Ali ibn Sino asarlarida sog‘lom bolalar bilan bir qatorda, alohida yordamga muhtoj bolalar tarbiyasiga oid tavsiyalar ham beriladi. Alloma nogiron bola tengqurlari qatori ta’lim-tarbiya olishga haqli ekanini aytib, ularda kasb-hunar o‘rganish, ilm olishga qiziqish boshqalarga nisbatan kuchliligini ta’kidlaydi. Sharq allomalarining bola shaxsini tarbiyalash, ularning rivojlanishida ta’lim-tarbiyaning ta’siri haqidagi qarashlari tahlili keyingi avlod uchun yorqin yulduz kabi yo‘l ko‘rsatuvchi bo‘lib xizmat qilib kelmoqda.


G‘arbiy Yevropa mamlakatlari va AQSHda inson psixologik xususiyatlari bilan bog‘liq tajribalarga asoslangan ilmiy nazariya va yo‘nalishlar vujudga keldi. Odam psixik tabiatining turlicha talqin qilinishiga qaramay, bu nazariyalar ma’lum darajada imkoniyati cheklangan bolalarning pedagogik psixologiyasining rivojlanishiga turtki bo‘ldi. Bu borada, psixolog olimlar J.Bruner, J.Piaje, A.Vallon, S.Xoll, E.Meyerman, K.Byuler, E.D yurkgeym, D.Lokk va boshqalarning ilmiy tadqiqotlarini e`tirof etish mumkin.
Chunonchi, J.Bruner «Shaxsning tarkib topishi bilan ta’lim o‘rtasida o‘zaro aloqa mavjudligini ta’kidlab, insonning kamolot sari intilishi bilim olish samaradorligini oshirsa, o‘qitishning takomillashuvi uning ijtimoylashuvini jadallashtiradi»43, deb uqtiradi. U «Har qanday fanni har qaysi yoshdagi bolaga samarali o‘rgatish mumkin. Bunda faqatgina har bir yosh bosqichida bola olamni o‘ziga xos tarzda ko‘rish va tushuntirishni e`tiborga olish hamda o‘rgatiladigan narsani bolaning qarashlariga monand talqin etish talab qilinadi»44, deydi.
Shuningdek, J.Piaje, A.Bine, O.Kronn, V.Shtern ta’limotlari ham bola psixik taraqqiyotida ta’lim-tarbiyaning mavqei, ularning aqliy xususiyatlari, dasturli ta’lim, ko‘nikma va malakalarning ahamiyati, psixokorreksiya mashqlarining o‘rnini ilmiy-amaliy asoslab berishda muhim o‘rin egallaydi va bu ta’limotlar ushbu tadqiqotda muhim ahamiyatga ega. Ta’limning turli bosqichlari bolaning tegishli psixologik imkoniyatlari pishib etiladigan muayyan yoshidan qat`iy nazar bog‘liqligi ana shundan kelib chiqadi. Inklyuziv ta’lim-tarbiya sohasini rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha bir qancha izlanishlar va ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. Ture Yonsson, Devid Bayn, Kristin Maylz, Kirk Xorton, R.Fuller kabi olimlar olib borgan ilmiy tadqiqotlar yutuqlari va g‘oyalari amaliyotga keng tatbiq etilgan. Ture Yonssonning «Inklyuziv ta’lim» nomli qo‘llanmasi nogironlar uchun halqaro ta’lim dasturining asosiy manbalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Ushbu manbada nogiron, rivojlanishida nuqsoni bor bolalar va o‘smirlarni mustaqil hayot qurishlari va yashashlari uchun xalqaro ta’lim-tarbiya berish dasturining asosiy jihatlari ochib berilgan45.
Inklyuziv ta’lim sohasida yaratilgan tadqiqotlarda bolalar psixologiyasi muammolarini L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, K.D.Ushinskiy, V.N.Myasishchev, N.N.Malofeev, N.D.Shmatko, A.N.Golubeva kabi rus olimlari o‘rganganlar. Shuningdek, imkoniyati cheklangan bolalarni pedagogik-psixologik korrektsiyalash masalalarini o‘rganishda I.I.Mamaychuk, L.P.Koskovoy, O.S.Nikolskayalar, V.S.Manova, Tomova, Y.S.Alyoshina, M.Krijanovskaya, V.S.Muxina, A.A.Bodalyov, E.R.Baevskayalar tadqiqot ishlari olib borganlar. Psixolog L.S.Vigotskiy o‘z ilmiy qarashlarida ilgari surgan ko‘plab g‘oyalar bevosita bolalarning psixik rivojlanishiga oiddir. Uning oliy psixik funktsiyalar shakllanishi haqidagi qonuni bolalar tarbiyasi va ta’limni amalga oshirishda katta ahamiyatga ega.
U madaniy-tarixiy konsepsiya ishlab chiqqan va unda shaxsning psixik rivojlanishi haqidagi nazariyani yaratgan. Olimning ilmiy qiziqishlarining markazida bolaning ijtimoiy-madaniy rivojlanishi masalasi turadi.
Olim o‘z ilmiy izlanishlarida ixtiyoriy xotira, diqqat, tafakkur, mantiqiy fikrlash, irodaviy harakatlarni bevosita miyaning faoliyati bilan tushuntirib bo‘lmasligi, ushbu funktsiyalarning mohiyatini tushuntirish uchun ularning ildizlarini organizmdan tashqaridagi ijtimoiy muhitdan izlash lozimligini ta’kidlaydi.
Bolaning tarbiya va o‘quv faoliyatida orqada qolishi psixik funktsiyalarni o‘zlashtirmaganligi natijasidir. Masalan, bolaning kiyim kiyishida ketma-ketlikning buzilishi uning xotirasi zaifligidan emas, balki ushbu jarayonni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan malakalarni egallamaganligi tufayli ro‘y beradi. Bunday psixik muammoni psixokor-rektsiyalash usullari bilan birga bolaga kiyimlarni to‘g‘ri ketma-ketlikda kiyish tasvirlangan rasmlar taqdim etilishi mumkin. L.S.Vigotskiy ijtimoiy muhit sog‘ligi imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun birinchi darajali ahamiyatga egadir46 , degan g‘oyani ilgari suradi. Xuddi shuningdek, u imkoniyati cheklangan bolalarning rivojlanishini ildizi yomon o‘simlikka o‘xshatadi. «Uning ingichkagina ildizlari oziqlantiruvchi tuproqning qatlamlari va shakliga mos kelmaydi. Ular o‘z-o‘zicha tuproqning oziqa beruvchi qatlamlariga yitib borolmay, quruq va zaharli qatlamga kirib qoladi. Bunday o‘simlik muvofiq sharoitlarda gullashi mumkin edi, biroq odatdagi sharoitda taraqqiyotning cho‘qqisiga etmasdan, bujmayib so‘lib qoldi», deydi.
Binobarin, ta’lim-tarbiya tizimini har bir millat va elatning o‘ziga xos tomonlari, milliy an`analari, urf-odatlari, davlatning maqsad-vazifalari hamda tarbiyalanuvchilarning ruhiy va jismoniy rivojlanishidagi xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. Imkoniyati cheklangan bolalarda kattalar bolaning rayiga, mustaqil bo‘lishiga qarshi turmasdan, mumkin qadar istagi, intilishiga yordam bersalar, uning shaxsini shakllantirish jarayonidagi qiyinchiliklar o‘z-o‘zidan barham topadi. Imkoniyati cheklangan bolada o‘jarlik, qaysarlik, itoatsizlik xususiyatlari paydo bo‘lishi bu kattalarning haddan tashqari paypaslaganliklari oqibatida vujudga keladi.
Psixolog olima L.M.Krijanovskaya imkoniyati cheklangan bolalarning inklyuziv ta’lim tizimida ta’lim-tarbiya berishda psixologik korrektsiyalash metodlari orqali tarbiyalash yo‘llarini keng yoritib bergan. Uning fikricha, inklyuziv ta’lim tizimida ta’lim-tarbiya ishlarining samarali bo‘lishi, yaxshi yutuqlarga erishishda maktab psixologi, pedagog, tarbiyachi va ota-onalar hamkorligi uzviy bog‘langan bo‘lishi lozim47.
Hozirgacha mamlakatimizda ilg‘or psixologiya vakillaridan M.G.Davletshin, V.M.Karimova, G‘.B.SHoumarov, A.S.Begmatov, B.R.Qodirov, E.G‘.G‘oziev, Sh.R.Barotov, A.M.Jabborov, N.S.Safoev, Sh.S.Shoyimova, R.Shomaxmudova va boshqalar tomonidan psixologiyaning maxsus sohalari bo‘lmish shaxs psixologiyasi, oila psixologiyasi, o‘z-o‘zini anglash, ijodiy tafakkurni rivojlantirishning psixologik xususiyatlari tadqiq qilindi. Ta’lim muassasalarida nuqsonli bolalarga ta’lim-tarbiya berish, oilada nogiron farzandni tarbiyalashning psixologik va pedagogik xususiyatlari, ularning nuqsonlarini korrektsiyalash va inklyuziv ta’lim muammolarini R.Shomaxmudova, A.Berdieva, O.U.Ablaev kabi olimlar o‘rgangan. Maxsus yordamga muhtoj o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishda M.F.Hakimova, bolalardagi nutqiy kamchilikni o‘rganish va uni bartaraf etish muammosi L.R.Mo‘minova, X.M.Po‘latova, I.G.Veretennikova, X.D.Kalbaeva, N.R.Rahmonqulova, U. Y.Fayzieva, M.S.Asanova kabi mutaxassislarning ilmiy ishlarida tadqiq qilingan. Demak, juda ko‘p olimlarning izlanishlarini tahlil qilish orqali inklyuziv ta’lim va u bilan bog‘liq muammolarni ilmiy tadqiq etilganligi oilada tarbiyalanadigan har qanday holatdagi bola tarbiyasidagi muammo va masalalari har qanday millat bolasi uchun nihoyatda muhim masala ekanligini anglatadi. Har qanday mutaxassis va tadqiqotchi o‘z ilmiy yondashuviga ega bo‘lsa-da, uni psixik taraqqiyotning manbalari va qonuniyatlari bilan bog‘liq muammolar qiziqtirgan. Psixolog va pedagoglarning ushbu muammolarni o‘rganish sohasida qo‘lga kiritgan yangiliklari bolalar ongi va iqtidorining rivojlanishi, shu jumladan, inklyuziv ta’limning taraqqiyotiga xizmat qiladi.
Olib borilgan tadqiqotlar davomida respublikada imkoniyati cheklangan bolalar uchun inklyuziv ta’limning pedagogikpsi xologik xususiyatlarini ilmiy jihatdan asoslab beruvchi zarurat mavjud ekanligi o‘rganildi. Shuningdek, inklyuziv ta’lim usuli barcha bolalarning ruhiy-jismoniy ho latidan qat`iy nazar ta’lim jarayonida to‘laqonli ishtirok etishni ta’minlashga qulay imkoniyat yaratishligi aniqlandi va tavsiyalar berildi

Yüklə 480,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə