Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №11 62 nutq turlarining psixologik tavsiflanishi ismoilov Erkin Mengnimurotovich


Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №11



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix03.06.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#115298
1   2   3
nutq-turlarining-psixologik-tavsiflanishi

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №11 
63 
qaysidir ma'noda odamga o‘xshaydi. Biroq, shimpanze nutqi faqat hayvonlarning 
organik ehtiyojlarini va ularning sub'ektiv holatlarini ifodalaydi. Bu emotsional-
ekspressiv iboralar tizimi, lekin hech qachon hayvondan tashqarida biron bir 
narsaning ramzi yoki belgisi emas. Hayvonlar tilida inson nutqi boy bo‘lgan ma'nolar 
va undan ham ko‘proq ma'nolar mavjud emas. Shimpanzelarning imo-mimik va 
pantomimik muloqotining turli shakllarida hissiy va ekspressiv harakatlar juda 
yorqin, shakl va soyalarga boy bo‘lsa-da, birinchi o‘rinda turadi. 
O‘zbek millatida fikrni tasdiqlash uchun old tomonga bosh siltash bilan 
ifodalansa, xuddi shu ma’noni balgarlarda boshni sarak-sarak qilish anglatib keladi. 
Bir xalqda sanash boshmoldoqdan boshlansa, boshqasida jimjiloqdan, birisida 
barmoqlar bukilsa, ikkinchisida unday qilinmaydi. 
Etnik stereotiplar asosida muayyan kechinmalarni, ma’lum axborotlarni 
shaxslararo munosabat jarayonida uzatish va qabul qilishda ifodalanuvchi tovushsiz, 
lekin ma’noli, mazmunli harakat turi imo-ishorali nutq deyiladi. 
Yuz harakatlari (fizionomiya) yordamida insonni inson tomonidan idrok qilish, 
o‘zgalar fikriga javob qaytarish, tana a’zolari rangining o‘zgarishi hisobiga 
shaxslararo munosabatga kirishishda namoyon bo‘luvchi noverbal nutq turiga 
mimika deyiladi [1, B.170, 2, B.192 ]. 
Noverbal nutqni shartli ravishda quyidagi turlarga ajratish mumkin: 1) 
tovushsiz: a) imo-ishora, b) mimika d) pantomimika, e) daktiologik; 2) tovushli: a) 
exologik (aks-sado), b) signifikatsiya (shartli belgilar, signallar, modellar). 
Og‘zaki nutq noverbal turkumdan keyin paydo bo‘lgan nutq turidan biri 
hisoblanadi va u shartli ravishda quyidagi nutq ko‘rinishlarini qamrab oladi: 
monologik, dialogik, poliologik, tashqi, ichki, ekspressiv, impressiv, lakonik (yig‘iq, 
qatra), affektiv (his-hayajon, jahl). 
Nutqning ikki xil: dialogik va monologik turlari mavjud bo‘llib, ularning har 
qaysisi o ‘z xususiyatiga ega. Dialogik nutq shakli (ikki yoki bir necha kishining 
suhbati, savollar va uning javoblari) bu toMiq boMmagan (qisqa) javobdir. Dialogik 
nutqning asosiy belgilari—to liq bo‘lmagan, undov so‘zlardan iborat, aniq intonatsion 
manodorlik (ifodalash), imo-ishora va boshqalardir. Dialogik nutqda savol tuza olish 
va savol berish, eshitgan savoliga taalluqli javobni berish, kerakli e’tirozni bildirish, 
suhbatdoshining javobini tuzatish va toldirish, muhokama va nuinozara qilish, o ‘z 
fikrini asoslash va boshqalar juda muhimdir. Monologik nutq bir kishining nutqi 
bo‘lib, so‘zlovchidan keng, aniq, to‘liq, bog‘langan fikrni talab etadi. Monolog hikoy 
tushuntirish, so‘zlovchidan o‘z fikrini asosiy narsaga qaratishni, jonli, obrazli, his-
hayajon bilan gapirishni talab etadi [4]. 
V. 1. Tixeyeva, A. Sh. Usova, A. M. M uxina, L. A. Penevskaya, M. M. Konina, 
O. I. Solovyova va boshqalarning bogianishli nutq sohasida olib borgan ilmiy 
tadqiqot ishlarida bolalarda boglanishli nutqni rivojlantirishda tarbiyachining 



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə