Ta’limda ustuvorlik, dolzarblik va samaradorlik


Kompetentsiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta’lim



Yüklə 480,81 Kb.
səhifə24/29
tarix27.07.2023
ölçüsü480,81 Kb.
#120027
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
TA’LIMDA USTUVORLIK, DOLZARBLIK VA SAMARADORLIK

Kompetentsiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta’lim
standartlarini joriy etish – zamonaviy ta’lim paradigmasi sifatida

Bugungi kunda ilm-fan, texnika va ishlab chiqarish sohalarining tez sur`atlarda jadal rivojlanishi kuzatilmoqda. Ta’lim-tarbiya jarayoniga umumta’lim fanlarini o‘qitishning printsipial yangi metodologiyasi sifatida kompetentsiyaviy yondashuvga asoslangan ta’limni joriy etish siyosiy, umumdavlat va didaktik ahamiyatga ega bo‘lgan hodisa hisoblanadi. Mazkur jarayonda O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek, «Uzluksiz ta’limni davlat ta’lim standartlari va tegishli ta’lim dasturlari bilan ta’minlashda, avvalo, ularning jahon talablari darajasida bo‘lishiga, yuksak ma’naviyat zaminida qurilganiga asosiy e`tibor berish kerak»51. Albatta, eng avvalo, ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligi bugungi kun talabi, jamiyat ehtiyoji, fan va texnikaning rivojlanish tendentsiyalari asosida ishlab chiqilgan davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlariga bog‘liq.


XXI asrda dunyoning rivojlangan davlatlarida ta’lim mazmunini modernizatsiya qilishning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida ta’limda kompetentsiyaviy yondashuvni joriy etish masalasiga asosiy e`tibor qaratilmoqda. Kompetentsiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim o‘quvchilarda egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarini o‘z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qo‘llay olish layoqatlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim hisoblanadi.
Mazkur masala bo‘yicha Yevropa Kengashi 1996 yilda «Yevropa uchun tayanch kompetentsiyalar» mavzusidagi Simpozium tashkil yitib, unda Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarning uzluksiz ta’lim tizimi uchun dastlabki tayanch kompetentsiyalari belgilangan52. Yevropa Parlamenti amaliy tajriba va takliflar asosida 2006 yil 18 dekabrda Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarga uzluksiz ta’lim tizimi jarayonida shakl lantirilishi lozim bo‘lgan 8 ta tayanch kompetentsiyalarni tavsiya qilgan53. Dunyoning rivojlangan davlatlarining davlat ta’lim standartlaridagi tayanch kompetentsiyalarning tahlili bugungi kunda mazkur masalaga qarash va yondashuvlar har mamlakatning ta’limdan ko‘zlagan maqsadi, imkoniyati va shart-sharoitlaridan kelib chiqqanligini ko‘rsatdi.
Bugungi kunda ilm-fan, texnika va texnologiyaning rivojlanishi, jamiyat ehtiyojlarining o‘zgarib borishi dunyoning rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarida ta’lim paradigmasini o‘zgartirib, o‘quv jarayoni nazariy bilimlar berishdan olingan bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qarab o‘zgarmoqda.
Amaliyotda foydalanilayotgan tizimli faoliyatli yondashuvga asoslangan davlat ta’lim standartlari jamiyatning ijtimoiy-ma’naviy va madaniy taraqqiyoti hamda O‘zbekistonning 2030 yilgacha barqaror rivojlantirish strategiyasi talablariga to‘la javob bermaydi54.
Mazkur masalani kompleks hal etish maqsadida umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida uzviy o‘qitiladigan umumta’lim fanlari bo‘yicha kompetentsiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarini ishlab chiqib, amaliyotga joriy etish lozim. Aynan mazkur jihatlarni inobatga olgan holda «Sog‘lom ona va bola yili» Davlat dasturining 62-bandida umumiy majburiy ta’limning barcha bosqichlarida o‘quv fanlarini, birinchi navbatda aniq va tabiiy fanlarni o‘qitishning printsipial yangi metodologiyasini joriy etish vazifasi belgilangan55.
Kompetentsiya so‘zi lotin tilidagi «competo», «competentia» so‘zlaridan olingan bo‘lib, erishaman, mos kelaman, loyiq kabi ma’nolarni bildiradi. Mazkur atamaning mazmun-mohiyati esa muvaffaqiyatlilik, natijalilik, yutuqlilik kabi tushunchalar bilan tavsif lanadi. Bizningcha «kompetentsiya» deganda, o‘quvchi lar tomonidan egallangan bilim va ko‘nikmalarni mustaqil ravishda shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarda amaliy qo‘llay olish layoqati tushuniladi.
Mazkur yo‘nalishda xalqaro ilg‘or tajriba sifatida Germaniya, Angliya, Singapur, Janubiy Koreya Respublikasi va Yaponiya davlatlarining ta’lim tizimi qabul qilinib, O‘zbekiston Res-publikasida ta’limning uzluksizligi, barkamol shaxsni tarbiyalashga yo‘naltirilganligidan kelib chiqqan holda, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida (9+3) o‘qitiladigan umumta’lim fanlari mazmunining izchilligini ta’minlash maqsadida tayanch va fanlar aro integrallashgan kompetentsiyalar hamda har bir o‘quv fani mazmunidan kelib chiqqan holda fanga oid umumiy kompetentsiyalar mavjud.
Umumiy o‘rta ta’limning Davlat ta’lim standarti o‘quvchilarning umumta’lim fanla-ri bo‘yicha tayyorgarligining zarur va yitarlicha darajasini hamda ta’lim muassasalari bitiruvchilariga nisbatan qo‘yiladigan malakaviy talablarni, o‘quv yuklamasining zaruriy hajmini, ta’lim muassasalari faoliyatini va kadrlar tayyorlash sifatini baholash tartibi va mexanizmini belgilaydi hamda o‘quv reja va dasturlar, darsliklar, qo‘llanmalarni ishlab chiqishda asos bo‘lib xizmat qiladi.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlari bo‘yicha kompetentsiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta’lim standartlarining konseptual modelining tarkibiy qismi quyidagilardan iborat bo‘ladi:
1. Umumiy qoidalar.
2. Asos qilib olingan me`yoriy va qonun osti hujjatlari.
3. Standartning darajalari va nomlanishi.
4. Tayanch va fanga oid umumiy kompetentsiyalar.
5. O‘quv fanining maqsad va vazifalari.
6. Umumta’lim fanlarini o‘rganishning mazmuni.
7. Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari bitiruvchilariga nisbatan qo‘yiladigan malakaviy talablar.
Davlat ta’lim standartining tarkibiy qismlariga quyidagicha izoh berish mumkin:
Davlat ta’lim standartining yadrosi hisoblangan uzluksiz majburiy ta’lim tizimining bosqichlariga qo‘yiladigan majburiy minimal talablar o‘quvchi va talabalarning umuta’lim fanlari bo‘yicha tayyorgarligi va kompetentlilik darajasiga qo‘yiladigan talab lar hisoblanadi.
Uzluksiz majburiy ta’lim tizimining majburiy minimal ta’lim mazmuni va egallanadigan kompetentsiyalar o‘quvchi va talabalarning ta’lim-tarbiya maqsadlariga qaratilgan turli xatti-harakatlarni bajarishga imkon beradigan nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikma, malaka va shaxsiy fazilatlar yig‘indisidir.
Baholash tizimi standart bo‘yicha egallanishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar-ning o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishini aniqlaydigan mezon hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida Davlat ta’lim standartlariga asoslangan holda umumta’lim fanlarini o‘rganish bosqichlari muayyan darajalardan iborat bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Mazkur standart asosida ta’lim muassasasining turi va xususiyatlarini inobatga olgan holda davlat attestatsiyasi uchun umum-ta’lim fanlari bo‘yicha nazorat-baholash ko‘rsatkichlari, o‘quv dasturlari ishlab chiqiladi va vakolatli vazirlik, idoralarning buyruqlari bilan tasdiqlanadi. Umumta’lim fanlari bo‘yicha umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standarti quyidagilarni belgilab beradi:
– o‘quv fanining maqsad va vazifalarini;
– umumta’lim fanlarini o‘rganishning mazmunini;
– tayanch va fanga oid umumiy kompetentsiyalarni;
– umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari bitiruvchilarining umumta’lim fanlari bo‘yicha tayyorgarligining zarur va yitarlicha darajasini hamda ta’lim muassasalarining bitiruvchilariga nisbatan qo‘yiladigan malaka talablarini.
O‘zbekiston Respublikasida ta’limning uzluksizligi, uzviyligi, o‘quvchi shaxsi ustuvorligidan kelib chiqib ularning yosh xususiyatlariga mos ravishda quyidagi tayanch kompetentsiyalar shakllantiriladi:
Kommunikativ kompetentsiya ijtimoiy vaziyatlarda eng avvalo ona-tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro samarali muloqotga kirisha olish, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish, ijtimoiy moslashuvchanlik, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatini nazarda tutadi.
Ikkinchi tayanch kompetentsiya axborotlar bilan ishlash kompetentsiyasi hisoblanib, u media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saralash, qayta ishlash, saqlash, ulardan samarali foydalana olish, ularning xavfsizligini ta’minlash ko‘nikmalarini egallashni hamda mediamadaniyatga ega bo‘lishni anglatadi.
O‘z-o‘zini rivojlantirish kompetentsiyasi esa doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy va intellektual rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, bilim va tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini adekvat baholash va mustaqil qaror qabul qila olishni bildiradi.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyasi jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lishni anglatadi.
Milliy va umummadaniy kompetentsiya vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e`tiqodli bo‘lishni, badiiy va san`at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy me`yorlarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilishdan iborat.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetentsiyasi aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli formula, model, chizma va diagrammalarni o‘qiy olish, inson mehnatini yingillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish ko‘nikmalarini nazarda tutadi.
Umumta’lim fanlari o‘quvchilarda kompetentsiyalarni shakllantirish vositasi hisoblanadi. Shuningdek, har bir umumta’lim fanining mazmunidan kelib chiqqan holda o‘quvchilarda fanga oid umumiy kompetentsiyalar ham shakllantiriladi.
Respublikamizda umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlari bo‘yicha kompetentsiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta’lim standartlarining konseptual modeli ishlab chiqilgan.
Dunyoning rivojlangan davlatlari hamda mamlakatimizda chet tili bo‘yicha davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlarini yaratish tajribasidan kelib chiqib, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limning 16 ta umumta’lim fani bo‘yicha kompetentsiyani shakllantirishga yo‘naltirilgan DTS va o‘quv dasturlari loyihalari ishlab chiqilib, 2013-2014 o‘quv yilidan boshlab tajriba sinov jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining 2016 yil 25 martdagi «Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umum-ta’lim fanlari bo‘yicha o‘quvchilarda kompetentsiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari loyihalarini ishlab chiqish to‘g‘risida»gi qo‘shma buyruqlariga asosan to‘rt bosqichda (aniqlovchi, ta’kidlovchi, shakllantiruvchi va yakunlovchi bosqich) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyat xalq ta’limi boshqarmalari, ta’lim muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlari hamda respublikaning barcha hududlaridagi 28 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida.
Ta’lim modellarini yaratishning tizimli talablari

«Interfaol ta’lim» tushunchasi hozirgi pedagogik jarayonda keng qo‘llanilayotgan yangi atamalardan biri hisob lanadi. U pedagogik leksikonga 90-yillarning oxirlarida kirib keldi. Bu atamaning pedagogik jarayonda paydo bo‘lishining bir nechta evol yutsion rivojlanish davrlarini tadqiqotchilar talqin qilishadi. Ilmiy adabiyotlarda tadqiqotchilar «inter faol ta’lim» tushunchasi hamda interfaol ta’lim usullarining pedagogik jarayonda qo‘llanishi kengayib borishini 1990 yillarning o‘rtalarida mnternet tarmog‘ining rivojlanishi bilan bog‘lashadi56.


Bunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, xususan, kompyuter texnikasining rivoj lanishi natijasida uning ta’limtarbiya jarayonida keng qo‘llanilishi hamda turli darajalardagi axborot manbalari, shu jumladan, internet tarmog‘ining ta’limtarbiya sohasiga jadal kirib kelishi jiddiy ahamiyatga ega bo‘ldi.
1980-yillarning oxirlariga kelib bir qator mualliflar, jumladan, V.V.Guzeev, M.V.Klarin, E.S.Polat, V.A.Slasteninlar ta’limning nafaqat passiv va faol, balki interfaol metodlarini ham ajratib ko‘rsatishadi.
XX asrning 60-70-yillarida axborot va kompyuter texnologiyalaridan interfaol ta’lim doirasida foydalanish va masofaviy ta’lim nazariyasi paydo bo‘ldi. YUNESKO institutining V.Kinelev, Pit Kommers, B.Kosiklardan tashkil topgan ilmiy-tadqiqot jamoa sining fikricha, kompyuterdan ta’lim berish vositasi sifatida foydalanish g‘oyasi ularning paydo bo‘lishi bilan birga boshlangan57. Interfaol ta’lim metodlari, ya’ni bilimlarni o‘rgatish hamda o‘rganish jarayonida ta’lim beruvchi hamda ta’lim oluvchilarning o‘zaro faolliklari va bunday faollikning ahamiyati, shunday jarayonni tashkil qilish, takomillashtirish, nazariy va amaliy jihatlarini o‘rganish masalalariga qadim zamonlardan boshlab buyuk mutafakkirlar, ustozlar o‘z shogirdlari bilan mashg‘ulotlarda, hozirgi davrlarda esa pedagog olimlar o‘z tadqiqotlarida hamda amaliyotchi pedagoglar o‘z amaliy faoliyatlarida jiddiy e`tibor berib kelmoqdalar.
Bu borada Markaziy Osiyoda ta’lim metodlariga bo‘lgan munosabatning tarixiga nazar tashlanganida:
Abu Ali Ibn Sino «Tib qonunlari» asarida yosh bolalarni tug‘ilganidan boshlab voyaga etgunicha ma’lum tartibda tarbiyalab borish lozimligini aytadi. Maktabda bolalarni qanday o‘qitish va nimalarni o‘qitish hamda o‘qitish usullari haqida ham muhim fikrlarni olg‘a suradi. U bolalarni yakka tartibda o‘qitishdan ko‘ra jamoa tartibida o‘qitishni afzal deb biladi va bu usulning ustunligi haqida shunday deb yozadi:
«O‘quvchilar o‘qish va tarbiya davomida ilmga chanqoqlik sezadilar. O‘z bilimlari bilan g‘ururlanadilar, bir-birlarining bilimlariga havas qiladilar. G‘urur va o‘ziga e`tibor tarbiyalanuvchilarni bir-birlaridan orqada qolmaslikka undaydi. O‘quvchilar birga bo‘lganlarida doim bir-birlari bilan gaplashadilar va bu bilan o‘z xotiralari va nutqlarini rivojlantiradilar»58. XV asrda Samarqandda Mirzo Ulug‘bek «Akademiya»ga asos soldi. Bu haqda tarixchi olim Valter «Ulug‘bek Samarqandda birinchi akademiyaga asos soldi, Yer kurrasini o‘lchashni buyurdi va falakiyotshunoslik jadvallarini tuzishda ishtirok etdi», deb yozgan edi.
Ulug‘bek Akademiyasida olib borilgan ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarning matematika, falakiyot va tibbiyot fanlari bo‘yicha qobiliyatlarini rivojlantirishni muhim vazifa deb baholagan. U har bir kishining axloqiy kamol topishida uning boshqalar bilan o‘zaro munosabatlari, hamkorligi va do‘stligi yitakchi rol o‘ynaydi, deb hisoblagan. Shuningdek, Ulug‘bek bolalarning barkamol inson bo‘lib etishishi uchun ularni o‘qitish va tarbiyalash zarurligi, turli bilimlarni o‘rganishga qiziqtirish kerakligini qayd qilgan. Bolalarni o‘qishdan sovishiga sabab, avvalo, o‘qituvchilardagi razolat ekanligini, bunday o‘qituvchilar yaroqsiz usullar bilan yoshlarning bilim olishga qiziqishini so‘ndirishlari mumkinligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, tarbiyachi avvalo o‘zini tarbiyalashi, ya’ni bilim va mahoratini muttasil oshirib borishi lozim.
Yuqorida aytilganlardan ko‘rinib turibdiki, ta’lim jarayonida faollik, ya’ni aynan ta’lim oluvchilarning hamda ta’lim beruvchining o‘zaro faolligi, ularning o‘zaro hamkor, hamfikrligi hal qiluvchi omil sifatida alohida ta’kidlanmoqda. Bular hozirgi kundagi interfaol ta’lim metodlarining o‘sha zamonlardagi ko‘rinishlarini yaqqol ifodalaydi.
Interfaol ta’lim tushunchasining asosiy ma’nosi o‘zbek tilida «o‘zaro faollik», «o‘zaro ta’sir» ma’nolarini bildiradi. Bu ma’no-mazmundan kelib chiqqqan holda o‘zaro faollik va o‘zaro ta’sir asosida tashkil etilgan pedagogik jarayon borasida Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Abdulla Avloniyning asarlarida bildirilgan fikrlar bu usullarning didaktik imkoniyatlarini yoritib bergan.
Interfaol ta’lim – o‘qituvchi va tinglovchi (o‘quvchi, talaba) ta’lim metodlar, shakllar, vositalardan muayyan sharoitda, ma’lum ketma-ketlikda foydalanish va shu jarayonda o‘zaro faollikni vujudga keltirib bilim, ko‘nikma, malakaning hosil bo‘lishi va rivojlanishidir. Yuqoridagi va boshqa manbalarni o‘rganib, zamonaviy pedagogik jarayonda interfaol ta’limning dolzarbligi aniqlandi. Bu bo‘yicha «Interfaol ta’lim modeli vositasida ta’lim rus tilida olib boriladigan maktablar o‘zbek tili o‘qituvchilarining malakasini oshirish jarayoni samaradorligini oshirish» mavzusida tadqiqot ishi amalga oshirildi. Tajribasinov ishlari 2008 yildan 2016 yillargacha Toshkent shahar XTXQTUMOI, Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Andijon viloyati XTXQTUMOIlarida olib borildi. Ta’lim rus tilida olib boriladigan maktablarning o‘zbek tili o‘qituvchilarining malakasini oshirish jarayonida kam kontingentning tashkil etilishi ko‘zda tutilib, tajriba-sinov ishlari uzoq muddatda olib borildi va bir o‘quv yilidagi natijalarni emas, ko‘p o‘quv yillar davomidagi natijalarni qiyosiy o‘rganishga to‘g‘ri keldi. O‘tkazilgan uzoq muddatli tajriba-sinov ishlarimizda jami turli malaka oshirish institutlarida o‘qigan 352 nafar respondent ishtirok etdi.
Tadqiqot jarayonida pedagogik jarayonda hozirda pedagoglar interfaol ta’lim modelidan tashqari quyidagi ta’lim modellaridan foydalanishlari aniqlandi. Bular ekstrafaol, introfaol, faol (ichki) va interfaol ta’lim modellari.
Ta’lim rus tilida olib boriladigan maktablarda o‘zbek tilini o‘rganishda o‘quv materiallari asosidagi muammoli vaziyatlarni tahlil qilish o‘quvchilar yoki guruhlarning individual ishlari, takliflarni guruhli muhokama qilish bilan muvofiqlashtiriladi. Bu holat o‘quvchilarda guruhda, bir jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Individual tahlillar, guruhda ularning muhokama qilinishi, muqobil variantlarning tanlanishi, harakat yo‘nalishi va muammoni hal qilish rejasini belgilash o‘quvchilarda tahlil qilish va rejalashtirish kabi sifatlarning shakllanishiga yordam beradi. Ushbu metod, ayniqsa, til (xorijiy tillarni) o‘rganishda nihoyatda qo‘l keladi. Amalda muammoli vaziyatlarni ishlab chiqishda quyidagi ikki yo‘ldan birini tanlash mumkin:
1) aniq hayotiy voqea-hodisalar misolida;
2) sun`iy asoslangan hodisalar, harakatlar asosida.
Ta’lim amaliyotida muammoli vaziyatlarni tahlil qilishda samaradorlikka erishishni kafolatlovchi quyidagi asosiy tamoyillar ishlab chiqilgan59.
Muammoli vaziyatlar faqat birgina mavzu yoki predmet bilan bog‘liq bo‘lmaydi. Ular, odatda, boshqa muammolar va masalalar bilan bog‘liq bo‘ladi. Shu sababli, o‘quvchilar fanlar aro aloqadorlikdan foydalanish ko‘nik malariga ega bo‘lishlari lozim.
1. Muhokama jarayonida o‘quvchilar muammoli vaziyatlarning tashqi jihatlariga emas, balki ichki sabablariga e`tiborni qaratishlari pedagogik jihatdan to‘g‘ri sanaladi.
2. O‘quvchilar muhokama jarayonida ma’lum fan yoki o‘quv materiali bo‘yicha o‘zlashtirgan nazariya, qoida, ta’rif yoki aksiomalarni o‘rinli qo‘llay olishlari, shuningdek, ulardan muammoli vaziyatlar yichimini topish va tavsiyalar ishlab chiqishda foydalana olishlari kerak.
3. Birgina muammoli vaziyatning yichimini topish bilan kifoyalanib qolmay, qolgan muammolarning yichimini ham izlash va yo‘nalishlarini tahlil qilish maqsadga muvofiqdir.
4. O‘quvchilarga tahlil va ilgari surilayotgan tavsiyalarning to‘g‘riligini tasdiqlashda shaxsiy tajribalariga tayanib ish ko‘rish tavsiya etilishi lozim.
5. Muammoli vaziyatlarni tahlil qilishga yondashish tizimli, izchil va o‘rinli bo‘lishi zarur.
Ta’lim rus tilida olib boriladigan maktablarning o‘zbek tili fani asosida «Men sevgan asar qahramoni» mavzusidagi dars jarayonida tashkil etilgan tajriba-sinov ishlari natijasida adabiy o‘qish bo‘yicha lug‘atda berilgan: asar, qahramon, ket, arang, yo‘ldosh, o‘ksimoq, chalg‘imoq, durra, silamoq, sharmanda bo‘lmoq so‘zlarini o‘quvchilarning 69 foizi rus tilidagi ma’nosini to‘g‘ri topa olishgan. Tajriba-sinov ishlari bilan tadqiqot ishi yuzasidan yozilgan dissertatsiyada batafsil tanishish mumkin.
Tadqiqot davrida ta’lim rus tilida olib boriladigan maktablardagi o‘zbek tili fanini o‘qitishda o‘ndan ortiq interfaol metodlardan foydalanib, ularning ta’lim samaradorligiga qo‘shgan ko‘rsatkichlari aniqlandi. Ko‘rsatkichlar yuqori natijlarni berganligini hisobga olib xulosa qiladigan bo‘lsak, ta’lim jarayonida interfaol metodlarni qo‘llash o‘quvchilarga ish jarayonidagi o‘quv faolligini oshirish, mashg‘ulotlarning qiziqarli va samarali tashkil etish, darsga qo‘yilgan maqsadga samarali erishish, o‘quvchilarni mustaqil fikrlab o‘z qarashlarini bayon etishlariga imkon yaratilishi, o‘quvchilar orasi-dagi do‘stona muhitning shakllanishi, o‘quvchilarning ijodkorligi rivojlanishi, muammoli vaziyatlardan chiqa olish ko‘nikmalarining paydo bo‘lishi, o‘quvchining ijtimoiy hayotga moslashish imunitetini hosil qilish kabi bir qancha natijalarga erishishni ta’minlash imkonini beradi. Yuqoridagi tadqiqot ishi bilan chegaralan maslik hayot bilan hamnafas qadam tashlab yangidan yangi interfaol metodlarni yaratish, moslashtirish va ta’lim jarayoniga tatbiq etishda o‘qituvchi ta’limning asosiy xarakatlantiruvchisi ekanligini yoddan ko‘tarmaslik va ildam harakatlanish hozirgi o‘qituvchining yuksak vazifalaridan deb hisoblaymiz.

Yüklə 480,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə